ustiga qo‘yish va tagidan gaz gorelkasi yoki spirtli
lampa bilan qizdirish
kerak. Stakandagi suvning harorati minutiga 5°S tezlikda ko‘tarilishi
lozim. Bitum issiqdan erib, yuzidagi po‘lat sharcha bilan birga halqaning
teshigidan o ‘tib ketadi.
Erib yumshagan bitum sharcha og‘irligi ta’sirida halqadan o ‘tib,
asbobning pastki plastinkasi (diski) ga tegadi, shu paytdagi harorat (9.3,9.4-
rasm) bitumning erib yumshash harorati hisoblanadi. «Halqa va shar»
usulida bitumning erib yumshash harorati 70°S bo‘lsa, buni qisqachagina,
«70°H va S» shaklida yozish mumkin. Harorat 80°S
dan oshib ketganda
asbob stakaniga suv o'rniga glitserin to‘ldiriladi; sinash oldidan bitum
namunasini 32°S muhitda 15 daqiqa saqlash kerak.
Sinov ikki marta o ‘tkaziladi va bitumning yumshash harorati sinov
natijalarining o ‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Bitum yuzida ko‘k alanga paydo boMishi
chaqnash yuz berganligini
bildiradi, ayni shu paytdagi harorat chaqnash harorati hisoblanadi.
9.1-jadval
N eft bitum larining fizik-mexanik xossalari
Bitumning
markasi
25°S da ig-
naning botish
chuqurligi,
0,1 mm
25°S
da bitumning
cho‘ziluvchanlik
darajasi, kamida sm
Yumshash
harorati,
kamida °S
Chaqnash
harorati,
kamida °S
Qurilishda ishlatiladigan bitumlar
БН-50/50
41-60
40
50
220
БН-70/30
21-40
3
70
230
БН-90/10
5-20
I
90
240
Tom yopishda ishlatiladigan bitumlar
БНК-45/180
140-220
Me’yorlanmaydi
40-50
240
БНК-90/40
35-45
~чч~
85-95
240
БНК-90/30
25-35
85-95
L
240
Yo‘I qurilishida ishlatiladigan bitumlar
БНД-200/300
201-300
-
35
200
БНД-130/200
131-200
65
39
220
Б Н Д -90/130
91-130
60
43
220
БНД -60/90
61-90
50
47
220
БНД -40/60
40-60
40
51
220
130
Bitum sinaladigan joy ortiqcha yorug‘ bo‘lmasligi va bu yerda shamol
esib
turishiga, hatto havoning harakatga kelishiga ham yo‘l qo‘ymaslik
lozim, aks holda chaqnash yuz bergan paytni payqab boMmaydi. Chaqnash
harorati ikki martp aniqlanishi kerak, shu natijalaming o ‘rtacha arifmetik
qiymati eng so'ng^i natija sifatida qabul qilinadi.
Yo‘l qurilishicJS; binokorlikda va tom yopish
vaqtida ishlatiladigan
bitum larni laboratoriyalarda sinashda 9.1-jadvaldagi m a’lumotdan
foydalanish tavsiya etiladi.
Neft bitumlari yog‘och bochkalarda, bidonlarda, faner yoki metall-
faner barabanlarda, qog‘oz qoplarda tashiladi.
Katta miqdordagi bitumlar
isitish qurilmalari bilan jihozlangan tem ir yo ‘l sisternalarida yoki
platformalarda tashiladi. Bitumlar maxsus yopiq omborxonalarda yoki
quyosh nuri va yog‘in-sochindan himoyalangan bostirmalarda saqlanadi.
Qurilish bitumlari
asfalt qorishmalar va betonlar, mastikalar, emulsiyalar
va boshqa kompozitsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Tombop
bitumlar tom gidroizolyatsiyasi va tombop o ‘rama materiallar olishda
asos (karton, asbest karton) yumshoq bitumlarga shimdiriladi,
qattiq
bitumlar esa yuzasiga sepiladi. Yo‘l bitumlari, asosan, avtomobil yo‘llari
va aerodrom qoplamalari qurilishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: