2.7. Tortma analizdagi xisoblashlar
Analiz natijasida olingan ma‘lumotlar olingan modda massasiga nisbatan foiz xisobida ifodalanadi. Buning uchun tekshirilayotgan modda namunasining massasini xosil bo’lgan cho’kma massasini va uni kimyoviy formulasini aniq bilish kerak.
Ayrim xollarda elementlarning foiz miqdoriga asoslanib tekshirilayotgan modda asosini tashkil etuvchi moddaning kimyoviy formulasi keltirib chiqariladi. Boshqa xollarda texnik maxsulot tarkibidagi asosiy komponent miqdori aniqlanadi. Masalan bariy xlorida tarkibidagi Ba Cl2·2H2O miqdori yoki Ba2+ ioni miqdori aniqlanadi.
Misol: Kimyoviy toza BaCl2·2H2O tarkibidagi Ba2+ ioni miqdorini aniqlang?
BaCl2·2H2O namunasini tortimi 0,4872 qizdirishdan so’ng olingan BaSO4 Cho’kmasining massasi 0, 4644 g
Yechish. Avvalo xosil qilingan 0,4644 g BaSO4 tarkibidagi Ba2+ (uning atom massasi 137,4 g ) ioni miqdorini xisoblaymiz.
233,40g BaSO4 tarkibida – 137,40 gBa2+ bor
0,4644 g BaSO4 tarkibida – x g Ba2+ bor.
Analiz uchun olingan sof Ba Cl2·2H2O tarkibidagi Ba2+ ionining protsent miqdorini xisoblaymiz.
0,4872 g toza Ba Cl2·2H2O 100% tashkil etadi.
0,2733 g toza Ba Cl2·2H2O x % ni tashkil etadi.
Demak, sof BaCl2·2H2O tarkibida 56,09 protsent bariy mavjud ekan.
Agar aniqlanayotgan element yoki ion olingan namuna xolida emas, balki boshqa xolatda aniqlanayotgan bo’lsa, tortma analizdagi natijalarni xisoblashlar paytida qayta xisoblash faktorlardan foydalaniladi. Qayta xisoblash faktori F aniqlanadigan modda atom (yoki molekulyar) massasini cho’kmadagi moddaning molekulyar massasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Aniqlanadigan moddaning atom ( yoki molekulyar) massasi
F =
Cho’kmadagi moddaning molekulyar massasi
Qayta xisoblash faktori 1 g cho’kmadagi aniqlanayotgan moddadan kancha borligini Ko’rsatadi. Konkret xollar uchun qayta xisoblash faktori quyidagicha topiladi:
Aniqlanayotgan element yoki birikma
Ba
Fe
FeO
MgO
|
Xosil qilingan cho’kma (tortiladigan shakl)
VaSO4
Fe2O3
Fe2O3
Mg2P2O7
|
Qayta xisoblash faktori
A-Ba | M
2A Fe | M
2M FeO | M
2MMgO | M
|
Bariy aniqlanayotgan bo’lsa, cho’kma va tarozida tortiladigan namuna BaSO4 formulaga ega bo’lsa, qayta xisoblash faktori ya‘ni analitik ko’paytuvchi quyidagicha topiladi:
Qayta xisoblash faktorining qiymati spravochniklarda berilgan.
Analiz natijalarini xisoblashda qayta xisoblash faktorini qiymati inobatga olingan tayyor formuladan foydalaniladi:
Bunda:
a- tekshirilayotgan modda tortimi massasi, g
b- tortiladigan namuna massasi, g
f- qayta xisoblash faktori
Ushbu formuladan hamda 2 misolda keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanib Ba Cl2·2H2O tarkibidagi bariyni protsent miqdorini xisoblab topish mumkin:
Demak, tayyor formuladan foydalanilganda xisoblash ancha osonlashadi.
Analiz natijalarini laboratoriya jurnaliga tartib bilan analiz kachon utkazilgani, chislosi, analizni nomi , aniqlash metodikasi, ulchash va tarozida tortish natijalari, analiz natijalarini xisoblashni yozib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: |