14.1-jadval
C h astotalar klassifikatsivasi
Chastota diapazoni
nomi
Chastota diapazoni
belgisi
Chastotalar o‘rtacha
arifmetik miqdori, Hz
Past chastotali
N
6 3:125;250
0 ‘rtacha chastotali
S
500;1000
Yuqori chastotali
V
2000; 4000;8000
Tovush yutuvchi materiallar
- strukturasi jihatidan quyidagicha
boMadi: g‘ovak-tolasimon (mineral va shisha-paxta), g ‘ovak-yacheykali
(yacheykali beton, perlit), g ‘ovak-gubkasimon (ko‘pikplast, rezina,
kauchuk). Akustikmateriallarnisbiysiqilishibo‘yichaqattiq, bikr, yarimbikr
va yumshoq skeletli turlarda boMadi. Yarimbikr va yumshoq akustik
materiallar o ‘zininig xususiy elastik deformatsiyasi hisobiga tovushni
ko‘proq yutish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bikr akustik materiallariga yengil
betonlar, fibrolit, ksilolit va shu kabilar kiradi. Mineralpaxta, shisha-paxta
va polimer plitalar, yog‘och-tolali plitalar va asbestli materiallar yarim
bikr skeletli buyumlar sanaladi. Poliuretan poroplasti, polivinilxlorid,
ko‘pikplastlar yumshoq skeletli akustik materiallar qatoriga kiradi.
Akustik materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan
turlarga bo‘linadi. Ular shakliga va ko‘rinishiga nisbatan donali (bloklar,
plitalar), o ‘rama (matlar, polosali qistirmalar), titilgan (paxta, o ‘simlik
momig‘i) va sochiluvchan (keramzit, vermikulit, perlit, domna shlaki).
Akustik m ateriallar namli va biologik aktiv muhitlarga bardoshli va
sanitariya-gigiyena talablarini qoniqtirishi maqsadga muvofiq.
Akustik buyumlar ishlatilish sohasiga, strukturasi va xossalariga ko‘ra
tovush yutuvchi hamda tovush izolyatsiyasi turlariga boMinadi.
Dostları ilə paylaş: