Poliam id polim erlari -
ikki asosli kislota va diaminlami polikonden-
satsiyalab olinadi. Ular joylarda gidroizolyatsiya
qoplamalarida beton va
qorishmalar uchun modifikator sifatida ishlatiladi.
Poliuretan p olim erlari -
izotsionatlar va ko‘p atomli spirtlar asosida
sintez qilib olinadi. Poliefir turiga qarab yumshoq elastik va bikr poliuretan
m aterially tayyorlanadi. Poliuretanlar betonga, asbosem entga, ayniqsa,
metallarga adgeziyasi ju d a yuqori.
Ular asosida kauchuklar, o ‘ta yengil
yacheykali
betonlar, issiqlik izolyatsiyasi
va akustik plastmassaiar, metall
qobiqli uch qatlamli yengil panellar va shu kabi buyumlar olinadi.
K rem niyorganik polim erlar
- makromolekulasi tuzilishida kremniy
kislorodli (siloksanli) bog‘lar boMishi bilan boshqa turdagi
polimerlardan
farqlanadi. Ularning molekulalari kremnezyomli skelet va tarmoqlangan
radikallardan iborat. Ularda silikat moddalarga xos yuqori issiqlikka bar-
doshlilik, m ustahkamlik va sintetik polimerlarga tegishli elastiklik, kimyo
viy m uhitlarga chidam lilik xususiyatlari m ujassam lashgan.
Ular kichik
molekulali kremniyorganik birikmalardan (alkil, aril) siloksanlardan sintez
qilinadi.
Kichik molekulali kremniyorganik polim erlar(G JK -10, GJK- 11,GJK-
93, GJK-94) gidrofoblik va plastifitsirlovchi xossalarga ega bo‘lgani uchun
nam sharoitga chidamli fasad uchun bo‘yoqlar, qorishma va beton uchun
qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
C hiziqli tuzilishdagi yuqori m olekulali
kremniyorganik polim erlar
asosida sintetik kauchuklar olinadi. Ular qurilishda germetiklar, izolatsion
pastalar, yelim lar sifatida ishlatiladi.
Havoyi birikkan tuzilishdagi yuqori
m olekulali krem niyorganik
polim erlar 400°S dan ortiq issiqlikka bardoshli va bikr. Ular asosida
issiqqa bardoshli loklar va emallar, yelimlar, yacheykali betonlar, tolali va
qatlamli plastiklar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: