Timurrrrrrrrrrrrrrrrrrr ingliz va o’zbek tillarida vatan konseptini verballashuvi



Yüklə 479 Kb.
səhifə8/24
tarix13.08.2023
ölçüsü479 Kb.
#139283
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Dissertatsiya konsept mother (2)

I bob bo’yicha xulosa


Dissertatsiya ishining birinchi bobi konsept tushunchasining kognitiv lingvistikadagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashga bag‘ishlangan va aynan shu masalada bugungi kunda dunyo olimlarining konsept haqidagi turfa fikrlari va mulohazalari keltirildi. Bir narsa aniq-ki, konsept termin sifatida ko‘plab fanlarning faol yadroviy tushunchasi o‘laroq juda muhim ilmiy xarakter va maqomga ega.
Tadqiqot jarayonida shuning guvohi bo‘ldik-ki, konseptni o‘rganish, bilishning chegarasi yo‘q. Bugungi kunda dunyo miqyosida minglab olimlar konseptning o‘zi nima, u qanday ilmiy hodisa degan savolga hali tugal javobni berolmagan bo‘lsa, konseptning qirralari, strukturasi, kategoriyalari, xarakterini to‘liq ta’riflashga bizning nazarimizda hali tilshunoslikdek fan ham ojizlik qilmoqda. Shu bir tushunchaga tegishli yuzlab fikrlarni umumlashtirib qiyoslab ko‘rsangiz ularning hech birini noto‘g‘ri deb aytolmaysiz, aksincha, ular mazkur tushuncha uchun yangi tasavvur kengliklarini yaratib beradi. Konseptni o‘rganuvchi tilshunos olimlarning konsept haqida fikrlari ichida bizga juda ma’qul kelgan ta’rif bu rus olimasi Pimenovaning fikri bo‘ladi.
Pimenova shunday deydi,-“Odam nimani bilsa, qanday deb hisoblasa , ichki va tashqi dunyo ob’ektlari haqida nimani tasavvuriga sig‘dira olsa, u konsept hisoblanadi”.
Shu o’rinda XXI asr boshida, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 2001 yilda Avstriyaning Vena shahrida I.Saidomirskayaning “Vatan haqida kitob” chop etilgan asarida muallif “Vatan” konseptining frazeologik birliklar orqali voqealanishiga ko‘proq to’xtalgan.
Xususan, Saidomirskaya Vatan umumiy, jamoaviy, siyosiy xarakterdan tashqari kundalik muloqot, ma’naviy va madaniy xarakterga ham daxldor deb ta’rif beradi. Uning fikriga ko‘ra Vatan siyosiy chaqiriq, balandparvoz shiorlardan ko‘ra insonning ichki olami, ichki hissiyotlarida ko‘proq aks etadi.
Konsept haqida bunaqa qiziqarli va o‘ziga jalb qiluvchi izohlar qamrovi shu darajada keng-ki, chalg‘ib qolish hech gap emas, shu bois biz aynan o‘z mavzumizga tegishlilari bilan cheklandik xolos. Tilshunoslikda tadqiq etilayotgan har qanday mavzu konsept bilan aloqador desak, xato qilmagan bo‘lamiz.
Bundan xulosa qilish mumkinki, konsept hamisha lingvistik tadqiqotlarning ob’ekti bo‘lib xizmat qilaveradi va uni o’rganish, tatbiq etish hechqachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydi.

Yüklə 479 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin