Tortma analizning nazariy asoslari


Cho’kmalarga quyiladigan talablar



Yüklə 44,33 Kb.
səhifə2/9
tarix15.10.2023
ölçüsü44,33 Kb.
#156064
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Analitik 10 maruza

2.2. Cho’kmalarga quyiladigan talablar.

Elementning biror qiyin eriydigan birikmasi bir qator talablarni qanotlantirgandagina undan tortma analizning cho’ktirish usulidan foydalanish mumkin. Yan a shunga e‘tibor berish kerakki, analiz vaktida olingan cho’kmalarni odatda kizdirishga tugri keladi. Kizdirish paytida kupgina cho’kmalar kimyoviy uzgarishlarga uchraydi.Natijada kupincha cho’ktirilgan birikmani emas balki, qandaydir boshqa birikmani tarozida tortiladi.


Shu sababli ogirlik analizida cho’ktiriladigan forma va tortiladigan forma bo’ladi. Tegishli reaktiv ta‘sirida eritmadan cho’ktirilgan birikma cho’ktiriladigan forma deyiladi. Analizning oxirgi natijasini olish uchun tarozida tortiladigan birikma esa tortiladigan forma deyiladi. Masalan Fe3+ va Al3+ ni aniqlashda analiz kilinayotgan eritmaga NH4OH ta‘sir ettirilganda xosil bo’ladigan Fe(OH)3 va Al(OH)3 gidroksidlar cho’ktiriladigan forma bo’ladi. Ularni kizdirilganda xosil bo’ladigan suvsiz oksidlar Al2O3 va Fe2O3 esa tortiladigan forma bo’ladi.
Masalan:
2Fe (OH)3 = Fe 2 O3 + 3 H2O
Ca2+ ni aniqlashda kaltsiy oksalat CaS2O4•N2O cho’ktiriladigan forma bo’lib, uni qizdirgan vaqtda xosil bo’ladigan kaltsiy oksid-CaO tortiladigan forma bo’ladi.

CaS2 O4•N2O= Ca O+ SO2 +SO +N2O



Cho’ktiriladigan formaga quyiladigan talablar.

1. Cho’ktiriladigan forma nixoyatda kam eriydigan bo’lishi kerak, aks xolda aniqlanayotgan ion (elementni) amalda To’la cho’ktirish mumkin emas.


2.Cho’kmaning strukturasi mumkin qadar tezlik bilan filtrlashga va begona qo’shimchalardan tozalab yuvishga imkon bersa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yirik kristall xoldagi cho’kmalar ishlash uchun qulaydir, chunki ular filtrning teshikchalarini deyarli tusib qolmaydi va yuzasi uncha katta bo’lmaganligi uchun eritmadagi boshqa moddalarni kam adsorbilaydi va moddalarni osonlik bilan yuvib tashlab cho’kmani tozalash mumkin.
3.Cho’ktiriladigan forma tortiladigan formaga yetarli darajada oson va To’la utishi zarur.


Yüklə 44,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin