II BOB. MOTHERLAND – ONA KONSEPTINING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA VERBALLASHUVI
2.1. Mother – Ona konseptining leksik va frazeologik birliklar vositasida verbalashuvi
Bir-biridan tubdan farq qiluvchi ingliz va o’zbek tillarida “Mother” - “Ona” konsepti dunyodagi barcha tillardagi ekvivalentlari qatori inson uchun eng muqaddas zod va tushunchalarni ifodalab keladi.
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da ona leksemasini quyidagi ma’nolari qayd etilgan.
Farzandi yoki farzandlari boʻl-gan xotin (oʻz tuqqan farzandlariga nisbatan); bolali xotin. ◆ Koʻp bola, sh ona. Bola yigʻlamasa, ona emchak bermas. Maqol . ◆ Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. Maqol . n ◆ Qiz ertalab turib, darrov onasiga razm soldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Ona tili Bolaning goʻdaklikdan katta-larga taqlid qilib oʻrgangan tili, tugʻma til (odatda gapiruvchi shaxe mansub boʻlgan xalq tili). Onayi zor, onaizor Mehribon, gʻamxoʻr ona; onaning mushtiparligini, mushfiq-ligini, mehribonligini ifodalash shakli. ◆ Onayi zor emasmi, ustunni ushlagancha.. bola-sining tovushi kelayotgan tomonga termilib qoldi. Oydin, „Mardlik — mangulik“ . ◆ Tosh-kentdan kelgan xat onaizor yuragiga gʻulgʻula soldi. Mirmuhsin, „Umid“ . ◆ -Bolam, — dedi-yu, onaizor yana olamga tinchlik tilaydi: -Ona-lar.. gʻam chekmasin, osmonimiz musaffo boʻlsin. Onang urgilsin q. oʻrgilmoq. Onasi etn. Erning oʻz xotiniga uning ismini aytmay murojaat etish shakli. ◆ Hoy, onasi, suyunchini choʻz. E. Rahim, „Yangi qadam“ . Qayin ona ayn. qaynana. Qahramon ona Unta va undan ortiq bola tugʻib voyaga yetkazgan onalarga berila-digan faxriy unvon.
2 Oila boshligʻi, tarbiyachisi. ◆ Bularuchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi — ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar. A. Qahhor, „Tomoshabogʻ“ .
3 Keksa ayollarga hurmat yuzasidan ularning nomiga qoʻshilib ishlatiladi, maye. ◆ To-jixon ona, Norjon ona.
4 Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat etish formasi.
5 Bola tuqqan jonivor. ◆ Toychoqning onasi. Ona qoʻy. Yaxshi buzoq ikki onani emar. Maqol . ◆ yash Ona ari urugʻlagandan keyin bir sutkada 1500—2000 tagacha tuxum qoʻyadi. "Fan va turmush" .
Dostları ilə paylaş: |