Muomalalar mazmuni.
Aniqlangan kamomad qiymatini hisobdan chiqarilishi;
Moddiy javobgar shaxslardan undirib olinadigan kamomadning balans qiymatidagi summaga;
Moddiy javobgar shaxsdan undirib olinadigan summa bilan kamomadning balans qiymati orasidagi farq summaga;
Kamomad summasining undirib olinishi;
Moddiy javobgar shaxsdan undirilgan summa bilan qiymatliklarning balans bahosi o’rtasidagi farq summasini daromadga o’tkazilishi.
Tabiiy yo’qolish me’yorlari chegarasidagi yoki undan yuqori bo’lgan kamomadlar, aybdor shaxslar bo’lmaganda, tabiiy talofat hisoblanib, paydo bo’lgan joyiga qarab, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yoki davr xarajatlarini oshirish kerak. Ko’pincha ular qiymatliklarni haqiqiy xarakatlari bilan shu harakatni hujjatli rasmiylashritish o’rtasidagi nomuvofiqlikni aks ettiradi. Masalan, ishlab chiqarish zahiralarining kamomadi ularni ishlab chiqarishga berilishini hujjatlar
Shu bilan ushbi qiymatliklarning qoldig’ini yo’qlama natijasida aniqlangan ularning haqiqiy miqdorlari bilan muvofiqlikka olib kelish ta’minlanadi. Ortiqcha chiqishlar, odatda, materiallarning haqiqiy harakatini hujjatlar bilan noto’g’ri rasmmiylashtirish natijasida yuzaga keladi va shuning uchun bunday yozuv zarurdir.
Haqiqatda ham, ishlab chiqarish zahiralarining ortiqcha chiqishi - ularning haqiqatda qilingan sarflariga qaraganda ko’proq miqdorda hisobdan chiqarilganligi, tayyor mahsulotning ortiqcha chiqishi esa, aksincha, ularning kelishini kamroq miqdorda yozilishi natijasidir.
Kamomadlarni hisobdan chiqarish va ortiqcha chiqishlarni kirimga olish tegishli tovar - moddiy boyliklarning ham sintetik ham tahliliy hisobida aks ettiriladi. Bu ularning buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlarning yo’qlama o’tkazish yo’li bilan aniqlangan haqiqiy mavjudligiga muvofiqligini ta’minlaydi.
Amaldagi Nizomda shuningdek da’vo muddati o’tib ketgan qarzlarni qoplash va hisobdan chiqarish tartibi ham belgilab qo’yilgan. Da’vo qilish muddati o’tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlar daromadga o’tkazilishi va shu summalardan soliq to’lanishi kerak.
Da’vo qilish muddati o’tib ketgan kreditor va deponent qarzlar hisobidan chiqarilganda 6720 «Deponentlangan mehnat haqi» va 6990 «Boshqa majburiyatlar» schetlari debetlanib 9360