Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə59/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Sana












Bir tomonlamali shaklda debetli va kreditli summalar uchun atalgan ustunlar kartochkaning ung tomonida yonma - yon joylashtiriladi, sana, raqam va matn uchun ustunlar esa chap tomonida berilib, ham debetli, ham kreditli yozuvlar uchun umumiy hisoblanadi.
Tahliliy hisobning barcha kartochkaliridagi chap tomoni ustunlarining bir xilda joylashtirilishi ulardan foydalanish uchun juda qulaydir. Natura, mehnat va pul o’lchagichlariga ega bo’lgan ung tomoni hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlarschiga qarab tuziladi.
Faqat pulda ifodalanadigan debitorlar va kreditorlar, banklar bilan kreditorlar va boshqa hisob - kitoblar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun kartochkalarning kontokorrentli shakli qo’llaniladi.
Kontokorrent shakli.



Debet

Kredit

Belgilar










Kontokorrent shaklining asosiy vazifasi - hisobga olinayotgan hisob - kitoblarning debetli va kreditli aylanmalarini alohida ajratib ko’rsatishdir.


Moddiy boyliklarning hisobi omborlarda miqdoriy shakldagi kartochkalarda yuritiladi, chunki unda pul ko’rsatkichlari yo’q. Qoldiq ko’rsatkichi bo’yicha Moddiy boyliklarning mavjudligi ustidan kuzatishda katta ahamiyatga ega bo’lgan qoldiq ko’rsatkichi uchun, bu kartochkalarda alohida ustun ajratilgan.
Miqdoriy shakl



Kirim

Chiqim

Qoldiq

Nazorat (imzo va sana)













«Nazorat» ustuni qilingan yozuvlarning turliligini tekshiruvchi buxgalterning imzosini qo’yish uchun xizmat qiladi.


Har xil xarajatlarni hisobga oladigan tahliliy hisob kartochkalarining tuzilishi alohida, boshqa ko’rinishga ega. Uning yordamida birinchi navbatda har bir xarajat turi bo’yicha alohida summalar to’g’risidagi yakuniy ma’lumotlar olinishi kerak. Shuning uchun bunday kartochkalarda bir summali ustun (odatda debetli) xarajatlarning ayrim turlarini hisobga olish uchun ajratilgan qator ustunlarga bo’linadi. Bunday shakl ko’p ustunli deb nomlanadi.
Ko’p ustunli shakl

Debet – Kredit (keraksizi o’chirilsin)

Debet-Kredit (keraksizi
o’chirilsin)

Belgi



































































Ko’p ustunli shaklga yozuvlar amalga oshirilayotganda xususiy ustunlarga yozilayotgan har bir summa «Debet-kredit» bo’limning oxirigi ustuni ajratilgan umumiy yakuniy ustunga ham albatta yozib qo’yiladi.


Ba’zi korxonalarda tovar - moddiy boyliklar ham natura, ham pul ko’rsatkichlarida hisobga olinadi. Buning uchun miqdoriy - summali shakl xizmat qiladi.
Miqdoriy - summali shakl



Narxi

Kirim

Chiqim

Qoldiq

Belgi

Miqdori

Summa

Miqdori

Summa

Miqdori

Summa

Bu ko’rib chiqilgan ustunli kartochkalarni ustunlarga ajratish usulidan boshqa hisob registrlari uchun, masalan tahliliy hisob -kitoblari yoki yordamchi hisob vedomostlari uchun ham foydalanish mumkin.
Yozuvlarning xarakteriga qarab hisob registrlari xronologik va tizimli (sistematik) turlarga bo’linadi.
Xronologik registrlar hujjatlarni ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan. Ulardagi yozuvlar xronologik tartibda yoki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushishi paytiga qarab amalga oshiriladi. Bu erda ro’yxatga olinayotgan ma’lumotlarning hech qanday guruhlanishi amalga oshirilmaydi.
Bir turdagi muomalalar bo’yicha hujjatlarni ro’yyxatga olish uchun xizmat qiladigan vedomostlardan tashqari, xronologik registrlarga turli jurnallar (masalan, ro’yxatga olish, registratsiya) jurnali kiradi.
Tizimli (sistematik) registrlar xo’jalik muomalalarini ma’lum guruhlash (sistemalash) uchun mo’ljallangan. Ularda maxsus ustunlar bo’lib, ularga tegishli muomalalarning summalari yozib qo’yiladi.
Xronologik yozuv registrlariga misol keltiramiz:


Mahsulotni jo’natish va sotish vedomosti





To’lov
talabnomasi

Xaridor
buyurtmasi yoki

Nomalari bo’yicha miqdor

To’lov
talabnoma

To’langan

Sana

¹

to’lovchi

A
buyumi

B
buyumi

va
hokazo

masidagi
summa

Sana

Summa

01.06

168

«Mikond» z-di

200

50

-

12000

12.06

2000

02.06

169

«Zenit» z-di

100

-

-

5000

19.06

5000

04.06

170

«Zenit» z-di

100

50

-

7000

24.06

7000

07.06

171

«Mikond» z-di

200

-

-

10000







Iyunda jami

95000

6250

-

78500

-

56000

Sintetik registrlarga mahsulot ishlab chiqarish va sotishning tahliliy hisobi schyotlarining shakllari hamda muomalalar u yoki bu tartibda guruhlanadigan barcha boshqa registrlar kiradi.


Hozirgi paytda xronologik va tizimli yozuvlarni birgalikda olib boradigan turli - tuman aralash (kombinatsiyalashtirilgan) registrlar tobora keng tarqalmoqda.
Korxonada tizimli hisob «Bosh jurnal» deb nomlanadigan registrlarda yuritilishi mumkin. Unda yozuvlar varaqning yuzida (birinchi betida) ham xronologik, ham tizimli tartibda yuritilishi mumkin.
Aralash registrlar shuningdek sintetik va tahliliy hisobni birgalikda yuritish yo’li bilan ham tuzilishi mumkin. Ularga misol sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish vedomosti hamda mol etkazib beruvchilar bilan hisob - kitob jadvali xizmat qilishi mumkin. Ularning tuzilishi mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisob - kitoblar tegishli tartibda tahliliy hisobni alohida yuritib, shu bilan bir vaqtda sintetik hisobni umumlashtirilgan ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bu sintetik va tahliliy yozuvlarni avtomatik tartibda bir biroviga mos kelishini ta’minlab hisob xodimlarini shu yozuvlarni solishtirib tekshirish, bir biroviga to’g’ri kelmasa, mos kelmaslik sabablarini topish ishlaridan ozod qiladi.


200 yil dekabridagi «Hisob-kitob» schyotining debeti bo’yicha aylanmalar vedomosti




Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin