Tortma analizning nazariy asoslari


Amorf va kristall cho’kmalar



Yüklə 44,33 Kb.
səhifə6/9
tarix15.10.2023
ölçüsü44,33 Kb.
#156064
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Analitik 10 maruza

2.6. Amorf va kristall cho’kmalar
Cho’ktirilayotgan birikmalarning o’ziga xos xususiyatlariga karab va birinchi navbatda ularning eruvchanligiga karab xamda cho’ktirish sharoitiga karab, boshlangich zarrachalarning yiriklashish protsessi ikki xil yul bilan borishi mumkin. Shunga muvofik ravishda yoki kristall yoki amorf cho’kmalar xosil bo’ladi. Kristall cho’kmalarning xosil bo’lishida qo’shilayotgan cho’ktiruvchining xar bir qismi darxol boshlangich kristallarni xosil kilmaydi va cho’ktirilayotgan modda ma‘lum vaqt o’ta toyingan eritmada qoladi. Cho’ktiruvchini sekin asta qo’shib borilganda cho’ktirilayotgan modda asosan o’ta toyingan eritmadan avval xosil bo’lgan boshlangich kristallar yuzasida ajralib, bu kristallar sekin asta kattalasha boradi va nixoyat boshlangich kristallarga nisbatan yiroqroq kristallardan iborat kristall cho’kma xosil bo’ladi.
Amorf cho’kmalarni xosil bo’lishi boshqacha boradi. Bu vaqtda cho’ktiruvchining xar bir qismini qo’shish, Suyuqlik ichida juda ko’p miqdorda mayda boshlangich kristallarning xosil bo’lishiga sabab bo’ladi, bu mayda zarrachalar ularning sirtiga keyingi xosil bo’lgan mayda kristallar utirishi natijasida kattalashadi va og’irlik kuchi ta‘sirida idish tubiga cho’kadi. Boshqacha aytganda, bu xolda dastlab xosil bo’lgan kolloid eritma koagulyatsiyaga uchraydi. Bu usulda xosil bo’lgan amorf cho’kmalarning umumiy satxi juda katta bo’ladi va shuning uchun ular eritmalardagi xar xil bekorchi moddalarni o’ziga kristall cho’kmalarga nisbatan ancha ko’prk adsorbilaydi. Ikkinchi tomondan xosil bo’layotgan agregatlarda boshlangich kristallar orasidagi boglanish ancha bush bo’lgani uchun bu agregatlar parchalanib kolloid eritma xosil qilishi mumkin. Juda kam eriydigan moddalar ayniksa osonlik bilan amorf cho’kmalar xosil kiladi. Masalan bunday moddalarga metallarning sulfidlari va gidrooksidlari va boshqalar kiradi. Ularning eruvchanligi juda kam bo’lganligi sababli, cho’ktiruvchidan oz miqdorda qo’shilganda xam EK (eruvchanlik ko’paytmasi) qiymati nixoyatda ortib ketadi va natijada tezda juda ko’p miqdorda boshlangich kristallar xosil bo’ladi. Aksincha yaxshirok eriydigan cho’kmalarda ionlar kontsentratsiyalari ko’paytmasi eruvchanlik ko’paytmasi qiymatidan unchalik ko’p ortib ketmaydi. Bu esa o’ta toyingan eritmaning xosil bo’lishiga va kristall cho’kmaning xosil bo’lishiga olib keladi.


Yüklə 44,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin