Chegaragacha yetkazib berish (......etkazib berish joyi nomi)
DES
Kemadan yetkazib berish (......tayinlangan port nomi)
DEQ
Pirstandan yetkazib berish (......tayinlangan port nomi)
DDU
Boj to‘lamasdan yetkazib berish (......tayinlangan joy nomi)
DDP
CFR va CIF atamalari bo‘yicha yetkazib berish punktlariga mos keladigan yetkazib berish punkti FOB atamasiga muvofiq ma’lum tortishuvlarga qaramasdan Inko-terms-2000.da o‘zgarishlarsiz qoldi. Garchi FOB atamasi bo‘yicha “tovarni kema bandi-ga yetkazib berish” tushunchasi hozir ko‘pchilik holatlarda to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Biroq shunga qaramay savdogarlar tomonidan ushbu atama tushuniladi va tovarlar hamda yuklash qurilmalari hisobga olingan holda qo‘llanilmoqda. Yetkazib berish punktini FOB atamasiga ko‘ra o‘zgartirish ayniqsa dengiz yo‘li bilan odatda charter-to‘plarda keltiriladigan tovarlarni sotishga nisbatan keraksiz chalkashliklarni yuzaga keltiryapti.
Afsuski, FOB so‘zi ayrim savdogarlar tomonidan faqatgina har qanday yetkazib berish punktini – masalan “FOB fabrika”, “ FOB zavod”, “ FOB sotuvchi zavodidan” punktlarini belgilash uchun foydalanilmoqda. Bunda “Franko bort” qisqartma so‘z tushunchasiga e’tibor berilmayapti. “FOB”dan bu kabi foydalanish chalkashlikni yuzaga keltirish moyilligiga ega bo‘lgan vaziyatlar saqlanib qolmoqda va bundan saq-lanish kerak.
“S” atamasi sotuvchiga tashishlarni o‘z hisobidan oddiy sharoitlarda tashish shartnomasini tuzishni yuklaydi. Shu bois u transport sarf-xarajatlarini to‘lashi lozim bo‘lgan punkt tegishli “S” atamasidan so‘ng ko‘rsatilishi shart. CFR va CIF ata-malariga muvofiq sotuvchi tovarni sug‘urtalashi va sug‘urta xarajatlarini ko‘tarishi kerak. Chunki xarajatlarni taqsimlash nuqtasi tovar yetkazib berilishi mumkin bo‘l-gan mamlakatda ro‘yxatga olinadi. “S” atamasi ko‘pincha yetib kelish shartnomalari bilan noto‘g‘ri hisob-kitob qiladi. Bunda sotuvchi tovar kelishilgan punktgacha yetib kelmasa barcha tavakkalchilik va xarajatlarni ko‘taradi. Biroq shuni ta’kidlash ke-rakki, “S” atamasi sotuvchi tovar yuklanadigan yoki jo‘natiladigan mamlakatda shart-nomani bajarishi nuqtai nazaridan “F” atamasi ega bo‘lgan xususiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, “S” atamasiga muvofiq oldi-sotdi shartnomalari “F” atamasi bo‘yicha shartnomalar kabi yuklash shartnomasi toifasiga kiradi.
Yuklash shartnomalari xususiyatida tovarlarni odatiy yo‘nalishlar bo‘yicha od-diy usulda kelishilgan joygacha tashishning odatdagi transport sarf-xarajatlari sotuvchi tomonidan to‘lanishi kerak. Bunda xaridor tovarni yo‘qotishi yoki aynishi bo‘yicha tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, tovar tegishli ravishda ta-shish uchun yetkazib berilganidan so‘ng ham ahamiyatga ega voqealar natijasida paydo bo‘ladigan qo‘shimcha sarf-xarajatlarni ko‘taradi. Shunday qilib, “S” atamasi boshqa atamalardan o‘z ichiga ikkita “keskin” nuqtani olishi bilan ajralib turadi. Ular-dan biri sotuvchi ungacha transport tashkil qilishi va tashish shartnomasiga ko‘ra sarf-xarajatlarni ko‘tarishi kerak bo‘lgan nuqta, ikkinchisi esa tavakkalchiliklar-dan o‘tish uchun xizmat qiladi. Shu sababli sotuvchiga majbkriyatlarni qo‘shishda im-kon qadar ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak. Ushbu majburiyatlar sotuvchi tavak-kalchilikning yuqorida qayd etilgan nuqtadan tashqariga chiqqanda yuklatiladi. So-tuvchi tashish shartnomasini tuzib, tovarni tashuvchiga topshirib, CFR va CIF atama-lariga muvofiq sug‘urtalashni ta’minlab oldi-sotdi shartnomalarini tegishli ra-vishda bajarganidan so‘ng uni har qanday keyingi tavakkalchilik va sarf-xarajat-lardan xalos etish “S” atamasining mohiyati hisoblanadi.
“S” atamasining mohiyati yuklash shartnomalari singari hujjatli kreditlar-dan bunday holatlarda ishlatiladigan asosiy to‘lov uslubi sifatida keng foydala-nish orqali izohlanishi ham mumkin. Oldi-sotdi tomonlari sotuvchi hujjatli kre-dit bo‘yicha kelishilgan yuklash hujjatlarini taqdim etganidan so‘ng haq olishini kelib oladi. Bunda hujjatli kreditning asosiy maqsadlari sotuvchi hujjatli kre-ditlar bo‘yicha yoki tovarni yuklab, jo‘natganidan so‘ng haq olganidan keyin ham tavak-kalchilik va xarajatlarni o‘z zimmasiga olishini to‘liq inkor etadi. Albatta, sotuv-chi tashish shartnomasi bo‘yicha yuk haqi oldindan to‘langan, u yuklanganidan so‘ngmi yoki tayinlangan joyda to‘lanishidani qat’iy nazar (yuk haqi yuk oluvchi tomonidan belgilangan portda to‘lanishi kerak) barcha sarf-xarajatlarni to‘lashiga to‘g‘ri kela-di. Biroq yuk ortilib jo‘natilganidan so‘ng ahamiyatga ega voqealar natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar xaridor tomonidan to‘lanadi.
Agarda sotuvchi o‘z ichiga boj, soliq va boshqa to‘lovlarni oladigan tashish shart-nomasini ta’minlashi shart bo‘lsa, bunday xarajatlar albatta shartnomaga ko‘ra so-tuvchiga yuklanadi.
Agarda odatda tovarni oraliq punktlarda tayinlangan joyga yetish uchun qayta yuklash bilan bog‘liq bir qancha tashish shartnomalari tuzilsa, sotuvchi ushbu barcha sarf-xarajatlarni, shuningdek, tovarni bitta transportdan boshqasiga qayta yuklash natijasida yuzaga keladigan xarajatlarni ham to‘lashi kerak. Biroq agarda tashuvchi o‘z huquqlaridan kutilmagan to‘siqlardan (masalan, muz, ish tashlash, mehnat buzi-lishlari, hukumat qarorlari, urush yoki harbiy xarakatlar) saqlanish uchun tashish shartnomasiga muvofiq foydalansa, bundan kelib chiqadigan barcha qo‘shimcha sarf-xa-rajatlar xaridor hisobiga yoziladi. Chunki sotuvchi majburiyatlari oddiy tashish shartnomasini ta’minlash cheklanadi.
Ko‘pincha oldi-sotdi shartnomasini tuzgan tomonlar sotuvchi qay darajagacha ta-shish shartnomasini, qayta yuklash sarf-harajtlarini ta’minlashi kerakligini aniq aniqlashni istaydi. Negaki, bunday sarf-xarajatlar odatda tovar doimiy kema li-niyalari bo‘yicha tashilsa, oldi-sotdi shartnomasi ko‘pincha tovar shu tarzda yoki “yuk-larni reys kemalarida tashish shartlari”ga muvofiq tashilishini ko‘zda tutsa, yuk hi-sobidan to‘lanadi. Boshqa holatlarda esa CFR va CIF atamalaridan so‘ng “qayta yuk-lashni qo‘shib” so‘zi qo‘shiladi. Shunga qaramay, qisqartma so‘zni “S” atamasidan so‘ng u tegishli savdo sohasida aniq tushinilmasa va kelishayotgan tomonlar yoki tegishli qonunda yoxud savdo odatlarida qabul qilinmasa qo‘shishi tavsiya etilmaydi.
Chunonchi, sotuvchi “S” atamasi xususiyatini o‘zgartmasdan o‘z zimmasiga tovar-ning mo‘ljallangan joyga yetib kelishi bo‘yicha hech qanday majburyatni olmasligi ke-rak. Chunki tashish paytida kechikishni xaridor o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib, har qanday majburiyat yuklash yoki jo‘natish joyiga tegishlidir.
Tovar bilan savdo qilishda tovarni dengizdagiligida sotib olish hollari uch-rab turadi. Bunday hollarda savdo shartidan so‘ng “suzishda” so‘zi qo‘shiladi. Negaki, bunday holatlarda CFR va CIF atamalariga ko‘ra tovarni yo‘qotish yoki buzilish xav-fi sotuvchidan xaridorga o‘tgan bo‘ladi, izohlashda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bu borada imkoniyatlardan biri CFR va CIF atamalari odatiy ma’nosini xavfni sotuv-chi va xaridor o‘rtasida tasqsimlashga nisbatan saqlash hisoblanadi, ya’ni aynan xavf yuk ortilganidan so‘ng. Bu xaridor oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirganidan so‘ng bo‘-ladigan voqealar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘lishini anglatadi. Xavfning o‘tish paytini aniqlaydigan ikkinchi imkoniyat yangi oldi-sotdi shartno-masini tuzish vaqti hisoblanadi. Birinchi imkoniyat haqiqatga yaqinroq, chunki odat-da tovar holatini tashish paytida aniqlash mumkin. Shu sababli BMTning 1980 yil-dagi tovarlar bilan savdo qilish xalqaro shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyasining 68-moddasida “agarda ahvol shuni taqozo etsa, xavf xaridor tomonidan tovar tashish shartnomasida tuzilgan hujjatni bergan tashuvchiga topshirilayotgan paytdan bosh-lab qabul qilinishi” ko‘zda tutilgan. Biroq bu qoidada “sotuvchi tovar yo‘qotilgan yoki ayniganligini bilgan yoki bilishi shart bo‘lgan va bu haqda xaridorga xabar ber-maganligi” istisno qilinishi mumkin. Shunday qilib, CFR va CIF atamalarini “su-zishda” so‘zini qo‘shgan holda sharhlash mazkur oldi-sotdi shartnomasiga qo‘llanila-digan qonunga bog‘liq. Tomonlarga qo‘llanilayotgan qonun va har qanday qarorga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. Shubha tug‘ilganda esa tomonlarga ushbu masala-ni o‘zlarining shartnomasida aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.
“D” atamasiga muvofiq DDPdan tashqari sotuvchi mo‘ljallangan mamlakatga im-port uchune tozalangan tovarni yetkazib berishga majbur emas.
An’anaviy tarzda DTQ atamasiga ko‘ra sotuvchi tovarni tozalashiga majbur, ne-gaki ushbu tovar pristanga yuklanishi kerak va shu tarzda import qilinayotgan mamla-katga chiqib ketishi lozim. Bojxona tozalashlar tartiblaridagi o‘zgarishlar oqibati-da ko‘pgina mamlakatlardla hozir manfaatdor mamlakatda muntazam yashab kelayotgan tomon tozalashni amalga oshirib, boj va yuboshqa to‘lovlarni to‘lashi maqsadga mu-vofiqdir. Shu sababli FAS atamasidagi o‘zgartishlar DEQ atamasiga ham kiritildi.
Ko‘pgina mamlakatlarda Inkotermsga kiritilmagan savdo atamalaridan asosan yuklarni temir yo‘lda tashishlarda (franko chegara) foydalanilmoqda. Biroq bunday sharoitlarda odatda sotuvchining tovarni chegaragacha tashish paytida uni yo‘qotish yoki buzilishi bo‘yicha tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishi ko‘zda tutilmaydi. Ushbu holatlarda chegara ko‘rsatilgan holda SRT atamasidan foydalanish maqsadga muvo-fiqdir. Ikkinchi tomondan esa, agarda tomonlar sotuvchi tovarni tashishda tavakkal-chilikni o‘z zimmasiga olishini nazarda tutsa, bunda chegara ko‘rsatilgan holda DAF atamasidan foydalanish lozim.