Mother konseptining ingliz tiliga xos milliy-madaniy konseptual belgilari:
Мarriage, family, home, bachelor, household, kin, kinsfolk, kinsman, relation, relatives, blood, folks, father, mother, parents, grandmother, grandparents, brother, sister, grandchildren, aunt, uncle, husband, wife, woman, housewive, lover, stepmother, children, babe, son, daughter, orphan, widow, mother-in-law, daughter-in-law, sister-in-law, dower
Ona konseptining o’zbek tiliga xos milliy-madaniy konseptual belgilari:
er (tushmush)ga chiqish, nikoh, oila, ro‘zg‘or, uy, pusht, jon, o‘z, xesh, jigar, tomir, urug‘, tuxum, tuqqan, tug‘ishgan, og‘ayni, urug‘-aymoq, kindikdosh, tomirdosh, ota, padar, ona, ota-ona, bobo, momo, buva, aka, uka, og‘a, ini, og‘a-ini, opa, singil, egachi, nevara, tog‘a, xola, amma, jiyan, er, chol, yo‘ldosh, xotin, kampir, er-xotin, yor, o‘gay, o‘ynash, ikki xotinlik, qo‘sh xotinlik, kundosh, quda, ovsin, bola, farzand, o‘g‘il, qiz, yetim, beva, yesir, qaynona, qaynata, qayni, qaynog‘a, qayinegachi, qaynsingil, kelin, kuyov, yanga, pochcha, boja. Keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak, ushbu konseptning ikkala tilda ham milliy-madaniy konseptual belgilarga boy ekanligini va bu jabhadan bir-biriga o’xshash va farq qiluvchi tomonlari borligini ko’ramiz.
II bob bo’yicha xulosa
Izlanishlarimiz davomida “Mother - Ona” konseptini o‘zbek va ingliz tillarida leksik va frazeologik birliklar sifatida, aforizmlar yordamida, maqol va hikmatli so’zlar vositasida, hamda matnlar yordamida qanday voqealanishini o‘rganib chiqdik. Kezi kelganda shuni aytish o‘rinli-ki, ingliz yoki ingliz zabon xalqlar tarixi va ularning badiiy kechinmalari va adabiyotida ham Ona Vatanga nisbatan o‘rinli o‘xshatishlar uni chiroyli ta’riflashlar holatlarini uchratishimiz mumkin.
Ayniqsa, ingliz maqollarida bu narsa ularda ham qadriyat sifatida mavjud ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birgalikda Vatan mavqei, Ona zamin qadri masalalarida baribir g‘arb talqini, g‘arb mentaliteti biroz sharqnikidan farqlanishining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu borada sharq xalqlari, ayniqsa o‘zbek xalqining juda ulkan xazinasi, bisoti borligini qayta-qayta takrorlasak ham yanglishmagan bo‘lamiz, sababi qaysidir ma’noda biz uni o‘rganishga da’vat qilgandek bo‘lamiz. Donolarimiz, donishmandlarimizning biz uchun ijod qilganini, bizga yorug’ yo‘lni topishimiz uchun ruhan madadkor ekanliklarini fahmlash uchun ham ilm sari talpinish lozim. Oddiy misol “Ayrilganni ayiq yer” deb bejizga aytishmagan. Bu degani eling bilan bo‘l degani emasmi? Vatanni tom ma’noda kashf etish uchun ko‘p ham aql kerak emasdek, ammo Vatanga nisbatan loqaydlik nimalarga olib kelishini bilishimiz ayni muddao, koni foyda ekanligini unutmaslik lozim. Uni ayniqsa yosh avlodning bilishi , o‘rganish ayni zamonda qanchalik ahamiyat kasb etishini ortiqcha izohlashning hojati bo‘lmasa kerak.
Tarixga nazar solsak, bobolarimiz ham Vatan uchun o'z jonlarini fido qilganlar, uning hurligi, tinchligi yo'lida kurashganlar. Jaloliddin Manguberdi, Temur Maliklar ona yurtini mo'g'ul bosqinchilaridan himoya qilish uchun o'z hayotini qurbon qilgan bo'lsalar, Sohibqiron Amir Temur Vatanning farovonligi, obodligi, tinchligi yo'lida ulkan ishlarni amalga oshirgan. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Munavvarqori singari bobolarimiz millatning ertasi, Vatanning ozodligi, tarqqiyoti yo'lida shahid bo'lganlar. Biz ona yurtimizni himoya qilishni, uni asrashni shu insonlarning faoliyatlaridan o'rganishimiz lozim
Dostları ilə paylaş: |