To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Akustik qorishm alar 
- tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va 
aks-sado hosil b o ‘lmaydigan xonalarni suvashda ishlatiladi. Mineral 
bog‘lovchi sifatida sement, shlak sement, ohak, gips, ular asosidagi aralash 
bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda to‘ldiruvchi sifatida 
ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g ‘ovak materiallardan 
olingan, yirikligi 3 - 5 mm. bo‘lgan bir fraksiyali qumlar ishlatiladi. 
Qorishmalaming o ‘rtacha zichligi 600-1200 kg/ m3bo‘lib, ochiq g ‘ovakli 
strukturaga ega bo‘Iadi.
Tam ponaj q o rish m alar 
- neft va gaz quduqlarini, tunnellarni 
gidroizolyatsiya qilishda, to g ‘ jinslari yoriqlari va b o ‘shliqlarini
120


to'ldirishda va boshqa joylarda ishlatiladi. Bu qorishmalami tayyorlashda 
maxsus tamponaj portiand sementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muhitiga 
bardoshli portiand sement ishlatiladi. Tamponaj qorishmalar juda tez 
qotuvchanlik xususiyatiga ega.
R entgen nurUtyjjgdan h im oyalovch i q orish m alar 
- barit qumi 
(B a S 0 4) asosida tayyorlanadi. BogMovchi sifatida sement va shlakli 
sement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi yengil 
elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 
1,25 mm. dan kichik bo'lishi kerak. Qorishmaning o ‘rtacha zichligi 2200 
kg/m3. Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari hamda 
shiftlarini suvashda ishlatiladi.
8.7. Quruq qorishm alar
Keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda turli quruq qurilish 
qorishmalari keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ular, asosan, pardozlash 
hamda bino ichi va sirtidagi montaj ishlarida (g‘isht terishda, fasadlami 
pardozlashda, pollarni barpo etishda) ishlatiladi. Sem ent-ohakli 
aralashmadan iliq va uncha sovuq bo‘lmagan haroratlarda foydalaniladi. 
Suvoq uchun ishlatiladigan gipsli quruq qorishmalardan panelli uylarni 
ta ’mirlashda, quyma tiklanadigan binolar va boshqa shunga o ‘xshash 
ishlarda foydalaniladi. Ulaming sarflanishi o‘rtacha 80 m2/t.
Bundan tashqari, amaliyotda turli quruq qorishmalar aralash holda 
qo‘llaniladi, masalan, devor va pollarni koshin plitkalar bilan yelimlab 
qoplashda va turli xildagi shpaklovkalar tayyorlashda, quruq yelimli 
qorishmalar keng assortimentda sement zavodlarida ishlab chiqarilishi 
mumkin. Bundan tashqari, quruq qorishm alam ing kichik zavodlarda 
ishlab chiqariladigan boshqa texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS 
- 1 0 (8.3-rasm).
Quruq qorishmalardan «Megamiks», «Eleron» kabi yuqori adgeziya va 
qovushoqlik, vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlilik 
xossalariga ega. Ulami ishlab chiqarishda M400 va M500 markali sement, 
yuqori sifatli fraksiyasi 0,6 mm.gacha bo‘lgan kvars qumi, maxsus organik 
qo‘shimchalardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda quruq qurilish qorishmalari ishlab 
chiqaradigan o ‘nlab zavod va sexlar ishlayapti, «Buxorogips» 0 ‘zbekiston
- Germaniya qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin