Tilshunoslik terminlarining shakliy strukturasi



Yüklə 333,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix17.10.2022
ölçüsü333,74 Kb.
#65331
1   2   3   4   5   6   7
61a2729cdabc7 (1)

Sodda terminlar. Sodda terminlar ot turkumiga mansub bo„lib, bir o„zak va 
shakliy-ma‟noviy yaxlitlikka ega bo„ladi. Masalan: ot, sifat, son, ega, bog‘lovchi, 
nutq, omonim, sinonim, metafora, uslubiyat, harf, matn, gap, vergul, nuqta va b. 
Sodda terminlar derivatsion xususiyatlariga ko„ra sodda tub terminlar va sodda 
yasama terminlarga bo„linadi: 
– sodda tub terminlar: til, nutq, urg‘u, termin, lug‘at, asos, fe’l, ravish, kesim, ega, 
hol, tire, iqtibos, kinoya, sinekdoxa, me’yor, nisbat, paronim, bo‘g‘in va h.k. 
– sodda yasama terminlar: tilshunoslik, lug‘atshunoslik, taklifnoma, tabriknoma
ifodalilik, uslubiyat, sifatdosh, ravishdosh, to‘plam, yozuv, turlanish  kabi. 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00720 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1210 www.ares.uz 
Qo‘shma terminlar. Bunday terminlar birdan ortiq o„zak birikuvidan iborat 
qo„shma so„zlar hisoblanadi. Ona tili darsliklaridagi lingvistik terminlarning ushbu 
ko„rinishi faqat o„zlashgan qatlamga tegishli bo„lib, ularga o„zbek tilida tub termin 
sifatida qaraladi: leksikologiya, leksikografiya, orfoepiya, orfografiya… 
Juft terminlar. Juft terminlar ikki so„zning juftlanishi asosida hosil bo„ladi. Biz 
tadqiqot davomida birgina so‘z-gap juft terminiga duch keldik. 
Termin-birikmalar. Barcha terminosistemalarda kuzatilgani kabi lingvistik 
terminlarimiz orasida ham termin-birikmalar miqdori ustuvorlik kasb etadi. 
Birikma-terminlar birdan ortiq leksik birlikdan tashkil topadi va birikma holatida 
bo„ladi: unli tovush, nutq a’zosi, bosh so‘z, hikoya matni, so‘z yasovchi 
qo‘shimcha, sodda yasama so‘z, fe’lning vazifa shakllari, buyruq-istak mayli, 
otlashgan sifat, vazifadosh bog‘lovchi, adabiy me’yor, nutqning boyligi, nutqning 
jo‘yaliligi va b. Ona tili darsliklarida ifodalangan lingvistik termin-birikmalarni 
tarkib nuqtayi nazaridan guruhlaymiz: 

Yüklə 333,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin