yil ingliz, 1845-yil urdu, 1894-yil, 1934-yil rus, 1835-yil, 1857-yil turk
(eski о ‘/.bek) tilida, o ‘z ona yurtida esa 1991-yil nashr qilingan.
Amir Temur toju-taxtlari vorislariga vasiyat va pand-nasixatlar qilar
ekan, jumladan shunday deydi: “Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli
farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma'lum
bo‘lsinki, tagri taolo dargoxida umidim shulki, ko‘plab farzandlarim,
avlodim saltanat taxtiga o ‘tirib, mamlakatlarni idora etgay.
Shuning uchun
saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka (dastur ul-amal)
yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodlarimdan bo‘lganlarining har
biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu mashoqatlar, ko‘p harbiy
yurishlar, urush-taloshlar bilan tangrining inoyati va xazrat Muham-
madning va salomlari bo‘lsin, tole'i bilan millatning sharofati, on xazrating
ulug‘vor avlodi va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim
orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqlaganlar”.8
Temur o ‘z fikrini davom ettirib yana shunday degan: “Vorislarim bu
tuzuklardan o ‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida
foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan
davlat va saltanat zararu
tanazzuldan ozod bo‘lgan.
Endi mening nomdor baxtiyor farzandlarim, mamlakatlarni zabt
etuvchi iqtidorli nabiralarimga yo‘l yo‘rig‘im shulki, men o ‘n ikki narsani
o ‘zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o ‘n ikki narsa
yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat
taxtiga ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Davlatu
saltanatimni va o ‘zlarini ehtiyot qilsinlar”. Amir Temur o ‘z
hayot
tajribasida ko‘rgan-kechirganlaridan kelib chiqib, o ‘zi doimo amal qilib
kelgan o ‘n ikki asosiy qonun-qoidani bayon qiladi.
Temur toju-taxt egalarining tutumi va vazifalari haqida ham bir qator
zarur qonun-qoidalami belgilaydi. “Yana tajribada ko‘rib bildimki, - deydi
Amir Temur, davlat agar dini oyin (tartib) asosida qurilmas ekan, to‘ra
tuzukka bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi
yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o ‘xshar ekan, uni ko‘rgan
har kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasu
nokas tap tortmay kirib-
chiqadigan, tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o ‘xshaydi”.
Shuning uchun ham men, o ‘z saltanatim binosini dini islom to‘ra va
tuzuk asosida mustahkamladim. Salatanatimni boshqarishda uchragan har
qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim. Dilimning
mashriqidan ko‘tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat boidiki, islom
dinini yoyib, Muhammad unga tagrinining marhamatlari va salomlari
* “Tem ur Tuzuklari” . Toshkent. G afur G ulom, 1991-yil. 53-bet.
102
|
boisin, shariatni quvvatladim.
Har bir shaharda masjidlar, madrasalar,
xonaqolar (g‘aribxonalar) qurishni musofir yoiovchilar uchun yo‘1 ustiga
[
rabotlar (karvonsaroylar) bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni
I
buyurdim.
I
Sohibqiron xuddi ana shu qoidaning muhimligiga bir necha bor
S
e'tiborni qaratgan edi. Bu haqida “Shuning uchun ham men o ‘z saltanatim
'
binosini dinu-islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatimni
Dostları ilə paylaş: