– BOB “Moliyaviy hisob”
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo’jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo’li bilan erishiladi.
Demak, hisobot xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularni tashkil bo’lish manbaalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, «Nou - Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini o’sish va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va borozda barqarorligini ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Hisobot ma’lumotlari bo’yicha rahbar mulkdorlar va ta’sislchilar va boshqa boshqaruv va nazorat tizimi (banklar, moliyaviy organlar) yuqori va hukumat rasmiy va boshqaruv orgnalari oldida hisobot beradi.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi:
ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo’yicha vakolatli organlar, ta’sischilar);
davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa);
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan:
Barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-dekabrgacha bo’lgan davr hisoblanadi.
Yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqga ega bo’lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo’linmalari asosida tashkil etilganlardan tashqari korxonlara uchun ularning
yuridik huquqga ega bo’lgan sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili davri hisoblashga ro’xsat beriladi.
Korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshirishdilar.
Hisobot rahbar, bosh buxgalter, bashorati korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma asosida ihtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Shuni ham eslatib o’tish kerakki, korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo’lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan taritbda ko’rib chiqildai va tasdiqlanadi. O’zbekiston Respubilkasining
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun (16 - modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:
- «Korxona balansi»;
- «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»;
- «Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot»;
- «Pul oqimi to’g’risida hisobot»;
- «Xususiy kapital to’g’risida hisobot».
Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob - kitoblar va tushintirishlar ilova qilinadi. Balans chorak va yillik hisobot tarkidiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo’lib,
foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot beradi. Chunki mumkin qiymati jami ko’rsatkigga quyidagi moddlar bo’yicha eskirishni chiqarib tashlab ko’rsatiladi.
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida tasdiqlanmagan foyda hajmigina qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Sho’’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi.
Sho’’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakillilari va boshqa strukturaviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsining konsollidatsiyalashgan hisobotiga albatta qo’shiladi.
Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti andozasiga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, iboralar va byudjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Moliyaviy hisobot yil boshidan yig’ilib boruvchi jami bilan har chorakdan tekshiriladi. Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini yuqori organa O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradi.
Ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliyaviy hisobot topshirish bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar. Birjalar, investorlar, kreditlorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aktsioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan so’ng yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta nashr etishlari kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi.
Korxonani tugatish bo’yicha muammolaning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobatini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shiladi.
Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqitaga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to’lik aks ettirilishi kerak:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va sub’ektni aniqlab olish uchun zarur bo’ladigan boshqa rekvizitlar;
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va sub’ektni aniqlab olish uchun zarur bo’ladigan boshqa rekvizitlar;
Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o’z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot ahborotlarini to’g’ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;
Moliyaviy hisobotda qo’llanilgan valyuta turi;
Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo’lib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha bo’lgan kalendar yil hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi . Qonunnig 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 - oktyabrdan qat’iy ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 - dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo’lib hisobot davrining oxirgi kuni hisoblanadi. Chunonchi, sub’ektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi bo’lib 31 - dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to’g’risidagi yilik hisobot uchun hisobot davri bo’lib 1 - yanvardan 31 - dekabrgacha hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshirladi:
Sub’ekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilgan organlarga, ta’sischilarga, qatnashuvchilarga binoan);
Davlat statistika organlariga;
Qonunchilika binoan boshqa organlarga.
Xo’jalik yurituchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 - fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Ayrim Vazirliklar idoralar va boshqa boshqaruv organlari uchun O’zbekiston Respublikasi hisobot topshirishni boshqa muddatlarini belgilash mumkin.
Bir shaharda joylashgan sub’ektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan sub’ektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo’natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo’ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo’natgan sana dam olish kuniga to’g’ri kelsa, hisobot topshirish sanasi dam olsh kundan keyingi kunga ko’chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlarini ishlarni bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi quyida yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va korrespondentlanuvchi schetlar o’zaro muqobil tekshiriladi.
Jurnal order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini xotimalash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha:
rasshifrovka - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va vedomostlarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal - orderlarda tegishli belgilar qo’yladi;
5010 – schetining debeti bo’yicha jamilari 3, 10/1, 13 – jurnal orderlarga o’tkaziladi;
7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa vedomostlarning analitik hisob jamlari hisoblanib chiqiladi. Shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi;
jurnal - orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jurnal - orderlarda schetlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlanib chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, korrespondentlanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schetlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1 – jurnal
- orderdagi 5010 – schyotining jami 2 - vedomostdagi 5010 - schet jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslib tekshirish barchcha jurnal - orderlar bo’yicha bajarildai.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schet bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1 - sanasiga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib yoziladi.
Jurnal - order ma’lumotlarini Bosh daftarga yozish misolini keltiramiz (ikkita sintetik schetlarga yozish ma’lumotlari keltirilgan). Jurnal - orderlar ma’lumotlari bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal - orderlarda quyidagi izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi.
6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar»
Oy
|
Debeti bo’yicha oboroti quyidagi
schyotlarning kreditidan
|
Jami
|
Saldo
|
5110
|
5510
|
4310
|
Va
x.k.
|
Debeti
bo’yicha
|
Kredit
bo’chicha
|
Debet
|
Kredit
|
Yanvar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fevral
|
|
|
|
|
|
|
|
|
va h.k
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Noyabr
|
|
|
|
|
|
|
|
45400,00
|
Dekabr
|
362.302,40
|
15896
|
1000
|
|
379198,40
|
433629,00
|
|
99830-60
|
2610- «Ishlab chiqarishdagi brak»
Oy
|
Debeti bo’yicha oboroti quyidagi schyotlarning
kreditidan (10-j/o)
|
Jami
|
Saldo
|
1010
|
6710
|
6520
|
8910
|
2010
|
2510
|
Debet
bo’yicha
|
Kredit
bo’yicha
|
Debet
|
Kredit
|
Yanvar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fevral
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
va h.k
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Noyabr
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dekabr
|
60
|
200
|
28
|
12
|
272
|
142
|
714
|
714
|
|
|
Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshirildai, jurnal - order shaklining registlari ma’lumotlari bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.
Moliyaviy hisobot tizimida balans markaziy o’rin egalaydi. Yilik hisobot tartibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqar operatsiyalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosobotlariga reyting mazmuni ichki va tashqi foydalanuvchilar (aktsioner, ta’sischi, sarmoya yuboruvchi kreditorlar, banklar va boshqalar) va undan foydalanish imkoniyatini beradi. Ichki va tashqi qizuquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarning hajmi, bank ssudalari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil etish xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish rezervlarini qidirib topishi, korxona tasarrufidagi qoladigan sof fayda hisobidan to’lanadigan jarimalar, burdsizliklar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.
Yillik hisobotga tushuntirish xati, korxona rahbarining faoliyatining yo’nalishi to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxi pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy – konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Tushuntirish xatining mazmuni ishlab chiqarishini tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan beliglanadi.
Quyida hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan balans shaklini keltiramiz.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 – fevraldagi 31 – sonli buyrug’iga 1 – sonli ilovasida keltirilgan balansning shakli mazkur darslikning balans to’g’risidagi bobida keltirilgan.
Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar tuzishning asosiy maqsadi ona va qizaloq kompaniyalar faoliyatini yagona xo’jalik tashkilotidek qilib ko’rsatishdir. Konsolidallashgan hisoblar tuzish va ham qizaloq xo’jalik jamiyatlariga qo’yilgan ivestitsiyalar hisobi 8 - BHMS bilan tartibga solinadi.
Konsolidallashgan balansda ona va uning barcha qizaloq korxonalarining moddiy zahiralari birga qo’shib ko’rsatiladi.
Konsolidallashgan balansni tayyorlashda ona va qizaloq kompaniyalarning hisobotlaridan tegishli moddalar birlashtiriladi. Ona va qizaloq kompaniyalar orasida sodir bo’lgan muomalalar natijasi saldolanadi.
Masalan, bir kompaniya ikkinchi kompaniyadan bo’lgan qarzini qaytarilishi yoki ular orasidagi oldi - sotdi muomalari. Hisobot tuzishda ona korxona bilan qizaloq korxona orasidagi bunday muomalalar schyotlarning umumiy jamida aks ettirilmaydi, chunki oldi - sotdi muomalalari, qarzni to’lash va uni olish kompaniya ichidagi pul mablag’larini ko’paytirib yuboradi.
Ikkilamchi hisoblash yo’qotish maqsadida bir qancha muomalalar bo’yicha bartaraf qilish, yoki tuzatish usulidan foydalaniladi. Tuzatish usulida faqat hisobotni tayyorlash jarayonida foydalaniladiva ona ham qizaloq firmalarining buxgalteriya registrlarida aks ettirilmaydi. Hech qanday konsolidallashgan hisob registri yuritilmaydi.
Guruhlar ichidagi saldo va guruhlar ichidagi muomalalar to’liq bartaraf qilinishi kerak.
Basharti konsolidallashda foydalanilayotgan moliyaviy hisobotlar turli hisobot sanasiga tuzilgan bo’lsa, bosh korxona tuzgan moliyaviy hisobot sanasi bilan qizaloq korxonalar tomonidan tuzilgan hisobot sanasi orasida sodir bo’lgan xo’jalik muomalalari natijalariga tuzatish kiritish zarur. Lekin barcha hollarda ham moliyaviy hisobotlar tuzilgan sanalari orasidagi muddatning farqi uch oydan oshmasligi kerak.
Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlarni yagona hisob siyosatidan fodalanilgan asosda tuzilishi kerak.
Basharti konsolidallashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishda yagona hisob siyosatidan foydalanish imkoniyati bo’lmasa, bu hol bo’yicha boshqa hisob siyosati qo’llanilgan konsolidallashgan hisobatlar qismi bilan tushintirish beriladi.
Lekin ayrim hollarda, agar ona va qizaloq firmalarining faoliyatlari mutloq boshqacha, bo’lsa konsolidallashgan hisobot tuzilmaydi. Masalan, savdo kompaniyasi bankining aktsiyasini hattoki 60 % dan ko’prog’i ega bo’lsa ham, o’zining hisobotini bank bilan birlashtirilmaydi.
Odattda bankrot holatida turgan qizaloq kompaniyalarning hisobotlari konsolidallashgan hisobotlar tarkibidan qo’shilmaydi.
Konsolidallashgan balans tuzish uchun ona va qizaloq firmalar balanslarini ko’rib chiqamiz.
Balans moddalari
|
Ona kompaniya
|
Qizaloq kompaniya
|
Kassa
|
100 000
|
25 000
|
Boshqa aktivlar
|
760 000
|
60 000
|
Aktivlar jami:
|
860 000
|
85 000
|
Kreditorlar
|
60 000
|
10 000
|
Oddiy aktsiyalar
|
600 000
|
55 000
|
Reinvestitsiya qilingan foyda
|
200 000
|
200 000
|
Passivlar jami:
|
860 000
|
85 000
|
Faraz qilaylik ona kompaniya qizaloq kompaniyani 100 foiz aktsiyasini balans qiymatida naqd pulga sotib oldi. Qizaloq kompaniyaning balans qiymati 75000 (85000 - 10000). Ona kompaniyaning buxgalteriya hisobida bu muomala quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Dt 0610 “Qimmatli qog’ozlar” 75000
Dostları ilə paylaş: |