Tizimli taxlil


Yetkazib berishning asosiy bazalariga jahon narxlari. Inkoterms-2000



Yüklə 88,52 Kb.
səhifə7/9
tarix27.04.2023
ölçüsü88,52 Kb.
#103515
1   2   3   4   5   6   7   8   9
transport logistikasi tizimi

4. Yetkazib berishning asosiy bazalariga jahon narxlari. Inkoterms-2000.
Inkotermsning maqsadi – tashqi savdo sohasida keng qo‘llanilayotgan savdo atamalarini izohlash bo‘yicha xalqaro qoidalar to‘plami bilan ta’minlashdan iborat. Shunday qilib, turli mamlakatlarda bunday atamalardan saqlanish yoki hech bo‘lma-ganda turli talqinlar noaniqligini ma’lum darajada qisqartitish mumkin.
Inkotermsning ta’sir qilish sohasi oldi-sotdi shartnomasi tomonlarining sotilgan tovarlarni yetkazib berishga nisbatan (bu yerda “tovar” deganda “moddiy to-varlar” tushuniladi, bundan kompyuter dasturiy ta’minot kabi “nomoddiy tovar-lar” mustasno) huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalar bilan cheklanadi.
Amaliyotda Inkotermsni noto‘g‘ri tushunishning ikkita varianti ko‘p uchraydi. Birinchisi – bu Inkotermsni oldi-sotdi shartnomasiga emas, balki tashish shartno-masiga ko‘proq munosabatga ega sifatida noto‘g‘ri tushunish. Ikkinchisi – bu ba’zida ular tomonlar shartnomaga kiritishni istagan barcha majburiyatlarni qamrab olishi kerak, degan tasavvurning noto‘g‘riligi hisoblanadi.
Xalqaro savdo palatasi tomonidan har doim ta’kidlab kelinganidek, Inko-terms oldi-sotdi shartnomalari doirasidagi faqat ma’lum jihatlarda sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan aloqa qiladi.
Eksportchilar va importchilar nafaqat oldi-sotdi, balki tashishlar, sug‘urta va moliyalash shartnomalari muhim bo‘lgan xalqaro sotish bitimlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli shartnomalar o‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarni hisobga olishi kerak. Bunda Inkoterms ushbu shartnomalarning biriga, ya’ni aynan oldi-sotdi shartnomasiga taaluqlidir.
Inkoterms shartnomani buzish oqibatlari va turli to‘siqlar natijasida javob-garlikdan ozod etish bilan shug‘ullanmaydi. Ushbu masalalar oldi-sotdi shartnoma-sining boshqa shartlari va tegishli qonunlar tomonidan hal etilishi kerak.
Inkoterms boshidan tovarlar milliy chegaralar orqali yetkazib berilishi uchun sotilayotgan holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan: shunday qilib – bu xalqaro savdo atamalaridir. Biroq Inkoterms amaliyotda ko‘pincha tovarlarni faqat ichki bo-zorlar doirasida sotish uchun shartnomalarga kiritiladi.
“YE” atamasi sotuvchiga eng kam majburiyatlar yuklaydi: sotuvchi tovarni faqat xaridor ixtiyoriga kelishilgan joyda – odatda sotuvchining shaxsiy binosida taqdim etishi lozim. Ikkinchi tomondan, amaliyotda ko‘p uchraydigan narsa – bu sotuvchi ko‘-pincha xaridorga tovarni xaridorning transport vositasiga yuklashga yordam beradi. Agarda sotuvchi majburiyatlari kengaytirilib, yuklashni ham o‘z ichiga olganda, so-tuvchining EXW atamasi shartlariga muvofiq eng kam majburiyatlarining an’anaviy tamoyillarini ulardan sotuvchi tovarni yuklashga nisbatan hech qanday majburiyat-larni qabul qilmagan holatlar uchun foydalanish maqsadida saqlash qarorini qabul qilinganida edi EXW atamasi buni yaxshiroq aks ettirgan bulur edi. Mabodo xari-dor sotuvchi ushbu vazifani ham bajarishini istasa, bu oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
“F” atamasi sotuvchi tovarni xaridor ko‘rsatmalariga muvofiq tashishini ko‘zda tutadi. Tomonlar FCA atamasiga ko‘ra yetkazib berishni amalga oshirishni ko‘zda tuta-digan punkt majburiyatlarning turli xilligi tufayli ushbu atama bilan tuzilgan shartnomada uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
Masalan, tovar xaridor tomonidan tvoarni sotuvchi binosidan olib ketish uchun yuborilgan transport vositasiga ortilishi mumkin; ikkinchi holatda tovar xaridor tomonidan tovarni terminal, ya’ni xaridorga yetkazib berish uchun yuborilgan tran-sport vositasidan tushirishni talab qilishi mumkin. Inkoterms-2000 shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib berish joyi sifatida sotuvchi binosi hisoblanib, yetkazib be-rish yakunlangan, tovar xaridorning transport vositasiga yuklangan holatlar shart-lashgan bo‘lsa, boshqa holatlarda yetkazib berish yakunlangan va tovar xaridor ixtiyo-riga sotuvchi transport vositasidan tushirilmasdan yetkazib berilgan bo‘lsa ushbu va-riantlarni hisobga oladi. Transportning turli turlari uchun qayd etilgan variant-lari FCA atamasida keltirilgan.

Yüklə 88,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin