Tortma analizning nazariy asoslari


Cho’ktiruvchining miqdori



Yüklə 44,33 Kb.
səhifə4/9
tarix15.10.2023
ölçüsü44,33 Kb.
#156064
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Analitik 10 maruza

Cho’ktiruvchining miqdori.
Biror qiyin eriydigan elektrolit eritmasi uning ionlari kontsentratsiyalarining kupaytmasi berilgan temperaturada o’zgarmas bo’lgan va eruvchanlik kupaytmasi (EK) deb ataladigan qiymatga teng bo’lgandaginatuyingan bo’lishi mumkin. Kurgoshin sulfatning 25o da tuyingan eritmasi uchun
[Pb2+] • [ SO42-]= EKPbSO4 = 2,2•10-8 deb yozish mumkin.

Agar [Pb+2] • [SO2-4] <2,2•10-8 bo’lsa, u xolda eritma tuyinmagan bo’ladi va ayni temperaturada bu eritmada yana oz miqdordagi kurgoshin sulfatni eritish mumkin. Agar ionlar kontsentratsiyasining kupaytmasi eruvchanlik kupaytmasi qiymatidan oshib ketgan, ya‘ni

[Pb2+] •[SO2-4] >2,2•10-8
(25o da) bo’lsa u xolda eritma uta tuyingan bo’lib, PbSO4 ning biror miqdori ajralib cho’kmaga tushishi kerak. Suvda absalyut erimaydigan moddalar yo’qligi uchun (EK) ning qiymati xech kachon nolga teng bo’lmaydi. Bundan kelib chikadiki, nazariy jixatdan xech bir cho’kish mutlok To’la bo’lmaydi. Cho’ktirilayotgan ionlarning, cho’kmaning EK qiymatiga tugri keladigan qismi doimo eritmada koladi. Lekin sifat analizidagi kabi, bizni cho’kishning nazariy jixatdan emas. Balki amaliy jixatdan To’la bo’lishi kiziktiradi. Biz sifat analizida cho’ktirilayotgan biror ionning eritmada kolgan miqdori juda kam bo’lib. keyingi ishlarga xalakit bermasa, cho’kish amalda To’la bo’ldi deb ayta olar edik. Shunga o’xshash, tortma analizda cho’ktirilayotgan birikmaning eritmada kolgan miqdori tortish aniqligidan kam bo’lsa, ya‘ni 0,0002 g dan oshmasa, cho’kish amalda To’la bo’ldi deb xisoblanadi. Ravshanki. Biror ionning amalda To’la cho’kishi uchun cho’ktiruvchini yetarli miqdorda olish kerak.
Tortma analiz usullari bilan aniqlanayotgan ionning amalda To’la cho’kishini ta‘minlash uchun, odatda cho’ktiruvchini ortikcha miqdorda qo’shish zarur. Ammo uni juda ortikcha qo’shish zararlidir, chunki bu vaqtda cho’kmaning eruvchanligi fakat kamayibgina kolmay, balki aksincha, kompleks birikma va nordon to’zlarning xosil bo’lishi yoki cho’kmani amfoterligi natijasida ortib ketishi mumkin. Cho’ktiruvchini kup qo’shishning yana bir zararli tomoni bor. Eritmada ishtirok etuvchi xar xil kuchli elektrolitlar, odatda o’zi tegib turgan cho’kmalarni eruvchanligini oshirib yuboradi. Masalan I.V. Tananaev va I.B. Mizetskayaning tekshirishlariga kura, KNO3, NaNO3 va shunga o’xshash to’zlar ishtirokida PbSO4 ning eruvchanligi ortadi, bundan tashqari shunga o’xshash tuzlarning eritmadagi umumiy kontsentratsiyasi kanchalik yuqori bo’lsa PbSO4 ning eruvchanligi shunchalik ko’p ortadi. Ana shu xodisa to’z effekti deb yuritiladi. Sifat analizi kursidan ma‘lumki, eruvchanlik ko’paytmasining, fakat yuzaki karagandagina tuyingan eritmadagi ionlar kontsentratsiyalarining ko’paytmasi deb uylash mumkin. Haqikatda esa tuyingan eritmadagi bu ionlar ko’paytmasi emas, balki ular aktivliklarini ko’paytmasi doimiydir.
Ionning aktivligi (a) deganda, uning shunday effektiv, tajribada aniqlanadigan kontsentratsiyasini tushunmok kerakki, u kimyoviy, reaktsiyalarda ana shu kontsetratsiyalarga muvofik ta‘sir Ko’rsatadi. Masalan kuchli elektrolit bo’lgan va xozirgi zamondagi nazariyalarga kura suvli eritmalarda To’la dissotsilanadi deb karaladigan HCl ning 0,1 M eritmasida N+ va Cl- ionlarini haqikiy kontsentratsiyalari 0,1 g –ion / l ga teng . Lekin bu ionlar xar xil kimyoviy reaktsiyalarda xuddi ularning kontsentratsiyalari 0,0814 g- ion / l ga teng bo’lgandagidek ta‘sir etadi. Aktivlikni (a) belgilab, quyidagicha yozish mumkin.

aH+ = a Cl- =0,0814 g-ion/l.

A ktivlik (a) ning ionning haqikiy kontsentratsiyasi (s) ga nisbati
aktivlik koeffitsienti deb ataladi va fa bilan belgilanadi

0,0814
FH+ = fCl-=---------------=0,814


0,1

a
umumiy xolda f a =--------


c
bu tenglamadan ko’rindiki

a =fa · c…

Demak, ionning aktivligi uning kontsentratsiyasini tegishli aktivlik koeffitsenti ko’paytmasiga teng


Yüklə 44,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin