Sifat analizida ko’pincha shunday xollar uchrab taradiki, sovuqda olingan cho’kma ( masalan KHC4N4O6) isitilganda qaytadan erib ketadi.
Bunday xollarda temperatura cho’kmaning To’la cho’kishiga kuchli ta‘sir Ko’rsatadi. Temperatura kutarilganda cho’kmaning xammasi erib ketmagan vaqtda xam uning cho’kmaning eruvchanligiga bo’lgan ta‘sirini xisobga olishga tugri keladi. Masalan 1000 da eruvchanligi 100 dagi eruvchanligiga karaganda kariyib 25 marta ko’p. Ko’pchilik boshqa cho’kmalarning eruvchanligi temperaturaning ortishi bilan unchalik ko’p bo’lmasa xam xar xolda ortadi.
Eruvchanlikning temperaturaga karab o’zgarishi erishning issiklik effekti bilan boglangan. Ko’pchilik tuzlarning erishi. Eritmaning sovushi bilan, ya‘ni issiklik yutishi bilan boradi. Bunday tuzlarning eruvchanligi Le-Shatele printsipiga asosan temperatura ko’tarilishi bilan oshishi kerak. Agar aksincha, erish vaqtida issiklik chiksa, bunday tuzlarning eruvchanligi temperatura ko’tarilganda kamayadi. Cho’ktirishni kizdirish yuli bilan olib borish kulaydir. Chunki bu cho’kma kristallarining yiriklashishiga yoki uning kolloid zarrachalarining (amorf cho’kmalar bo’lsa) koagulyatsiyaga uchrashiga yordam beradi. Lekin temperatura ko’tarilganda eruvchanligi sezilarli darajada ortadigan cho’kmalar bilan ishlaganda, doimo,eritma batamom sovugandagina cho’kmani filtrlab olishga kirishish lozim. Masalan MgNH4PO4, PbSO4 ,CaC2O4 va xokazo cho’kmalarni eritmadan ajratishda shunday qilinadi. Aksincha cho’kmaning eruvchanligi kam bo’lsa, va temperaturaning o’zgarishi bilan kam o’zgarsa eritmani kaynok paytida filtrlash kulaydir, chunki issik –Suyuqliklar sovuq Suyuqliklarga karaganda tezrok filtrlanadi. Ko’pchilik xollarida cho’ktiruvchini ortikcha miqdorda qo’shish bilan cho’kmaning eruvchanligini ancha kamaytirish mumkin. Ammo shuni unitmaslik kerakki, cho’kmani yuvish vaqtida cho’ktiruvchining ortikcha miqdori yuvilib ketadi va bu operatsiyaning oxirida eruvchanlik yana ortadi. Bu xol, agar cho’kma issik suv bilan yuviladigan bo’lsa, uning sezilarli darajada yukolishiga olib kelishi mumkin.