– BOB “Buxgalteriya hisobning registrlari va shaklari”
Xo’jalik faoliyati to’g’risida zarur bo’lgan ko’rsatkichlarni olish uchun hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar kerak bo’ladi. Buning uchun bu ma’lumotlar hujjatlarda iqtisodiy mazmunga qarab guruhlangan va ro’yxatga olingan bo’lishi kerak. Bunday ro’yxatga olish hujjatlarning saqlanishi ustidan nazorat qilish hamda ularda aks ettirilgan ma’lumotlarning yaqqolligini ta’minlovchi hisob registrlari yordamida amalga oshiriladi.
Hisob registrlari dastlabki axborot tashuvchilarda qayd etilgan mavjud mablag’lar va muomalalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatga olish va guruhlash uchun moslangan qog’oz varaqlaridan iborat.
Tashqi ko’rinishiga qarab hisob registrlari buxgalteriya kitoblari, kartochkalar va bo’sh varaqlar (vedomostlar)ga bo’linadi.
Buxgalteriya daftarlarida barcha betlar kitobcha ko’rinishida, raqamlangan va muqovalangan bo’lishi kerak. Daftarlardagi betlar yozuvlar boshlanmasdan oldin raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomonida bosh buxgalterining imzo yoki shunga huquqi bo’lgan shaxsning imzosi bilan quyidagi yozuv qilinadi: «Ushbu kitobda hammasi bo’lib bet (varaq) raqamlangan». Daftar juda katta bo’lib, unda hisobga olinadigan ob’ektlar soni ko’p bo’lgan taqdirda, sarlavha tuziladi, zarur bo’lgan hollarda esa - alifbo tartibida ob’ektlarning ro’yxati tuziladi. Ushbu ob’ekt bo’yicha yozuvlarni davom ettirish uchun daftarini yangi betini ochishda, sarvlavha tuziladi, zarur bo’lgan hollada esa - alifbo tartibida ob’ektlarning ro’yxati tuziladi. Ushbu ob’ekt bo’yicha yozuvlarni davom ettirish uchun daftarning yangi betini ochishda, sarlavhada ochilgan betning raqami haqida belgi qo’yib qo’yiladi. Agar shu betda o’sha o’tgan oyning yozuvlar qilinayotgan bo’lsa, unda ular o’tkazilgan yozuvlar deb nomlash bilan bog’lanadilar «O’tkazilgan» deganda tugallangan betda yozib qo’yilgan summalar yakuni tushiniladi. U shu betning oxirgi qatorida va yangitdan ochilgan betning birinchi qatorida yozib qo’yiladi. Bunda «... betda», «...betdan» degan belgi qilinadi.
Kartochkalar kartoteka deb nomlanadigan maxsus qutichada saqlanadi. Kartoteka, undan foydalanishni engillashtiradigan, qator kataklardan iborat bo’ladi.
Buxgalteriya hisobining har xil shakllarida har xil registrlardan foydalaniladi.
Hisobni PEHM yordamida yuritish sharoitida ko’proq darajada mashinaning xotiralarining tuzilmalari hisob registrlariga aylanadi. Lekin ularda qayd etilgan u yoki bu ma’lumotlarni ko’z bilan kuzatish maqsadida mashina qog’oziga bosiladigan mashinogrammalarni beradi.
Kartochkalarning tik turishini ta’minlash uchun tirkanish sifatida temir plastinkalaridan foydalaniladi. Kartochkalar shu kartochkalarning hajmiga qarab tayyorlangan kortonli (tsellofanli) varaqlar yordamida guruhlanadi (ajratiladi).
Kerak bo’lgan kartochkani tezlik bilan topish uchun kerakli shrift, alifbo harflarni yoki boshqa belgilarni indikatorlar, ya’ni kichkina metall plastinkalari xizmat qiladi. Ular bo’luvchi moslama yoki uning tepasidagi do’ng joyiga ilib qo’yiladi. Kartochkalar ochilayotganda, ularni maxsus reestrlarga yozib qo’yiladi va shu bilan ularning bir saqlanishi ta’minlanadi.
Kartotekada kartochkalar har xil guruhlanishda joylashtirilishi mumkin. Masalan, materiallarni omborda hisobga olish uchun ular materialarning turi (subschyotlar) bo’yicha guruhlanadi. Ularning ichida esa - nomlari, saralari va hajmi bo’yicha guruhlanadi. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob - kitoblarni hisobga olish kartotekasida ular, odatda, alifbo bo’yicha joylashtiriladi. Asosiy vositalarni hisobga olish kartochkalari oldin ularning joylashgan joyiga qarab, so’ngra turlari va nomlari bo’yicha tuziladi. Bo’sh varaqlar (vedomostlar) kartochkalardan o’zaro qattiq biriktirilmasligi bilan farq qiladi. Ular shuningdek shu bilan farq qiladiki, odatda yumshoqroq bo’lgan katta shakldagi qog’ozlardan tayyorlanib, alohida papkalarda yoki mustahkam qistirib qo’yilgan ro’yxatnoma joylarida saqlanadi. Bu esa ularga alohida varaqlarni qo’yib qo’yishni yoki undan olishni osonlashtirish uchun xizmat qiladi.
Hisobot yili tugagandan va balans tuzilgandan keyin daftarlar, kartochkalar va bo’sh qog’ozlar (vedomostlar) har bir schyot bo’yicha yakun chiqarish va qoldiq summasini yozib qo’yish yo’li bilan yopiladi.
Daftarlar, kartochkalar va registrlarda ayrim varaqlarning o’zaro biriktirilishining turli darajada bo’lish ulardan foydalanishning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, kartochkalar va bo’sh varaqlar har qanday darajada ham guruhlanishi mumkin, ularga qilinadigan yozuvlar maxsus hisoblash mashinalarida amalga oshirish mumkin, kartochkalarning mazkur massivlari alohida har xil bo’sh varaqlarga yozishda hisob bilan bog’liq bo’lgan mehnatni ajratib olish mumkin. Boshqa tomondan, kartotekadan yoki registordan har qanday varaqni bemalol olinishining imkoniyati ulardan ayrimlarining yo’qolishiga, bir kartochkaning (varaqning) boshqasiga almashtirib qo’yilishiga, undagi biror bir yozuvning o’zgartirib qo’yilishi va kabilar olib kelishi mumkin.
Daftarlarda, aksincha, ayrim varaqlar o’zaro mustaqil biriktirilgan bo’ladi. Bu esa har bir varaqning but saqlanishini ta’minlaydi va bir varaqning boshqasi bilan almashtirib qo’yishga yo’l qo’ymaydi va shu bilan amalga oshirilgan hisob yozuvlarini o’zgartirishga asoslangan
suiste’mollarning oldini olish imkonini beradi. Shu bilan bir vaqtda varaqlarning daftarlarda mustahkam biriktirilganligi zamonaviy hisoblash texnikasidan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, talab qilingan joylarda, ayrim varaqlarni turli tartibda guruhlash va hisobli ro’yxatga olish mashinalar yordamida amalga oshiriladi, daftarda hisobga olishdan foydalanib bo’lmaydi.
Hisobda u yoki bu registrlarning shaklidan - daftardan, kartochkadan yoki bo’sh varaqdan foydalanish u ularning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Hisob registrlari har xil tuzilishga ega bo’lib, ikki belgisi - mazmuning xajmi va yozuv xarakteriga qarab guruhlanadi.
Mazmuning xajmiga qarab sintetik va tahliliy registrlarga bo’linadi. Bunday bo’lishnish sintetik va tahliliy malumotlarning hisobda har xil vazifalarni bajarish bilan bog’liqdir. Sintetik va tahliliy hisob registrlari bir birovlaridan ulardagi ma’lumotlarning mukammallik darajasi hamda ko’rsatkichlarining guruhlanishi bilan farq qiladi. Sintetik registrlarning tuzilishi eng avvalo buxgalteriya hisobining shakliga bog’liq bo’ladi, ko’pgina tahliliy registrlarniki esa - ularda hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlariga bog’liq. Schyotlarning ko’pchilik qismi bo’yicha har xil korxonalarda tahliliy registrlarni tuzish uchun kartochkalarning bir turdagi namunaviy shaklidan foydalaniladi.
Tahliliy hisobda eng keng tarqalgan kartochkalarning shakllarini ko’rib chiqamiz.
Namunaviy kartochkalar odatdagi ikki tomonli schyotlardan farq qilib, yozuvlarni yaqqolroq tasvirlaydigan birtomonlama shaklda tuzilgan bo’ladi.
Ikki tomonlama shaklda debet va kredit schyotlarining chap va o’ng tomonlari joylashtirilgan bo’ladi. Har bir tomonida sana, yozuv raqami, matn va summa uchun mustaqil ustunlar ajratiladi.
Kartochkaning chap tomoni
200 y.
(schyotning nomi)
Dostları ilə paylaş: |