Alyuminiy mustahkamligini plastik deformatsiyalash, toblash va
eskertirish usullari bilan oshirish mumkin. Alyuminiy qotishmalari
deformatsiyalanadigan va quyma turlarga bo‘ linadi. Deformatsiyalanadigan
qotishmalar esa temik mustahkamlangan va mustahkamlanmagan xillarga
boMinadi. Termik mustahkamlangan qotishmalarga alyuminiy-magniy-
kremniy, alyum iniy-m is-m agniy va alyum iniy-rux-magniy; termik
mustahkamlanmagan qotishmalarga texnik alyuminiy va ikki komponentli
qotishmalar - alyuminiy-marganes va alyuminiy-magniy kiradi. Bunday
hosil qilingan duralyuminiyqotishmalarida mis alyuminiy mustahkamligini
oshiradi, ammo plastikligini va korroziyaga chidamliligini kamaytiradi.
Alyuminiy qotishmalarining xossalarini yaxshilash uchun xrom,
vanadiy, titan, sirkoniy kabi legirlovchi elementlar qo‘shiladi.
Texnik alyuminiy AD, AD
I
kabi markalanadi. Buyerda A-alyum iniy,
D - duralyuminiy tipidagi qotishma,
I -
qotishmadagi alyuminiy miqdorini
ko‘rsatadi (AD da 98,8 foiz va AD I da 99,3 foiz alyuminiy bor). Yuqori
mustahkamlikdagi alyuminiy В 95, B96; quymasi - AK6, AK8 holda
markalanadi. Bu yerda raqamlar legirlovchi elementlar miqdorini foiz (%)
bildiradi. Termik mustahkamlanmagan alyuminiy qotishmalari ADIM;
АМцМ; АМг2М; AMr2H2 holda markalanadi.
Bu yerda M - yumshoq, Мц- marganes, Mr2 - tarkibida 2 foiz magniy
boMgan qotishma.
Alyuminiy qotishmalari markalari raqamlarda ifodalanishi mumkin:
1915, 1915T, 1925, 1935T. Bu yerda birinchi raqam qotishma asosi boMgan
alyuminiyni, ikkinchi raqam komponentlar kompozitsiyasini, oxirgi ikki
raqam qotishmaning o ‘z guruhidagi tartib nomerini bildiradi.
Alyuminiy qotishmalaridan prokatlash usulida shveller, qo‘shtavr,
burchaklik, yassi va toMqinsimon listlar, quvurlar hamda boshqa buyum
va konstruksiyalar tayyorlanadi. Ular asosida bino va inshootlar uchun
yengil konstruksiyalar, vitrina va deraza panjaralari, uch-qatlamli issiqlik
izolyatsiyasi panellari, osma shiftlar va shu kabilarni tayyorlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: