Toshkent – 2003


Bosh daftar bo’yicha oy boshiga soldo 312500



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə60/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Bosh daftar bo’yicha oy boshiga soldo 312500 so’m

Qator ¹

Yozib berish sanasi

Schyotlarning kreditida

Jami

Sotil-di

Kassa

Har xil debitor va kredi- torlar
b-n h/k-lar

Bankning qisqa muddatli
kredit-lari

Foyda va za- rarlar

Boshqa- lar

1

06

6800

2400

-

5000

-




14250

2

10

48500

4210

1500

-

-




24210

3

15

21000

-

-

-

1650




11650

Aralash registorlardan foydalanish xronologik va tizimli ma’lumotlarni yoki sintetik va tahliliy hisob ko’rsatkichlarini birgalikda bir ish amalida olish mikonini beradi va shu bilan birga hisobli ro’yxatga olish ishlarining hajmini qisqartirib, uni ancha yaqqollashtiradi. Uning afzalliklari ayni shundadir.



Xo’jalik muomalalarini hisob registrlarida aks ettirish ma’lum tartibda, rasmiylashtirilgan va ishlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak.


Hujjatli muomalalarni hisob registrlariga yozish muomalalarni tarqatish deb nomlanadi.
Muomalalarni tarqatish hujjatlarini kontirovkalash (belgilab qo’yish) asosida amalga oshiriladi. Ko’pincha muomalalar oldin qisqa va kuzatish uchun qulay bo’lgan shakldagi sintetik hisob registrlarida aks ettiriladi. Ularning har bir yozuv mazkur yozuvning faqat navbatdagi raqami va summasini ko’rsatadi. Keyin muomalalar tahliliy hisob registrlariga tarqatiladi. Lekin hozirgi vaqtda amaliyotda boshqacha tartib keng tarqalgan: oldin yozuvlar sintetik va tahliliy hisobning aralash registrlariga qilinib, keyin esa hisob davrining oxirida bir oydagi umumiy yakunlar sintetik hisobning tizimli registrga - Bosh kitobga - yozib qo’yiladi. Tahlili hisob registriga yozuvlar sintetik registrlardagiga qaraganda mukammalroq qilinadi. Ularda odatda yozuvlar sanasi va raqami, muomalalarning qisqacha mazmuni (yoki yozuvga asos bo’lgan hujjatga ilova), pul ifodasidagi summa (moddiy boyliklar bo’yicha esa natura ko’rinishidagi soni ham) ko’rsatiladi. Tahliliy hisobdagi bunday mukammal yozuvlar mazkur muomalaning mazmunini chuqurroq o’rganish kerak bo’lganda har gal hujjaatga murojat qilmaslik uchun zarurdir.
Muomalalarni hisob registrlariga tarqatish paytida albatta hujjatlarga yoki ushbu summa yozilgan registrning tegishli betini yozib qo’yish yo’li bilan belgi qo’yilishi kerak. Bunday belgilarni qo’yib qo’yish muomalalarini tarqatishning to’g’riligini keyinchalik tekshirish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Hisob registrlaridagi yozuvlar qo’l bilan yoki kompyuter yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Qo’l bilan yozuvlar muomalalarini qo’l bilan siyohda yoki yozuv mashinasida qayd qilishdan iborat. Nusxalar olish kerak bo’lganda, kimyoviy qalam bilan ham yozish ruxsat etiladi. Qo’l bilan yozuvlar hisob mashinalarda foydalanish mumkin bo’lmagan yoki masalaga muvofiq bo’lmagan paytlarda qo’llaniladi.
Mashinali yozuvlar hisob registrlarini mashinogrammalar ko’rinishida, ya’ni aks ettirilayotgan muomalalarning so’z bilan va raqamli tavsifi ko’rinishida beradigan elektron mashinalarda amalga oshiriladi.
Hisob registrlari aniq va o’z vaqtida yuritilib, u joriy va yakuniy ma’lumotlarni belgilangan muddatda olinishiga rioya qilgan holda mabalag’lar va mehnatni eng kam sarf qilgan holda tashkil etilishi kerak.
Hisob registrlarini qisqartirish va soddalashtirish ko’p yillar mobaynida bir qancha yo’nalishlar bo’yicha olib borilgan. Ulardan biri yuqorida ta’riflangan muomalalarning sintetik va tahliliy yozuvlarini xo’jalik bitta umumiy registrida birgalikda olib borishdir.
Ko’pchilik registrlarda chiziqli (lineynaya) yozuv deb nomlangan usul keng tarqalgan.
Uning mohiyati shundan iboratki, schyotning krediti bo’yicha aks ettiriladigan summa debetidagi unga to’g’ri keladigan qatorda aks ettiriladi. Chiziqli yozuvdan foydalanish ayniqsa debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning o’z vaqtida to’lanishi ustidan kuzatishni ta’minlaydigan turli - tuman hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda qulaydir. Chiziqli yozuv texnikasini yuqorida keltirilgan maxsus ishlab chiqarish va sotish vedomostiga qarab tushunib olish mumkin.
Hisobli ro’yxatga olishda qisman summalarni jamg’aruvchi vedomostlarda oldindan jamg’arish hamda guruhlovchi vedomostlarda bir vaqtning o’zida (odatda oyning oxirida) qilinadigan hujjatli ma’lumotlarni guruhlash yo’li bilan yozuvlarni hisob registriga tayyorlash katta ahamiyatga egadir. Guruhlovchi vedomostlar, jamg’aruvchi vedomostlarga o’xshagan.
Sintetik hisobda yozuvlar sonini qisqartirishga har bir xo’jalik muomalasini aks ettirish bilan emas, balki tegishli vedomostlarda hisoblab chiqilgan bir turdagi korrespondentsiyaga ega bo’lgan barcha muomalalar bo’yicha umumiy yakunini yozish yo’li bilan erishiladi.
Hisobdagi ro’yxatga olishning ilg’or usullari shaxmatli yozuv tamoyili deb nomlanadigan yozuvga asoslanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, xo’jalik muomalalarini summasi faqat bir marta yoziladi va bir vaqtning o’zida tegishli schyotlarning debeti va kreditida aks ettiriladi.
Shaxmat yozuvining tartibi yuqorida ko’rib chiqilgan shaxmatli aylanma vedomostini to’ldirish usulidan tushinib olish mumkin. Hisob registrlarida shaxmatli tamoyildan foydalanish faqat buxgalteriya yozuvlarini qisqartirib qolmasdan, mazkur muomala bo’yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlarni ko’rish imkonini ham beradi. Shaxmatli tamoyilga asoslangan registrga misol tariqasida Bosh daftarni keltirish mumkin.
Hisobni soddalashtirishda shuningdek miqdorlarni qisqartirish (yaxlitlash) ham muayyan ahamiyatga egadir. Amortizatsiya, arzon buyum hosil bo’lgan miqdorlarni yaxlitlash, hisoblangan sonlarni butun sonlarda ifodalash bilan cheklansa bo’ladi.
Xullas, hisobdagi ro’yxatga olishni yaxshilash va uning mehnat sig’imini kamaytirishda mashinali yozuvlardan foydalanish alohida ahamiyatga egadir.

Tarixiy rivojlanish jarayonida buxgalteriya hisobi asta - sekin o’zgarib va rivojlanib borgan. Jamiyat rivojlanishining har bir yangi bosqichida hisob registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning turlicha navbatlanishi va usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalaridan u yoki bu usullarda foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro’yxatga olish tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining turli shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi.


Shundan kelib chiqib, buxgalteriya hisobining shakli deganda hisob registrlarining har xil shakllari, hisob ma’lumotlarini ishlash texnikasi va hisob yozuvlarini amalga oshirish usullarini birgalikda olib borish tartibini tushunish lozim. Registrlarning tashqi ko’rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi, sintetik va tahliliy registrlarning o’zaro bog’lanishi, dastlabki hisob axborotini olishda va ishlashda, uning hisob registrlariga yozishda qo’llaniladigan texnika - mana shularning barchasi buxgalteriya hisobining ayrim shakllarining xususiyatlarini belgilab beradi.
Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishidan boshlab o’tgan davr ichida uning shakllarida juda muhim o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dastlabki rivojlanish bosqichida hisob korxonaning o’z egasi tomonidan mulklarning but saqlanishini ta’minlash va olingan daromadning miqdorini kuzatish va nazorat qilish maqsadida yuritilgan. Faqat kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan hisob - «kitob yuritish» - «beistisno topshiriladigan alohida agentlarning mustaqil funktsiyasiga» ajratiladi. Shu davrda buxgalteriya hisobining XV asrdagi adabiyotida birinchi marta yozilgan boshlang’ich shakllari yuzaga keladi.
O’sha vaqtda registrlar daftarlardan iborat edi, muomalalar mulkdorning tilidan yoki uning estalik daftari bilan xronologik registr - Jurnalga yozilib, so’ngra sintetik registr – bosh daftarga tarqatilar edi. Unda schyotlar uzoq muddatlar alohida yakka tartibda yuritilar, ya’ni ular hisobning har bir ob’ekti uchun alohida schyotlar (masalan, Un schyoti, savdogar Alievning schyoti va shu kabilar) ochilar edi. Muayyan bir bosqichda umumlashtirilgan ko’rsatkichlarga ehtiyoj tug’ildi. O’shanda Bosh daftar sintetik hisob registriga aylandi va u bilan bir qatorda alohida yordamchi daftarlarda tahliliy hisob yuritila boshladi. Faoliyat hajmining o’sish va Jurnaldagi yozuvlarning ko’payib borish munosabati bilan, uni bir necha xronologik registrga - Kassa jurnali. Memorial va boshqalarga bo’lingan holda ishlatadigan bo’ldilar. Bosh daftar kundalik yozuvdan unga bir oylik yakuniy yozuvlar qilishga o’ta boshladilar. Bir oylik yozuvlarni tayyorlash uchun yig’ma jurnal kiritilgan bo’lib, unga yozuvlar Kundalik jurnallardan
tanlab olish yo’li bilan amalga oshirilar edi. Asta sekin hujjatlar yozuvlarni asoslovchi sifatda qo’llanila boshladi.
Daftarlardan foydalanishga asoslangan buxgalteriya hisobining shakllari shunday yo’l bilan rivojlangan edi. Ulardan birinchisi dastlab Italiya olimi Luka Pacholi tomonidan 1494 yilda Venetsiyada chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar to’g’risidagi traktat» kitobida yoritilgan edi.
XX asrning boshida, yirik ishlab chiqarishning rivojlanishi sharoitida, hisobga bo’lgan talab ancha oshdi. Daftarlar o’rniga registrlarning yangi shakllari - kartochkalar, bo’sh varaqlardan foydalanish o’rtaga tashlanib, ular hisob mehnatini engillashtirib, ilgari juda mehnatni ko’p talab qiladigan ishlarni soddalashtirish qayta - qayta ko’chirish ishlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini va pirovardida hisobda mashinali texnikadan foydalanish sharoitlari yaratib berdi.
Tijorat hisob - kitobining rivojlanishi va chuqurlashishi sharoitida hisobning mazmuni, maqsadlari va vazifalari tubdan o’zgardi. 20 - yillardayoq hisob texnikasining qoloqligi ayon bo’lgan edi. Hisob xodimlari hisobning yangi, rivojlangan tuzilishining pullarini izlasha boshladilar.
Markazlashtirilgan boshqaruv sharoitida yaratilgan hisobning shakllaridan eng birinchisi 1925 - 1927 yillarda keng tarqalgan kartochka - orderli shakli, deb nomlangan shaklidir.
Kartochka - orderli shaklida qayta - qayta ko’chirish ishlarini qisqartirish maqsadida nusxa ko’chirish (kopirovka) yordamida bir necha nusxada tuziladigan orderlar kiritilgan edi. Har bir muomalaga alohida order yozib berilib, unda ushbu muomala bo’yicha buxgalteriya yozuvi va uning qisqacha izohi berilar edi.
Orderlar uch nusxada yozilib, ular keyinchalik sintetik hisobning xronologik yozuvi, tahliliy hisobning debetli va kreditli yozuvlari uchun ishlatilardi. Bu narsa ushbu registrlardagi yozuvlarni orderlarning tegishli nusxalari joy - joyiga terib qo’yish bilan almashtirish imkonini berdi. Orderning birinchi nusxasi xronologik hisob registrlarida (kassa orderlari yoki memorial orderlarda) tikib qo’yilar, ikkinchi va uchinchisi esa - debetlanadigan va kreditlanadigan schyotlar tahliliy hisobining tegishli kartochkalarida taxtlab qo’yilardi.
Qayta - qayta ko’chirishni qisqartirishga intilish tiplashtirilgan orderlarning (ularda muomalalarni izohlovchi matn oldindan bosib yozilgan - «Tiplashtirilgan» bo’ladi) yaratilishiga olib keldi. Bosh kitobdagi yozuvlar yig’ma jurnal asosida qilinar edi.
Lekin hisobning bu shakli amaliyotda keng qo’llanishga erisha olmadi, chunki har bir muomalaga alohida orderning berilishi mehnatni kamaytirish o’rniga, uning sarfini oshirib yubordi va hisob registrlarining tasviriyligini yomonlashtirib qo’ydi. Shularning hammasi hisobni ratsionalizatsiya qilishning boshqa yo’llarini izlashga majbur etdi.
Kartochka - orderli shaklning negizida 1927 yilda birinchi marta savdo korxonalarida qo’llangan kartochkali - nusxa ko’chirish shakli («kopiruchyot») shakli yaratildi.
Bu shaklning negiziga tahliliy hisob kartochkalariga va sintetik hisob jurnallariga bir vaqtning o’zida nusxa ko’chirish yo’li bilan yozish tamoyili qo’yilgan edi. Bu hisobning shaklida har bir jurnal, odatga ko’ra, bir necha turdosh schyotlar bo’yicha yozuvlarni o’z ichiga olar edi.
Masalan, barcha hisob - kitoblar schyotlari bo’yicha yozuvlarni birlashtiruvchi jarnallar yuritilar edi. Hech qanday orderlar tuzilmas va barcha yozuvlar bevosita hujjatlarning o’zidan amalga oshirilar edi. Bu bilan hisob ma’lumotlarining hujjatlardagiga to’g’ri kelishiga erishilar edi.
Korrespondentsiyalantiruvchi schyotlarning raqamlari hujjatlarga maxsus muhr bilan qo’yilar edi.
Bosh daftar kundalik Nazorat vedomosti bilan almashtirilib, u har bir schyotining ichida u bilan korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha yozuvlarni guruhlashni ta’minlar edi.
Nazorat vedomostidagi yozuvlar har kunning oxirida jurnallardagi yozuvlar bilan solishtirib tekshirilar, bu esa o’z navbatida hisobotlarni tuzishni tezlashtirar, xatolarni topishga sarflanadigan vaqtni qisqartirar va kundalik balans tuzish imkoniyatini yaratar edi.
Solishtirib tekshirish guruhlovchi varaqchalar yordamida - bir turda korrespondentsiyalanuvchi schyotlardan aylanmalarni tanlab olish yo’li bilan olib borilar edi. Ular o’tgan kunda amalga oshirilgan yozuvlarni yakunlash uchun har bir jurnal bo’yicha tuzilar edi. Natijada sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlarini keyinchalik solishtirib tekshirishga hojat qolmas edi, chunki tahliliy registrlar kartochkalaridagi yozuvlar ularni bir vaqtning o’zida tegishli jurnallarda nusxa ko’chirish yo’li bilan amalga oshirilar va ularning aylanma summalari kunda nazorat vedomosti bilan solishtirib tekshirilar edi. Shu yo’l bilan Nazorat vedomostining ko’rsatkichlari avtomatik tartibda kartochkalardagi yakuniy ma’lumotlar bilan mos kelishiga erishilar edi. Tahliliy hisob bo’yicha aylanma vedomostlar aylanma yakunini va saldoni hisoblab topish va qayd etish hamda ulardan tezkor kuzatuv maqsadida foydalanish uchungina mo’ljallangan edi.
Kartochkali - nusxa ko’chirish shakli asosan savdo korxonalarida tarqalgan edi. Uni sanoat korxonalarida joriy etish harakatlari sanoatdagi hisobning juda murakkabligi tufayli, garchi uning ayrim tamoyillari, jumladan, yozuvlardan nusxa ko’chirish usuli qo’llanilgan bo’lsa ham, yaxshi natija bera olmadi.
Hozirgi paytda korxonalarda asosan buxgalteriya hisobining uch shakli: memorial - orderli, jurnal - orderli, va PEHMdan foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan shakllari qo’llanmoqda.

Buxgalteriya hisobining memorial - order shakli 1928 - 1930 yillarda yuzaga kelgan. Uning yaratilishi hisobga asta - sekin eng ilg’or bo’lgan texnika vositalarini va oldingi shakllarning ilg’or usullarini joriy etish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kartochka - orderli shakldan bu erga orderlar tamoyili (yozuvlarni rasmiylashtirish uchun) va tanlab taxtlab qo’yish (raskladka) (tovar - moddiy boyliklar va ish haqining tahliliy hisobini yuritish uchun), kartochkali - nusxa ko’chirish shakli («kopiruchyot») dan nusxa ko’chirish materiallar hisobining hujjatli - nusxa ko’chirish shakli deb nomlangan shaklni (dokumentno - kopirovalnaya forma) usul o’tgan.


Tahliliy hisobning soddalashtirilishi bu tamoyillardan foydalanish bilan cheklanmadi. Masalan, materiallar hisobida tahliliy hisob registrlari vaqti - vaqti bilan dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan sortli aylanma (yoki saldoli) vedomostlar bilan almashtirilgan.
Xo’jalik jarayonlari haqida axborotni tezkor olish munosabati bilan sintetik hisob registrlarining tarkibiy tuzilishi ham o’zgartiriladi. Bosh daftar nazorat vedomosti shaklida yuritiladigan bo’lib, unda har bir schyot shaxmat shaklida, uning korrespondentsiyasi ochib beriladigan bo’ldi. Aylanmalarning yig’ishning yangi shakli, ya’ni korrespondentsiyalanuvchi schyotlarni ochib berish yo’li bilan xo’jalik faoliyatini yaqqol tasvirlab beruvchi shaxmat aylanma vedomosti kiritildi. Bu shaklning mohiyati shundan iboratki, unda dastlabki hujjatlar asosida memorial orderlar tuzilib, ularda mazkur muomalalar bo’yicha korrespondetsiyalanuvchi schyotlar (provodkalar) ko’rsatiladi va shu bilan sintetik hisob yozuvlar tartibga keltiriladi.
Memorial order № 31


200 yil yanvar uchun





Asosiy (hujjatlarga ilova va yozuv
mazmuni)

Debeti
bo’yicha

Schyot krediti
bo’yicha

Summa

3 – sonli ish haqini taqsimlash

20




123500

vedomosti

23

16700




25

65600




26

30650




29

9010

Jami




70

245460

200 yil, 3 - fevral


Ilova: 4 varaqdan iborat.
Memorial order bir turdagi hujjatlar ma’lumotlarini birlashtiruvchi yig’ma hujjatlar asosida (misolda - ish haqini taqsimlash vedomosti) yoki shu ma’lumotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha guruhlanadigan jamg’aruvchi vedomostlarning yakuniy ma’lumotlari asosida tuziladi. Yozuv uchun asos hisoblanadigan hujjatlar albatta orderga biriktirib qo’yiladi. Har bir memorial order uchun doimiy raqam belgilanib, bir turdagi muomalalar (kassa, hisob - kitob schyotlari, ish haqi va hokazo)ning har bir turi uchun bir oyda bitta order tuzish imkonini beradi.
Orderlar ro’yxatga olish jurnalida - sintetik hisobning xronologik registrida ruyxatga olinadi. Ro’yxatga olish jurnali memorial orderlarni navbat bilan raqamlash va ularni ularga tikib qo’yilgan hujjatlar bilan birgalikda but saqlanishini nazorat qilish hamda keyinchalik sintetik schyotning tizimli registrida xo’jalik muomalalarining tula - to’kis qamrab olinganligini tekshirish uchun mo’ljallangan. Bu tekshirish oyning oxirida ro’yxatga olish jurnalining yakunlarining sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostda hisoblab chiqiladigan barcha sintetik schyotlar bo’yicha alohida debetli va alohida kreditli aylanma summalarining yakunlari bilan solishtirib tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi
Ro’yxatga olish vedomosti quyidagi ko’rinishga ega:
Ro’yxatga olish vedomosti 200 yil yanvari uchun

Memorial orderlarning tartib raqami

Orderlar sanasi

Memorial orderlar bo’yicha
summa

1

2

16700

2

2

2350-50

3

4

11750

4

8

197361




va xokazo




Yanvardagi jami




2056743

Memorial orderlar ro’yxatga olingandan keyin muomalalarni Bosh daftarga yozish uchun ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni har bir korrespondentsiyalanuvchi schyot bo’yicha aylanma summalarni yozish uchun ajratiladigan ustunlarga bo’lingan holda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha, tuziladi.


Unda faqat joriy aylanmalar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha saldo chiqarilmaydi. Bosh daftar asosida sintetik hisob schyotlar bo’yicha aylanma vedomostni tuziladi. Bunda Bosh
daftarni tarkibiy tuzilishi shaxmatli aylanma vedomostni tuzishni engillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi.
Tahliliy hisob bu erda «kopiruchyot»dagidek - kartochkalarda bevosita hujjatlar ma’lumotlari asosida yuritiladi. Lekin kartochkadagi yozuvlar jurnallarga nusxa ko’chirmasidan qilinadi. Shu bilan birga tahliliy hisobning ayrim uchastkalarida (materiallar, hisob - kitoblar va boshqalar hisobida) yuqorida eslatib o’tilgan shakllardan olingan tamoyillar (nusxa ko’chirish, qisman terib taxlash tamoyillari) qo’llaniladi.
Hisob registrlariga, ayniqsa sintetik hisob registrlariga o’zuvlarni tayyorlashni jamg’aruvchi va guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi.
Tahliliy hisob registirlariga yozuvlar bevosita memorial orderlarga tikib qo’yilgan hujjatlardan olinadi. Tahliliy va sintetik hisoblarning to’g’riligini tekshirish tahliliy schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarning yakunlarini sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomotlarning tegishli summalari bilan solishtirib tekshirish yo’li orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda hisobni memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng miqyosda foydalansa bo’ladi.
Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning registrlari uzining tarkibiy tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgilanadi.
Hisob yozuvlarining texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. Shu munosabat bilan bu shakl yuzaga kelgan birinchi yillarda u hisobotchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzaliklarga ega bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muamolari bo’lgan tahliliy hisobning qo’polligi, uning sintetik hisobdan orqada qolishi, hisobotni hisob registrlari m’lumotlari bo’yicha bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini yuritishning ishchi amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik muomalalarini aks ettirishni tartibga solish (reglamentatsiya) kabi masalalari echa olmadi. Bu kamchiliklarning barchasi deyarli jurnal - order shaklida bartaraf qilingan edi.
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh - jurnal» shaklidir. U kichiq va o’rta biznes korxonalari hamda byudjet muassasalari, turar - joylardan foydalanish idoralari va boshqa tashkilotlarda keng tarqalgan.
«Bosh - jurnal» shaklining memorial - order shaklidan birgina farqi shundaki, sintetik hisob registirining tarkibida bitta ochilgan varaqning betida ham xronologik ham tizimli (sistematik) yozuvlar birgalikda olib boriladi. Bu registr odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi.
Daftarning birinchi uch ustuni xo’jalik muomalalarini xronologik tartibda yozish uchun mo’ljallangan. Ular ro’yxatga olish jurnalining tarkibiy tuzilishiga o’xshab ketadi. Daftar varag’ining qolgan qismi barcha sintetik schyotlar bo’yicha tizimli yozuvlar uchun ishlatiladi.
Agar schyotlar soni ko’p bo’lib, ularni daftarni bir necha betiga sig’dirib bo’lmasa, unda qo’shimcha varaqlar ko’zda tutiladi. Har bir schyot uchun ikkita chiziqcha debetli va kreditli ustun ajratiladi.
Bosh - jurnal birinchi qatorda barcha schyotlar bo’yicha 1 - yanvarga bo’lgan qoldiqlarning yozuvi bilan ochiladi. Kredit bo’yicha qoldiqlarning umumiy yakuniga teng bo’lgan debetli qoldiqlarning umumiy yakuni «Memorial orderlar bo’yicha summa» ustunga yozib qo’yiladi.
So’ngra bir oydagi barcha muomalalar aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik aylanma summalar va kelgusi oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib chiqilgan bunday ma’lumotlarning mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi.
Sintetik hisobning tahliliy hisob bilan solishtirib tekshirish va balansni to’ldirish bevosita Bosh jurnal ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Bu kitobga operatsyalarni yozish, memorial - order shaklidagi kabi, jamg’aruvchi yoki guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlari bo’yicha yoki dastlabki hujjatlar bo’yicha tuziladigan memorial orderlar asosida amalga oshiriladi.
Bu shakldagi tahliliy hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning tahliliy hisob bilan solishtirib tekshirish aylanma vedomostlar yordamida amalga oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha hisob - kitob qilinadi. Shunday qilib, Bosh - daftar shaklidagi hisob yuritish texnikasi memorial - order shaklidan sintetik hisob registirining tuzilishidan tashqari, xech narsa bilan farq qilmaydi.
Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan tizimli hisobning birgalikda olib boriladigan bosh schyotlari daftarning tarkibiy tuzilishidir. Bu daftar unda schyotlarning bir varaqning betida joylashtirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi. Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha katta malakani talab qilmaydi. Shu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa yuqori malakali hisob xodimlariga ega bo’lmagan korxonalarda, keng tarqalishiga olib keladi.
Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p bo’lgan holda u axborotni qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib qoladi.
Qo’shimcha varaqlardan foydalanish muomalalarini qiyinlashtiradi va summalarni tegishli bo’lmagan boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan xatlarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun Bosh jurnal kitobning yuritish uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lozim. Bosh jurnal shakliga kelsak, memorial – order shaklida qanday kamchiliklar bo’lsa, unga ham shu kamchiliklar bo’lishi mumkin.

Jurnal - order shakli 40 - yillarning boshida yuzaga kelgan. Unda o’sha yillarda hisob fani va amaliyoti tomonidan yaratilgan barcha eng ilg’or bo’lgan narsalardan foydalanilgan edi.


Jurnal - order shakli bilan buxgalteriyaga kiritilgan o’zgarishlar asosan hisobdagi ro’yxata olish texnikasiga tegishli bo’lgan, lekin u bir vaqtning o’zida hisob registrlariga hujjatli ma’lumotlarni tayyorlash tizmini ham yaxshilashga olib keldi.
Jurnal - oreder shaklining asosida dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini jamg’arish tamoyili yotadi. Bu tamoyilni hisob ishlarining ayrim uchastkalarida, masalan buxgalteriyali hujjatlashtirishda ba’zi bir sintetik schyotlar bo’yicha yozuvlarni tayyorlashda qo’llash memorial
- order shaklida ham mavjud bo’lgan. Lekin jurnal - order shaklida hisobni amalga oshirishda hisob ma’lumotlarini jamg’arib borishni asosiy tamoyli sifatida qabul qilingan.
Jurnal - order shaklida bir turdagi muomalalarni, ya’ni bitta sintetik schyotda aks ettiriladigan muomalalarni, hisobot davri mobaynida nafaqat muomalalarning summalarini jamg’arish imkoniyatini bera qolmaydi, shu bilan bir vaqtda ularni korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha guruhlash imkoniyatini ham yaratadi. Hisobot davrining oxirida har bir registrda barcha yozuvlarning yakunlari ham korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha, ham unda ro’yxatga olingan barcha muomalalar bo’yicha butunlay hisoblab chiqiladi, so’ngra ulardan Bosh daftarga yozish uchun foydalaniladi.
Jurnal - order shaklida qo’llaniladigan asosiy registrlar jurnallardan iboratdir, chunki hujjatlar ularda xronologik tartibda ro’yxatga olib boriladi. Jurnallarning yakunlari esa korrespondentsiyalanadigan schyotlar bo’yicha guruhlangan sintetik schyotlarning bir oylik aylanma summalari hisoblanadi. Bu yakunlar mazkur schyotning aylanma summalarini Bosh daftarda aks ettirish uchun tayyor buxgalteriya yozuvlarini beradi, ya’ni orderlar vazifasini bajarishadi. Shuning uchun ushbu shaklning asosiy registirlari jurnal - orederlar, shaklning o’zi esa – jurnal - order shakli deb nomlanadi.
Hisobning jurnal - order shaklida xo’jalik muomalalari to’g’risidagi ma’lumotlar hujjatladan jurnal - orderlarga yoki jamg’aruvchi va guruhlovchi vedomostlarga o’tkaziladi. Ma’lumotlarni hujjatlardan bevosita jurnal - orderlarga yozish faqat uncha ko’p bo’lmagan muomalalarni qayd etiladigan schyotlardangina («Asosiy vositalar», «Kassa», «Hisob-kitob schyoti», «Ustav kapitali va boshqalar») mumkindir. Boshqa schyotlar bo’yicha esa ma’lumotlarni avval jamg’arish yoki guruhlab olish lozim. Shu maqsadda jamg’aruvchi va guruhlovchi vedomostlar qo’llaniladi va ularga qilinadigan yozuvlar xo’jalik muomalalarni ko’pchilik jurnal - ordelarga aks ettirishdan albatta oldin amalga oshiriladi. Jurnal - orderlarda
sintetik hisobning barcha ma’lumotlarini, ularning ko’pchiligida esa tahliliy hisob ma’lumotlari ham mavjud. Shuning uchun mustaqil tahliliy hisob faqat ba’zi eng murakkab bo’lgan schyotlar bo’yicha yuritiladi. Jurnal - orderlarning yakunlari bir yilga ochiladigan Bosh daftarga ko’chiriladi va ularda faqat bir oylik aylanma aks ettiriladi. Bosh daftarda har bir schyot bo’yicha aylanmalar ko’rsatiladi va qoldiqlar chiqariladi; schyotning krediti bo’yicha aylanmalar umumiy yakun bilan beriladi (chunki ular jurnal - orderlarda ochiq beriladi), debeti bo’yicha esa korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha beriladi (har xil jurnallarga tarqatilib yuborilgan debetli aylanmaning korrespondentsiyasini ko’rsatish uchun).
Bosh daftar, jurnal - orderlar, jamg’aruvchi va guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlaridan buxgalteriya balansi va hisobotni tuzish uchun foydalaniladi.
Jurnal - order shakli oldingi hisob shakllariga qaraganda, axborotni ayniqsa qo’l bilan ishlash sharoitida hisobni yuritishning mehnat sig’imini pasaytirishi bilan albatta afzalliklarga ega. Shuning uchun u faqat sanoatda emas, balki xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng qo’llanila boshlagan.
Jurnal - order shaklining asosiy registri hisoblangan jurnal orderlar (memorial - order shaklidagi bosh kitobdagidek) xo’jalik muomalalarini shaxmat tamoyilida aks ettirishga asoslangan.
Jurnal - orderlar ikki yo’nalishda - debetli yoki kreditli belgi bo’yicha tuzilishi mumkin.
Kreditli belgi qulayroq deb qabul qilingan, chunki u tovar - moddiy boyliklar va pul mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishga xizmat qiladi va shuning uchun ham u jurnal - orderlarni tuzishda qabul qilingan. Uning mohiyati shundan iboratki, har bir jurnal

  • orderlarda mazkur sintetik schyotning (yoki bir turdagi schyotning) kreditli aylanmasi ular bilan korrespondentsiyalanuvchi debetlanadigan schyotlar bo’yicha aks ettiriladi.

Ko’pchilik jurnal - orderlarda ro’yxatga olinadigan muomalalar, ularni korrespondentsiyalanadigan schyotlar bo’yicha aks ettirishdan tashqari, subschyotlar, xarajatlar moddalari va mazkur hisob ob’ektini tasvirlash uchun talab qilinadigan iqtisodiy ko’rsatkichlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa belgalar bo’yicha guruhlanadi.
Shunday tarza moddiy boyliklar, umumishlab chiqarish, ma’muriy va umumxo’jalik xarajatlarni, ishlab chiqarish va boshqalarni hisobga olish bo’yicha jurnal - orderlar (va ularning yordamchi vedomostlari) yuritiladi.
Hisobning jurnal - order shakli (ko’pchilik schyotlar bo’yicha) sintetik va tahliliy hisobni birga olib borish, hisobot ko’rsatkichlarini bevosita hisob registrlarining o’zidan olish, ish amallari sonini qisqartirish va xo’jalik muomalalarini aks ettirish ancha tartibga solish imkonini ta’min qiladi.
Sintetik va tahliliy hisobni birgalikda yuritish uchun chiziqli (lineyniy) yozuv va summalarni tahliliy qismlar bo’yicha guruhlash usullaridan foydalaniladi.
Chiziqli yozuv - sintetik va tahliliy hisobning birgalikda olib borilishining eng oddiy va yaqqol amalidir. Hisobning jurnal - order shaklida tegishli registrlar 6-sonli jurnal - order va 16 - sonli vedomost ko’rinishida keltiriladi. Ikki hisob turining birgalikda olib borish shuningdek xaridorlar hisobdor shaxlar va boshqalar bilan hisob - kitoblarni hisobga olishda ham qo’llaniladi. Sintetik va tahliliy hisob summalarini tahliliy qismlar bo’yicha guruhlash yo’li bilan birgalikda yuritish ayniqsa har xil xarajatlarni aks ettirish uchun qulaydir.
Masalan, «Davr xarajatlari» schyotining debetiga yoziladigan barcha summalarni tegishli vedomostda (15 - sonli vedomostda) subschyotlar va shu xarajatlarning moddalari bo’yicha guruhlash mumkin. Natijada, «Oylik yakun» nomli ustun har bir subschyot hamda shu schyotning har bir tahliliy moddasi bo’yicha xarajatlarni umumiy summasiga ega bo’ladi. Barcha xarajatlarning umumiy summasi umumiy ko’rsatkich bo’lib, shu oxirigi ustunning yakuni bilan tavsiflanadi.
Bunday amal shuningdek umumishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va boshqalarni hisobida ham qo’llaniladi.
Hisobot ko’rsatkichlarini bevosita registrlarning olish jurnal - order shaklida har xil yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Lekii ularning barchasi hisobot jadvallariga to’g’ridan - to’g’ri kiritiladigan summalarni ko’rsatuvchi hisob ma’lumotlarining bevosita registrlarning o’zida guruhlashni ta’minlashga asoslangandir.
Bunda eng keng tarqalgan amalga tahliliy hisobni hisob ko’rsatkichlari bo’yicha yuritish va hisobot ma’lumotlarini hisob - kitob qilish uchun hisob registriga maxsus jadval kiritish hisoblanadi. Tahliliy hisobning tuzilishini hisobot ko’rsatkichlariga muvofiq ravishda tuzilishiga misol qilib «Foyda va zararlar» schyoti bo’yicha jurnal - orderni keltirish mumkin. Unda moliyaviy natijalar tahliliy hisobning barcha moddalarining ro’yxatidan iborat bo’lgan jadval keltiriladi.
Summalarni ko’rsatish uchun ikkita ustun: «yil boshidan hisobot oyigacha» va «joriy oy uchun» ustuni kettirilgan. Bu ustunlarning har biri «debet» va «kredit» ustunlariga bo’linadi. Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot shakliga kiritiladigan hisobot ma’lumotlarini olish uchun summali ustunlarga (debet va kerdit bo’yicha tegishli tartibda) yozib qo’yilgan har bir moddaning yakuniy ma’lumotlari juft ravishda summalashtiriladi. Hisobot ma’lumotlari hisob summalarini u yoki boshqacha guruhlanishini talab qilgan taqdirda, hisob registrlariga maxsus jadval kiritiladi. U ushbu registrning asosiy bo’limlarida aks ettiriladigan summalarni yozish bilan bir vaqtda (birdaniga) to’ldiriladi. Shunga o’xshash jadvallar ishlab chiqarish xarajatlarini,
mahsulot sotilishini, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar va boshqalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan jurnal - orderlarda ham mavjud.
Hisobning jurnal - oredr shaklida erishilgan ish amallari sonining qisqartirilishi juda muhim ahamiyatga egadir. Bu erda, masalan, memorial - order shaklida ishlatiladigan memorial orderlar va ro’yxatga olish jurnali yo’q,; ko’pchilik schyotlar bo’yicha sintetik hisob tahliliy hisob bilan birlashtirilgan; hisobot ko’rsatkichlar avtomatik tartibda, qo’shimcha tanlab olish yoki qo’shimcha hisob - kitoblarsiz, bevosita hisob registrlaridan olinadi. Bularning barchasi hisob registlarida qilinadigan yozuvlarni bartaraf qilish va hisobni asosan quyidagi uchta ish amallari: muomalalarni hujjatlarda qayd etish, hujjatlardan ma’lumotlarni hisob registrlariga ko’chirish va hisob registrlarining yakuniy ko’rsatkichlarini hisobotda umumlashtirish yordamida amalga oshirish imkonini beradi.
Shunday qilib, jurnal - order shaklidagi qayta - qayta ko’chirishlar soni memorial order shaklidagiga qaraganda ikki martadan ortiqroqqa kamayadi, natijada hisob yuritishlarga ketadigan vaqt tejaladi, xatolarning yuzaga kelish imkoniyatlari kamayadi, hisob registrlari ancha yaqqollashadi, chunki ularda aks ettirilgan barcha ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar mavjuddir.
Jurnal - order shaklidagi xo’jalik muomalalarini aks ettirishni tartibga solish uning barcha registrlaridan ko’rish mumkin. Masalan, 2 - sonli jurnal - orderda hisob - kitob schyotidan pul xarajatlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlar qat’iy muayyan ustunlarga yozib boriladi.
Yozuvlarning yanada ham ko’proq tartibga solinishi yuqorida eslatib o’tilgan 15 - sonli vedomost, 10 - sonli jurnal - order (ishlab chiqarish xarajatlari) va boshqa registrlar yordamida erishiladi. Ularda aks ettiriladigan har bir summa nafaqat ma’lum bir ustungagina emas, balki tegishli bo’lgan qatorga ham yozib boriladi. Ko’rib chiqilgan xususiyatlar jurnal - order shaklining hisobining va boshqa turlaridan keskin farq qiladigan, shubhasiz, afzalliklaridan hisoblanadi. Lekin u kamchiliklardan ham holi emas. Masalan, ayrim registrlarning tuzilishi juda murakkab bo’lib, ularni to’ldirish jarayoni juda qiyin kechadi. Unda hisobli ro’yxatga olish texnikasini o’zlashtirish ko’p harakatni talab qiladi, chunki har bir jurnal - order tegishli hisobning ob’ekti xususiyatlariga moslashgan.

Buxgalteriya hujjatlarini tuzishda va hisob registrlarini yuritishda ayrim vaqtlarda xatolarga yo’l qo’yiladi. Buxgalteriya hisobini yuritishda yo’l qo’ylgan xatolar quyidagi belgilariga qarab tasvirlanadi.



    1. Hujjatlar rekvizitlaridagi xatolar. Bunda xato to’ldirilgan rekvizit to’g’risiga o’zgartiriladi.

    2. Xatoga yo’l qo’ygan shaxs. Agar xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa, uni kimdir bajargan. Bu tamoyil asosan ma’muriyatni qiziqtiradi.

    3. G’arazlik. Barcha xatolar beg’arazlik va g’arazlikka bo’linadi. G’arazlik bilan qilingan xato xatoga yo’l qo’ygan shaxs uchun oqibatlari turli bo’lishi mumkin. Ammo beg’araz qilingan xato ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, ayniqsa keyingi tamoyil nuqtai nazaridan.

    4. Soliqqa tortishga ta’siri. Xatolar to’lanadigan soliq summasini o’zgartiradigan va o’zgartirmaydigan bo’lishi mumkin.

    5. Xatolarni yuzaga kelish sabablari. Beg’araz xatolarni yuzaga kelish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin: charchash, toliqish, beparvolik, texnikaning nosozligi va sh.k.

    6. Xatolarni keyingi hujjatlarda qaytarilishi. Ayrim xatolar birgina xujjtda bo’lib, keyngi hujjatlarda takrorlanmaydi. Ayrimlari esa bir necha hujjatlarga o’tib zanjir xalqasidek takrorlanadi. Shunday xatolar bir joyning o’zida (lokalniy) va tranzit (boshqa hujjatlarga ham o’tgan) bo’lishi mumkin.

Buxgalteriya hisobida kompyuterdan foydalanilsa, barcha hollarda ham xatolar bir marta o’g’irlanadi. Bunda barcha hisob rekvizitlari avtomatik ravishda yangilanadi.

  1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta’siri. Bunda xatolar boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta’sir etadigan va to’g’irlab bo’lmaydigan bo’lishi mumkin.

  2. Xatolar xarakteri. Bunda xatolar to’g’rilasa bo’ladigan va to’g’rilab bo’lmaydigan bo’lishi mumkin.

Masalan, buxgalteriya xodimlari tomonidan xato qilinib byudjetga ortiqcha summa o’tkazilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 124-moddasiga binoan ortiqcha to’langan soliq summasini qaytarib berish muddati 3 yil belgilangan. Agar da’vo qilish muddati o’tib ketsa, bunday xato aniqlangani bilan tuzatib bo’lmaydi.
Buxgalteriya hisobida yo’l qo’yilgan xatolar albatta to’g’rilanishi shart. Xato yozuvlarni tuzatish hisobda alohida metodologik masalani tashkil etadi va «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi
Qonun» bilan tartibga solinadi. Lekin xato yozuvlarni to’g’rilashning nazariy va amaliy imkoniyatlari normativ hujjatlarilar bilan belgilangan doiradan kengroq.
Tuzatish usullari yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlanagan vaqti va qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq.

  1. Agar xatolar davriy hisobotni soliq organlariga topshirilgan qadar aniqlangan bo’lsa, xato yozuvni to’g’risiga almashtirish yo’li bilan to’g’irlanadi.

Xato yozuvlarni almashtirish deb quyidagilar tushuniladi:
Hisobning daftar shaklida – tozalash, suvash, ustidan chizish, izohlangan tuzatish va boshqa tuzatish usullari;
Hisobning kospyuter shaklida – bevosita olib tashlash yoki tahrir qilish yo’li bilan noto’g’ri yozuvni to’g’risiga almashtirish.
Xato yozuvlarni to’g’irlashda u yoki bu usulni qo’llash aniq vaziyatga bog’liq.
Mazmuni muomala ma’lumotlardan iborat bo’lgan ayrim hujjatlarda xato raqamni o’chirib yoniga to’g’risini yozish etarli.
Agar o’chirish, suvash yoki ustidan chizish imkoniyati bo’lmasa, tuzatilgan raqamga shunday izoh beriladi:
« ga tuzatilganligi ishonilsin», «qo’shib yozilgan ga ishonilsin» yoki «ustiga chizilgani o’qilmasin» deb tegishli lavozimli shaxsning imzosi qo’yiladi, ayrim hollarda muhr ham bosiladi.
Xato yozuvlarni bunday usullarda ma’lum vaqtlargacha to’g’rilash mumkin. Bu vaqtni shartli ravishda qaytish nuqtasi deymiz. Xatolarni tuzatish bo’yicha qaytish nuqtasi deb ma’lum sana emas, balki davriy hisobotni soliq organiga topshirish kuni hisoblanadi. Davriy hisobotni soliq organiga topshirish qonunchilik bilan tartibga solinganligi uchun qaytish nuqtasi soliq davrining boshlanish kuni bilan hisobotni soliq organiga topshiriladigan oxirgi kun orasida bo’ladi. Ma’lumki, hisobot haqiqattan topshirilgandan so’ng uni qaytarishning iloji yo’q.
Agar xatolar qaytish nuqtasini o’tgandan keyin aniqlangan bo’lmsa, to’g’rilash provodkalarini berish yo’li bilan tuzatiladi (albatta ayrim xatolar bo’yicha provodkalar berilmaydi. Masalan, hisobot davridan oldingi chorakda sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha xatoga yo’l qo’yib kafolat muddati ko’rsatilmagan ekan. Buni tuzatish uchun hech qanday qo’shimcha provodka talab qilinmaydi. Bu xato tahririy usul bilan tuzatiladi).

  1. Qo’shimcha yozuv usuli. Bu usuldan foydalanishning ikkita sharti bor: a) xo’jalik muomalalarini summasida xatoga yo’l qo’yilgan; b) xato kamayish tomoniga yo’l qo’yilgan (provodkada keltirilgan summa haqiqiy ko’rsatiladigan summaga qaraganda kam bo’lgan).

Bunda xato yozilgan summa bilan to’g’risini orasidagi farq summaga ilgarigidek qo’shimcha provodka beriladi va shu bilan xato yozuv tuzatilgan bo’ladi.
Masalan, asosiy ishlab chiqarishga haqiqiy sarflangan material 5000 so’m, lekin xato qilib 4000 so’m yozilgan. Bunda xatoni tuzatish sxemasi quyidagicha bo’ladi.

D-t 1010 K-t D-t 2010 K-t







  1. Teskari provodka berish usuli. Shunday bo’lishi mumkinki, xatolar summani kamayishi tomoniga emas, ko’payishi tomoniga yo’l qo’yilgan. Bu vaqtda xatolarni tuzatish teskari provodka berish ususli bilan bajariladi.

Masalan, asosiy ishlab chiqarishga haqiqiy sarflangan summa 4000 so’m bo’lib, xato qilib 5000 so’m yozilgan bo’lsa, xatoni tuzatish sxemasi quyidagicha bo’ladi:
D-t 1010 K-t D-t 2010 K-t

Basharti schetlar korrespendentsiyasida xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, oldin teskari provodka beriladi, so’ng to’g’risi yoziladi.


Masalan:

  1. Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi 5000 so’m xato provodka berildi:

D t 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» - 5000 so’m.
K t 1010 «Xom ashyo va materiallar» - 5000 so’m
To’g’ri yozuv:
D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
K-t 1010 «Xom ashyo va materiallar»
Xato berilgan provodkani tuzatish usuli:

  1. Oldin xato berilgan provodkani teskarisi beriladi.

D t 1010 5000 so’m.
K t 2310 5000 so’m
so’ng to’g’ri provodka beriladi

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin