Toshkent – 2003


– BOB “Buxgalteriya hisobini tashkil etish”



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə66/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

– BOB “Buxgalteriya hisobini tashkil etish”



Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobi shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo’lib, kam mablag’ sarflangan holda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko’proq axborotlar bilan ta’minlansin.


Bozor munosabatlariga o’tish va davlat mulkini xususiylashtirish xo’jalik yuritishning mazmuni, tuzulishi va psixologiyasida jiddiy o’zgarishlarga olib keladi. Bu o’z navbatida, buxgalteriya hisobida tub o’zgarishlarni talab qiladi.
Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga mulkni saqlash va ko’payishiga xizmat qilishi, manfaatdor (investorlar, aktsiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va sh.k.) lar tomonidan muhim iqtsodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar va sh.k.) zarur bo’ladigan to’liq va ishonarli axborotlarni o’z vaqtida etkazib berish kerak.
Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida tashkil etish quyidagi kompleks tadbirlar bilan ta’minlanadi:

  1. Buxgalteriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning me’yoriy bazasini shakllantirish;

  2. Uslubiy ta’minot (yo’riqnomalar uslubiy ko’rsatmalar, sharxlar) bilan;

  3. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan;

  4. Xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo’li bilan;

  5. Hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yo’li bilan.

Jahon amaliyotiga mos keladigan zamonaviy «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunsiz buxgalteriya hisobini etarli darajada qayta qurish mumkin emas. Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillari va qoidalariga mos keladigan, O’zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi.
Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o’z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo’yilgan negiz vazifalar, maqsad va talablarni belgilab berishi kerak.
Bunday muhim hujjat 1996 yilning 30 avgustida qabul qilinib «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni» nomini oldi. O’zbek ekspertlarining ta’rifi
bo’yicha bu qonun: buxgalteriya hisobini yuritishning xalqoro standartlari talablariga javob beradi; O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini tuzilish kontseptual asoslarini nazarda tutadi; turli mulk shakllariga asoslangan barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda hisob yuritishning yagona davlat tomonidan tartibga solishni ta’minlaydi; buxgalteriya hisobini yuritish andazalari oldiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Bundan tashqari, u buxgalteriya hisobini yuritishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqi, burchi va mas’uliyatlarini, shuningdek moliyaviy hisobotni topshirish va chop etish bo’yicha qo’yilgan talablarni belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunda xalqaro talablarga binoan buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyilllari keltirilgan:

    • buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali yozuv usulida yuritish;

    • buxgalteriya hisobini uzluksizligi;

    • aktiv va passiv muomalalarini pulda baholash;

    • axborotlarni ishonchliligi;

    • hisoblash;

    • ehtiyotkorlik;

    • shakldan iqtisodiy mazmunining ustivorligi;

    • korxona faoliyatining davomiylik tamoyili;

    • hisobot ko’rsatkichlarini taqqoslab bo’ladiganligi;

    • moliyaviy hisobotni xolisligi (betarafligi);

    • o’rinlilik (joyidaligi);

    • hisobot davr daromad va xarajatlarini muvofiqligi;

    • aktiv va majburiyatlarni haqiqiy baholash.

Qonun korxonaning ichki buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy talablarni qo’yadi: - rahbarning qonunchilikka itoat qilishi; hisobotda keltirilgan axborotlarga tashqi foydalanuvchilar tomonidan ishonch hosil qilish maqsadida keltirilgan ma’lumotlarni ishonchliligini auditor tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha chop etish.
Buxgalteriya hisobi yuritishning tamoyillaridan biri maxfiylik (oshkor qilmaslik)ni saqlash bo’lib hisoblanadi. Bundan buxgalteriya hisobi registrlari mazmuni bilan tanishish ma’muriyat ruxsati yoki qonunchilik bilan tutilgan hollarda ruxsat etiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar maxfiylikni saqlashi kerak.

Buxgalteriya hisobi va hisobotini korxona, muassasa va tashkilt rahbari tashkil etadi va u quyidagi huquqlarga ega:



    • bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmati tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterlar xizmatidan foydalanish;

    • buxgalteriya hisobini yuritishda shartnoma aosisida ixtisoslashgan buxgalteriya firmalariga yoki tarkibidagi buxgalteriya hisobi sub’ekti kiradigan markazlashgan xo’jalik birlashmalari hisobi bo’limiga topshirish;

    • buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.

Korxona, muassasa va tashkilot rahbarlariga qo’yiladigan ta’minlash ma’suliyati yuklatilgan:

    • hisob siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash;

    • ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;

    • xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi;

    • to’liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritish;

    • hisob hujjatlarini saqlash;

    • tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;

    • soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash;

    • hisob – kitoblarni o’z vaqtida yuritish.

Buxgalteriya hisobini yuritishda aloqador bo’lgan rahbarlar, buxgalterlar va boshqa shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga rioya qilishlari kerak.
Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni tuzishni ta’minlashi zarur.
Buxgalteriya apparati, quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:

    • material bo’limi, bu erda sotib olingan material qiymatliklarni, material yuboruvchilar bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash va foydalanish joylari bo’yicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi. Ko’pam katta bo’lmagan korxonalarning bu bo’limida asosiy vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va tayyor mahsulotlar hisobi ham yuritiladi. Yirik korxonalarda bu uchastkaning ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo’lim tashkil etiladi;

    • hisoblashish bo’limi, bu erda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar bo’yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo’yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy sug’urta va ta’minotga ajratmalar bo’yicha, pensiya fondiga bandlik fondi va boshqalar bo’yicha hisoblashish hisobini olib boradi;

    • ishlab chiqarish - kalkulyatsiya bo’limi, bu bo’limda barcha turdagi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.

    • umumiy bo’lim, bu bo’limda yuqorida sanab o’tilgan bo’limlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisobi tuziladi. Yirik korxonalarda moliyaviy bo’lim ajratilib, unda pul mablag’lari, korxona va ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi.

Buxgalteriya korxonaning barcha ishlab chiqarish bo’linma (tsex, bo’lim)lari bilan bevosita munosabatda bo’ladi. U ulardan buxgalteriya hisobini yuritish uchun tegishli ma’lumotlar oladi, chunonchi:

    • kadrlar bo’limidan – ishga qabul qilinganligi, ishdan bo’shatilganligi, ta’tilga chiqqanligi, korxona ichida bir joydan ikkinchi joyga o’tkazilganligi to’g’risida shaxslar ro’yxati (buyruq)ni oladi;

    • omborlardan – tovar – material qiymatliklarini harakati (kirim, chiqim, bir joydan ikkinchi joyga o’tkazilishi) to’g’risida hujjatlar oladi;

    • tsexlardan – ayrim xo’jalik muomalalari (mahsulotni ishlab chiqarish va sh.k.) bo’yicha hujjatlar, xarajatlar bo’yicha ishlab chiqarish hisoboti va boshqalarni oladi.

    • Bosh mexanikdan – asbob - uskunalani harkati va ularni ta’miri to’g’risida, avtotransportni ishlari va boshqalar to’g’risida hujjatlar oladi;

    • Reja bo’limidan – korxonaning barcha faolichti bo’yicha tasdiqlangan reja ko’rsatkichlari (daromad va xarjatlar smetasi) ni oladi;

    • Mehnat va ish haqi bo’limidan – alohida kategoriya ishlovchilariga haq to’lash va mukofatlash, stavkalar, okladlar, shtatlarni o’zgarishi to’g’risida nizomi.


Korxonadagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga, ob’ektiv, hammaga tushunarli ro’yi – rost va boshqaruv faoliyati, shuningdek tashqi foydalanuvchilar uchun hujjatlarni o’zlashtirganda erishish mumkin.


O’zbekiston hududida buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkiliy – uslubiy asosini 1996 yil 30 - avgustida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi tomonidan 1999 yil 5 - fevralda tasdiqlangan
«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom tashkil etadi. Shuningdek, 21 - sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliviy - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» ham me’yoriy hujjatlar jumlasiga kiradi. 21 - buxgalteriya hisobi milliy standarti 2004 yilning 1 - yanvarida amalga tadbiq etilishi mo’ljallangan.
Bu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy qoidalarini belgilaydi va kimning qaramog’ida bo’lishi, mulk shakllari va faoliyat turlaridan, qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlarga tegishlidir.
Shu bilan birga korxonalar bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib xo’jalik yuritishning tashkiliy – huquqiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat xarakterlari, xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi va nazoratni tashkil etish usullarini o’zlari mustaqil belgilash huquqiga ega.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun O’zbekiston Respublikasi hududida ham undan tashqarida joylashgan barcha O’zbekiston hududida ham undan tashqarida joylashgan barcha Respublikasi ro’yxatdan o’tgan davlat tashkilotlari va korxonalari, yuridik shaxslar, ularning sho’’ba korxonalari, filalllari, vakilliklari va boshqa tashkiliy bo’linmalari buxgalteriya hisobining sub’ektlari ekanligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to’liq ishonarli, o’z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Bu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:

  • buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlar holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlar holati to’g’risida to’liq va ishonarli ma’lumotlarin shakllantirish;

  • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumolarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobi ma’lum qoidalar va tamoyillar bo’yicha yuritiladi.


Tamoyil va qoidalarning shunday majmuini o’rnatish kerakki, uni amalda qo’llash hisob yuritishining maksimal samarasini ta’minlasin. Bunda samara deb moliyaviy va boshqaruv axborotlarni o’z vaqtida shakllantirish keng doiradagi foydalanuvchilar uchun ishonchliligi, ravonligi va foydaliligini ta’minlash tushuniladi.
Nazariy jihatdan korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritish qoidalarini o’rnatishga uch xil yondashish mavjud:

  1. Markazlashtirilgan – bunda buxgalteriya hisobini yuritish yagona markazdan boshqariladi;

  2. Markazlashtirilmagan - har bir xo’jalik sub’ekti uchun buxgalteriya hisobi qoidalarini individuallashtirish. Bu xil yondashish hisob ishlarini faoliyat xarakteriga aynan mos kelishini ta’minlagani bilan bu bozor iqtisodiyoti sharoitida to’g’ri kelmaydi.

  3. Aralash – bu birinchi va ikkinchi yondashishni oqilona birlashtirishdir.

Jahon amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, aralash usulda markazlashtirilgan tartibda quyidagilar belgilanadi.
Moliyaviy axborotlarni ishonchliligi, taqqoslanuvchanligi va foydaliligini ta’minlaydigan hisob yuritishning asosiy qoida va tamoyillarini belgilash.
Hisob yuritishning umumiy qoidalari va tamoyillari har bir korxonaning faoliyat ko’rsatish sharoitlari, xodimlar kvalifikatsiyasi, mavjud boshqaruv texnik bazasidan kelib chiqqan holda konkretlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda korxona o’zining hisob siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
BHMSga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ekt har bir xo’jalik yili uchun o’z hisob siyosatini ishlab chiqishi kerak.
Hisob siyosati deganda buxgalteriya hisobi tamoyillari va asoslariga binoan hisob yuritish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tamonidan qabul qilinadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga xo’jalik faoliyati faktlarini guruhlash va baholash, aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish, hujjat aylanish va inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo’llash usullari, hisob tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va boshqa tegishli usullar kiradi.
Bu hisob siyosatida moddiy qiymatliklarni tayyorlash, sotib olish va baholash qoidalari va tartibi, buyumlarni asosiy vositalar va arzon va tez eskiruvchi buyumlarga kiritish mezoni,
ularning eskirishi, tayyor mahsulotlarni baholash va sotish tartibi, buxgalteriya hisobini ish schyotlar rejasini ishlab chiqish va boshqalar belgilanadi. Navbatdagi hisobot yili uchun ishlab chiqilagan hisob sihsati korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan so’ng yuridik hujjat statusiga ega bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati xo’jalik rahbarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosatining shakllantirishda sub’ekt tomonidan qabul qilingan buxgalteriya hisobini yuritish usullari buyruq chiqqan yildan keyingi yilning 1 - yanvaridan qo’llaniladi. Bunda xo’jalik sub’ekti bo’linmalarining joylashgan joylaridan qat’iy nazar, barcha strukturaviy bo’linmalari (alohida balansga ajratilagnalari ham qo’shilgan holda) tomonidan qo’llaniladi.
Yangi tashkil etilgan xo’jalik sub’ektlari qabul qilagan hisob siyosatini moliyaviy hisobotini matbuotda birinchi nashr etilishigacha, lekin davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi kerak.
Kalendar yili ichida hisob siyosati o’zgarmaydi.
Faqat quyidagi hollarda ho’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati o’zgarishi mumkin:

  1. Sub’ekt qaytadan tashkil etilsa (birlashish, ajralish);

  2. Mulkdorlarning almashishi natijasida;

  3. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi o’zgarsa yoki O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi normativ tizimida o’zgarish bo’lsa;

  4. Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilsa. Hisob siyosati oldiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:

    • To’liqlilik (barcha faktlarni hisobda to’liq aks ettirshini ta’minlash);

    • Ehtiyotkorlik - nobudgarchiliklarni aks ettirishga tayyor bo’lish;

    • Mazmunning shakldan ustunligi (muomalalarni iqtisodiy mazmuniga qarab aks ettirilishi);

    • Qarama - qarshisizlik (sintetik va analitik hisoblar ma’lumotlarini tengligi);

    • Oqilona (hisobni tejamkorlik bilan yuritish).
Test savollari:





  1. Yüklə 3,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin