Academic Research, Uzbekistan 1208 www.ares.uz KIRISH Ma‟lumki, til va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog„langan. Jamiyatdagi
o„zgarishlar tilda o„z ifodasini topishi zarur. Shu nuqtayi nazardan terminologiya
tilshunoslikning tez o„zgaruvchan va murakkab tuzilishga ega sohasi hisoblanadi.
Har bir fan terminlar tizimidir. Rus faylasufi P.A.Florenskiy terminlarning fandagi
o„rnini quyidagicha izohlagan: “Fanning mohiyati terminologiyani tuzish,
aniqrog„i, joy-joyiga qo„yishdan iborat…Terminlar hayoti fan tarixining o„zidir”.
Tilshunoslik ham o„z lingvistik terminlariga ega. Til ta‟limiga lingvistik terminlar
mohiyatini o„rganish asosida kechadigan jarayon sifatida qarash mumkin. Ona
tilida terminlarning puxta ishlanishi va tartibga solinishi nafaqat darslik va
qo„llanmalar yaratish, ona tilida dars olib borish uchun, balki ijtimoiy hayotda
ham ahamiyati katta bo„lgan masaladir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Rus tilshunosligida lingvistik terminlar turli yondashuvlar asosida keng
tadqiq etilgan. Y.A.Kolesnikovaning “Русская лингвистическая терминология
второй половины ХVIII. – первой трети ХХ вв.”, T.V.Jerebeloning “Словарь
лингвистических терминов”, Z.I.Yevloyevaning “Русская лингвистическая
терминология в эволютивном аспекте”, V.A.Tatarinovaning “Введение в
научной оборот значительного количества лингвистических терминов
объясняется целесообразностью проследить и продемонстрировать
динамику развития терминосистемы” nomli ishlari buning yaqqol dalilidir.
Xususan, Yevloyeva tadqiqotida rus lingvistik terminologiyasini tartibga solish
bo„yicha terminografik ishlar, adabiy tilning tarkibiy qismi sifatida lingvistik
terminologiyani o„rganish aspekti, XIX-XX asrlarda lingvistik terminologiyaning
rivojlanish xususiyatlari, freym tahlilning terminologiya taraqqiyotini
ifodalashdagi o„rni, rus terminologiyasining so„z yaratish imkoniyatlari haqida fikr
yuritilgan. Shuningdek, xalqaro notijorat tashkilot – SIL tomonidan yaratilgan
ingliz lingvistik terminlari glossariyi hamda fransuz-ingliz lingvistik terminlari
glossariyi ham lingvistik terminlar tadqiqi mahsulidir. Ingliz lingvistik terminlari
glossariyi 900 mingdan ortiq terminlardan tashkil topgan bo„lib, har bir terminning
ta‟rifi va manbasi keltirilgan. Ko„p maqolalar muhokama, misollar, terminning
ierarxik tuzilishi va boshqa qo„shimcha ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Dastlab
tilshunoslar uchun tezkor ma‟lumot vositasi sifatida bosh muharrir Eugene E.Loos
va muharrirlar Susan Anderson, Dwight H.Day, Paul C.Jordan hamda J.Douglas