kafolat, qarzlami o ‘tkazish, qozi (sud'yaning) majburiyatlari, guvohlik
ko‘rsatuvlarini rad qilish, ishonchnoma, da'vogar, tan olish, kelishuv,
garov, qarz, ssuda, hadya, ijara, vasiylik. Bundan ko‘rinib turibdiki,
mazkur jildni grajdanlik huquqining asosiy masalalari va sud-protsessual
huquqiga bag‘ishlangan deb aytish mumkin. 4-jild 16 kitobdan: aralash
mulk huquqini olish va bunday huquqning vorislikka o'tishi, mulkni
bo‘lish, yerlarni ishlash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, oziq-ovqatlarni
yetishtirish va iste’mol qilishdagi turli ehtiyot choralari, bo‘sh yotgan
yerlarni ishlash, ta'qiqlangan (ichimhk) suyuqliklar, ov haqida, zakolat,
shaxsga qaratilgan shikoyatlar, pul bilan undiriladigan (qoplanadigan) jazo
choralari, peniya (pinni) undirish, vasiyatlardan iborat. Ya'ni mazkur jild
hozirgi zamon huquq tarmoqlariga nisbatan olganda, diniy huquq, yer
huquqi, jinoyat huquqi masalalariga bag‘ishlanadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, musulmon huquqi XII asrdayoq ma'lum
tarmoqlarga va institutlarga ega boigan huquq tizimini tashkil qilgan. Ana
shu jihatdan o'rganishda bu manbaning ahainiyati katta boigan. Shuning
uchun ham «А1 hidoya»ni o ‘qib, sharhlay bilish madrasada fiqh ilmidan
ma'lum natijaga erishganlikni bildirib, mufti, qozi lavozimlarini bajarishga
huquq bergan.
Xullas, «Hidoya» asari o ‘z davrini islom huquqshunosligining o ‘ziga
xos qomusi boigan desak, adashmaymiz.
Dostları ilə paylaş: