Tilshunoslik terminlarining shakliy strukturasi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 333,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix17.10.2022
ölçüsü333,74 Kb.
#65331
1   2   3   4   5   6   7
61a2729cdabc7 (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00720 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1209 www.ares.uz 
Wingate tomonidan tuzilgan. Fransuz-ingliz lingvistik terminlari glossariyi esa 
7,837 fransuz lingvistik terminlari va 8,059 ingliz lingvistik terminlaridan iborat. 
Ushbu glossariyda terminlarga ta‟rif berilmaydi, balki ularning boshqa tildagi 
ekvivalenti keltiriladi. Ikki tilda terminlarning leksik-semantik munosabatlari ifoda 
etiladi. O„zbek tilshunosligida tilshunoslikka oid terminlar Hojiyev A., Ermatov 
I.R., Xudoyberganova D., Xamroyeva Sh.M kabi tilshunoslar tomonidan atroflicha 
o„rganilgan. Ammo lingvistik terminologiyamizda o„z yechimini kutayotgan 
muammolar yetarli darajada mavjud. Terminlarning standartligini ta‟minlash va 
modellashtirish, shuningdek, tarjima jarayonida ularning moddiy ko„rinishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu esa ilmiy terminologiya, terminografiya taraqqiyoti,
terminologik korpus, terminologik ma‟lumot bazalarini yaratishning asosiy 
shartidir. Terminshunos olim R.Doniyorov terminologik sistemani guruhlarga 
bo„lib o„rganishning imkoniyatlari xususida ta‟kidlaganidek, bu jarayon, 
birinchidan, shu sistemaning umumtermin boyligi haqida tasavvur hosil qiladi; 
ikkinchidan, bu sistemaning so„z yasash imkoniyatlari haqida ma‟lumot beradi; 
uchinchidan, sistemaning har qaysi mavzu guruhidagi so„z yasash modeli qanday 
ekanligini aniqlab beradi. Tilshunoslik terminlarining shakliy tuzilishini ona tili 
darsliklaridagi lingvistik terminlar misolida ko„rib chiqamiz. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ona tili darsliklarida keltirilgan lingvistik terminlarni shakliy tuzilishiga 
ko„ra quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1. Sodda terminlar 
2. Qo„shma terminlar 
3. Juft terminlar 
4. Termin-birikmalar 

Yüklə 333,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin