zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar, dinamik kuchlanishlar ta’sirida
ishlaydigan poydevor va shu kabilar tayyorlanadi.
Massiv inshootlar (to ‘g ‘onlar, gradirnyalar, poydevorlar) ishchi
choklar bilan bloklarga ajratiladi, chunki harorat va kirishish ta’siridan
hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish qurilish yaxlitligiga ziyon yetkazishi
mumkin.
Beton qorishmasi qatlam-qatlam holda quyiladi
va ichki titratkichlar
yordamida zichlashtiriladi. U qolipga quyilgach, toki beton loyihadagi
mustahkamlikka erishguncha parvarishlanadi. Bunda sement gidratatsiyasi
ta’minlanishi uchun harorat va nisbiy namlikni zarur ko‘rsatkichlarida
ushlab turish kerak.
0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida monolit beton quyish
alohida tadbirlami amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda beton qorishma-
sini tashish, qoliplash, ayniqsa, parvarishlash
ishlariga alohida ahamiyat
berish zarur. Avtomobil yo ‘llari, aerodrom qoplama va sh.k. lari yuzasi
katta temirbeton monolit konstruksiyalami qurishda betonni parvarishlash
uchun to‘shalma materiallar (polietilen, polipropilen plyonkasi va b.) yoki
plyonka hosil qiluvchi polimerlar (etiaol loki, gelpolimerlar) ishlatiladi.
Monolit betonlash qishki mavsumda baj ari lganda beton qorishmasini va
qotayotgan betonni muzlashdan saqlash asosiy masaladir. Monolit betonni
muzlashdan asrashning turli usullari mavjud. Betonning issiqlik izolyatsi
yasi maieriallari bilan vaqtinchalik o‘rab qo‘yish, beton qorishmasi tarkibi
dagi suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qo‘shimchalar kiritish, «ter-
mos» usuli shular jumlasidandir.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari sifatida yarim bikr mineral plita,
shisha paxta to ‘shamalari, gidioizolyatsiya qoplamali arbolit, ksilolit
plitalari, g‘ovak, to‘ldirgichlar va shu kabilar ishlatiladi.
Xususiy hollarda
ishlatiladigan «termos» usuliga binoan quyilgan beton kotistruksiyaga
maxsus egiluvchan m ateriallardan yasalgan «ko‘ylak» kiydiriladi va
qoplamaning oraliq bo‘shlig‘iga qizdirilgan bug‘ yoki havo yuborib
turiladi. «Termos» usuli serxarajat va texnik tomonidan amalga oshirish
murakkab bo‘lgan usul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: