muomalada bo'lganlarga ham jazolar tayinlangan, yer, suv, tuproq, olov,
muqaddas hisoblangan.
«Avesto»ning «Videvdat» qismining 5-bobida tabiat va atrof-muhitni
bulg‘aydigan va turli kasalliklar tarqatadigan hayvon va hashoratlarni
yo'qotishga kuchli da'vat
etilsa-da, lekin uy jonivorlarini ehtiyot qilishga
chaqirilgan. Suv yoki (OV) itini o ‘ldirgan kishi 10.000 barsuk, 10.000
ruhiyatni tetiklashtiradigan o ‘simlik bargi terib berish lozim. Shuningdek,
u 1000 ta echkiemar, 1000 ta suv qo‘ng‘izi, 1000
ta kasal tarqatuvchi
pashshani o ‘ldirib gunohini yuvishi lozim bo'lgan.
Bu haqidagi qonunlar «Avesto»ning «Videvdat («Viy dayevo datem-
oromiycha devlarga qarshi qonun») nomi bilan atalgan bobida shaxsning
suvdan foydalanish, jinoyat va jazo,
oila-nikoh, mulki bilan bogiiq
huquqlami tartibga soluvchi qoidalar o ‘z aksini topgan. Ushbu qonunning
13-15 boblarida suvni tejash,
uni qadrlash, undan unumli foydalanish
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ikki marta sug‘orish mumkinligi,
har bir ekin ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa
sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash
ishlarini kohinlar
amalga oshirganligidan dalolat beradi. Jumladan, odam yoki it o'ligini
yerga ko‘mib uni olti oygacha qazib olmagan kishi ming darra, agar bir
yilgacha
qazib olmasa, u holda uni 2 ming darra urish bilan jazolanishi
ko'rsatilgan.
«Videvdat»da murdani yoqqan kishiga nisbatan o ‘lim jazosi
belgilangan. Sudya vazifasini kohinlar, jamoa boshliqlari amalga oshirgan.
«Asha» ya'ni haqiqatning ilohiy ifodasi bo‘lib, bunga ko‘ra,
ikki xil
majburiyat tan olinadi. 1-si biror harakatni sodir etish yoki etmaslik
majburiyati, 2-si bu bitim yoki shartnoma hisoblanib bunga ko‘ra tomonlar
o ‘zaro biron narsa to‘g ‘risida kelishishadi. Ikkala holda ham, kuch ichilgan
qasamda bo‘ladi. U kuch ilohiy hisoblangan, qasam ichib ahd qilgan
kishini o‘z ahdini bajarmagan yoki uni buzgan hollarda haqligini isbotlash
uchun
Dostları ilə paylaş: