Toshkent – 2003
Kt 5010 “Milliry valyutadagi pul mablag’lari ” 75000 Konsolidallashgan balans tuzish uchun ish jadvali: Konsolidallashgan balansni tayyorlashda qizaloq kompaniyaga qo’yilgan investitsiya hisobga olinmaydi. Bu muomala “Tuzatish yozuvlari” degan katakda ko’rsatilgan. Tuzatish yozuvlari konsolidallashgan balans tuzishda aktivlar va aktsioner kapitali summasini ko’rsatishda ikkilamchi hisobni bartaraf qiladi. Konsolidallashgan balansda aktsioner kapitali ona firmasining aktsioner kapitaliga teng. Qizaloq kompaniyaga qo’yilgan investitsiyalarni tushirib qoldirib qizaloq firmaning aktsioner kapitali hajmiga tuzatish kiritilgandan so’ng konsolidallashgan balans quyidagicha bo’ladi. Konsolidallashgan balans
Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin. Koxonaning mutloq to’lov qobiliyati Balans ma’lumotlariga asosan korxonananng to’lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi. Pul mablag’lari = Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari Bu ko’rsatkich 0.2 yoki 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Shu yil bilan hisoblab chiqilgan koeffitsient korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko’rsatadi. Balans ma’lumotlari bo’yicha korxonaning sof aylanma mablag’lari yoki kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi. Qisqa muddatli majburiyatlar Aylanma aktivlar Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = _ Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini to’lagandan so’ng uning potentsial rivojlanish qobiliyatini ta’riflaydi. Sof aylanma mablag’lar yoki kapitalining koeffitsienti quyidagicha topiladi:
Bu koeffitsient bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab chiqarishga sarflanmagan material zahiralari to’g’ri kelishini ta’riflaydi. Bunday ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi. Balans ma’lumotlaridan foydalaniladigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona kapitalining strukturaviy ko’rsatkichlari (yoki to’lov qobiliyati, moliyaviy barqarorligi) muhim ahamiyatga ega. Kapitalning strukturaviy ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar qo’ygan investorlar va kreditorlarning mafaatlarini himoya qilish darajasini ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash qobiliyatini aks ettiradi. Mulk koefitsienti (yoki xususiy kapitalni kontsentratsiyalash koeffitsienti quyidagicha topiladi:
Bu koeffitsient bir yillikka teng yoki unlan ortiq bo’lishi mumkin. U korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’larni umumiy summasidagi ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi va tashqi kreditorlarga qaram bo’lmaydi. Korxonaning moliyaviy qarashli (Kmq) koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Ushbu koeffitsient 0,5 dan kam bo’lishi, lekin 1 dan oshmasligi kerak. Bu korxonaning tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi va uning o’sish dinamikasini korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi. Moliyaviy hisobotning 2 - shakli «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» tuzish tartibi, uning oldiga qo’yiladigan talablar 12 - bobning 8 - paragrafida batafsil keltirilgan. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 3 - Milliy buxgalteriya hisobi standartsi «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ga binoan joriy buxgalteriya ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Quyida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning shakli keltiriladi. Korxona Tarmoq Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot.
Hisobotning 010 - qator 90 «Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining tegishli (9010 - 9030) subschyotlaridan olinadi. Bu schyotlarning summasidan 9050 - «Sotilgan tovarlarning qaytarilishi va chegirmalar» schyotining summasi chiqarib tashlanadi. 020 - qator summasi 9110 - «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyotining tegishli subschetlari (9110 - 9130) dan olinadi. 030 - qator summasini topish uchun 010 - qator summasidan 020 - qator summasini ayirib tashlash kerak. «Davr xarajatlar, hajmi» moddasida (satr 040) 050, 060, 070, 080, qatorlarning umumiy summasi yoziladi. «Sotish bo’yicha xarajatlar» moddasi bo’yicha (050 qator) sotish bo’yicha xarajatlar aks ettirilib, ular 9410 «Sotish bo’yicha xarajatlar» schyotidan olinadi. «Ma’muriy xarajatlar» moddasi bo’yicha (060 qator) ma’lumotlari 9420 «Ma’muriy xarajatlar» schyotiga olinadi. «Boshqa operatsion xarajatlar» moddasi bo’yicha (070 qator) ma’lumotlar 9430 «Boshqa ma’muriy xarajatlar» schyotiga olinadi. «Kelgusi soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» moddasi bo’yicha (080 qator) ma’lumotlar 9440 «Kelgusi soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» schyotiga olinadi. «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» moddasi bo’yicha (090 qator) ma’lumotlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotlariga olinadi. «Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha (100 qator) ma’lumotlar 030 - qator summasidan 040 - qator summasini ayirib tashlash 090 - qator summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, jami» moddasi bo’yicha (110 qator) ma’lumotlar 120, 130, 140, 150, 160 - qatorlar summalarini qo’shish yo’li bilan topiladi. «Divident shaklidagi daromadlar» moddasi bo’yicha (120 qator) ma’lumotlar 9520 «Dividentlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotidan olinadi. «Foizlar shaklidagi daromadlar» moddasi bo’yicha (130 qator) ma’lumotlari 9530 «Foizlar shaklidagi daromadlar» schyotidan olinadi. «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar» moddasi bo’yicha (140 qator) ma’lumotlari 9550 «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar» schyotidan olinadi. «Valyuta kursi farqidan daromadlar» moddasi bo’yicha (150 qator) ma’lumotlari 9540 «Valyutalar kurslari farqlaridan daromadlar» schyotidan olinadi. «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» moddasi bo’yicha (160 qator) ma’lumotlari 9510 «Royatli ko’rinishidagi daromadlar», 9560 «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar», 9590 «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotlaridan olinadi. «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» moddasi bo’yicha (170 qator) ma’lumotlari 180, 190, 200, 210 qatorlarning jami aks ettiriladi. «Foizlar shaklidagi xarajatlar» moddasi bo’yicha (180 qator) ma’lumotlari 9610 «Foizlar shaklidagi xarajatlar» schyotidan olinadi. «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)» moddasi bo’yicha (190 qator) ma’lumotlar 9610 «Foizlar shaklidagi xarajatlar» schyotidan olinadi. «Valyuta kursi farqidan zararlar» moddasi bo’yicha (200 qator) ma’lumotlar 9630 «Valyuta kursi farqidan zararlar» schyotiga olinadi. «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» moddasi bo’yicha (210 qator) ma’lumotlari 9630 «Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar», 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» schyotlaridan olinadi. «Umumxo’jalik faoliyatining foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha (220 qator) 100 qator summasiga 110 qator summasini qo’shib 170 qator summasini tashlangandan hosil bo’lgan summa yoziladi. «Favqulotdagi foyda va zararlar» moddasi bo’yicha (230 qator) daromadi bo’yicha ma’lumotlar 9710 «Favqulotda zararlar» schyotidan olinadi. «Daromad (foyda) solig’i to’laguncha qadar foyda (zarar)» moddasining (240 qator) ma’lumotlari 220 qator summasiga 230 qator summasini (foyda bo’lsa) qo’shib, (zarar bo’lsa) chegirib tashlash yo’li bilan topiladi. «Daromad (foyda) solig’i» moddasi bo’yicha (250 qator) ma’lumotlar 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» schyotidan olinadi. «Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar» moddasi bo’yicha (260 qator) korxona tomonidan yil boshidan foyda hisobidan hisoblanib to’langan soliq va yig’imlar summasi aks ettriladi. «Hisobot davrining sof foyda (zarari)» moddasi bo’yicha (270 qator) ma’lumotlar 240 qator summasidan 250 va 260 qatorlar summalarini ayirish yo’li bilan topiladi. Moliyaviy hisobdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonanaing asosiy vositalarining tarkibi, ularni ish holati umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy vositalar tarkibi to’g’risidagi hisobot»da aks ettiriladi. Quyida bu hisobotning shaklini keltiramiz. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot
Rahbar Bosh buxgalter Asosiy vositalarning xarakati to’g’risidagi hisobot jadvali mazmunidan ko’rinib turibdiki, unda asosiy vositalar va ularning eskirishi belgilangan tasnifi asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi: yil boshiga qoldig’i; hisobot davrida asosiy vositalarining kirimi; hisobot davrida hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig’i. Hisobotning 3 va 6 – xonalarida korxona balansida hisobga olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi. - xonada hisobot davrida, qo’shimcha baholash qiymati ham qo’shilgan holda quyidagi manbalardan korxona tasarrufiga o’tgan asosiy vositalar aks ettiriladi: pulga sotib olish yoki yangidan qurish; aylanma mablag’lardan asosiy vositaga o’tkazilishi; boshqa korxona va tashkiltlardan bepul olinishi; inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy vositalari kirimi; lizing muomalalari bo’yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar. - xonada qaytadan baholash natijasida narxini pasaytirish ham qo’shilgan holda quyidagi sabablarga ko’ra xo’jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan chiqarilgan ob’ektlar qiymati aks ettiriladi: pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha asosiy ositalar; asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag’larga o’tkazilgan ob’ektlar; boshqa korxona va tashkilotga bepul berligan ob’ektlar; eskirishi natijasija ob’ektlarning hisobdan chiqarilishi; tabiiy ofatlar, avariya natijasida va boshqa sabablarga ko’ra ob’ektlarning hisobdan chiqarilishi. va 10 - xonalarda asosiy vositalarning turlari bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga yig’ilgan amortizatsiya (eskirish) summasi aks ettiriladi. - xonada asosiy vositalarni qo’shimcha baholash natijasida qo’shimcha hisoblangan amortizatsiya summasi ham qo’shilgan holda, hisobot davrida barcha asosiy vositalari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi aks ettiriladi. - xonada tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’llar bilan xo’jalik tasarrufidan chiqib ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi. - xonada asosiy vositalarning yil boshiga qolgan sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. Bu summa 3 - xona bilan 7 - xonalari summalari farqidan iborat. - xonada asosiy vositalarning hiobot davri oxiriga qolgan sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. Bu summa 6 - xona bilan 10 - xona summalari farqidan iborat. Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yo’nalishidagilarning harakati alohida ajratib ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jalik mahsulotlarinii va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati sohasiga tegishli vositalar kiradi. Noishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal xo’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif, madaniyat va shunga o’xshaganlarda foydalaniladigan vositalar kiradi. «Ma’lumot uchun» degan bo’limning 150 – 154 qatorlarida asosiy vositalar qaysi manbalar hisobidan sotib olnganligi (kirimi) aks ettiriladi. Pul oqimi to’g’risida hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag’lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag’lari o’zgarishini ko’rsatadi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi: korxonaning pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish qobiliyatini, shuningdek shunga o’xshagan pul mablag’laridan foydalanishda korxona ehtiyojini baholash; korxonaning sof aktividagi o’zgarishlarni, uning (uning to’lov qobiliyati ham qo’shilgan holda) moliyaviy strukturasini va uning o’zgaruvchan vaziyat va imkoniyatlariga moslashish maqsadida pul oqimlarining summalari va o’z vaqtida tushishiga tas’ir etish qobiliyatini baholash; turli korxonalarning operatsion faoliyati to’g’risidagi hisobotni taqqoslash. Chunki bu xo’jalik faoliyatining bir xil muoamala va voqealari uchun buxgalteriya hisobining turli usullaridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etadi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotda hisobot davri ichida pul mablag’lari oqimi quyidagi faoliyatlar bo’yicha tasniflanadi: operatsion faoliyati; investitsion faoliyati; moliyaviy faoliyati. Operatsion faoliyatdan olinadigan pul mablag’lari hajmi korxona faoliyati samarasining hal etuvchi ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Chunki u tashqi moliyalash manbalarisiz qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash, devidentlar to’lash va yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Operatsion faoliyatidan bo’lgan pul mablag’lari harakati birinchi navbatda daromad olish bo’yicha asosiy faoliyat natijasi bo’lib hisoblanadi. Investitsion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlar va boshqa va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni berish va olish. Bularga bino, asbob - uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni sotish va sotib olish, aktsiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan tushum va boshqa korxonalarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish, fchers, forvard, optsion va svop - kontraktlar bo’yicha tushumlar va ular bo’yicha to’lovlar kiradi. Fyuchers kontrakt (muddatli kontrakt) – bu ma’lum miqdorda moliyaviy instrumentlarni yoki belgilangan miqdordagi tovarni erkin savdo birjasida kelishilgan narxda oldi - sotdi to’g’risidagi shartnoma. Forvard kontrakti – bu tovar yoki moliyaviy instrumentlarni kelajakda jo’natish va hisob - kitob qilish bo’yicha oldi – sotdi to’g’risidagi bitim. Optsion kontrakt (mukoffotli bitim) – bu ma’lum miqdordagi moliyaviy instrumentlar yoki tovarlarni kelishilgan muddat ichida belgilangan miqdorda mukofot to’lash evaziga qayd etilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi. Moliyaviy faoliyat – bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning xususiy kapitali va qarzlari hajmi va strukturasi (tuzulishi) da o’zgarish hosil bo’ladi. Quyidagi pul mablag’larining harakati bunga misol bo’la odadi:
Quyida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997 yil 15 – yanvaridagi 5 – son buyrug’i bilan tasdiqlangan pul oqimi to’g’risidagi hisoboti shaklini keltiramiz. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
Yüklə 3,49 Mb. Dostları ilə paylaş: |