Toshkent – 2003


Jarayonlar: Ta’minot, ishlab chiqarish, sotish Resurslar



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə11/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Jarayonlar: Ta’minot, ishlab chiqarish, sotish
Resurslar: moddiy mehnat, moliyaviy
Ko’rsatkichlar: mahsulot ishlab chiqarish ajmi, tannarx, foyda va hokazo.



  1. chizma. Buxgalteriya tizimidagi boshqarish funktsiyalarining o’zaro aloqasi (bog’lanishi).

Kommunikatsiyaning samaradorligini oshirish ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:

    1. topshiriladigan axborotning mazmuni va shaklini yaxshilash;

    2. axborotni topshirish vositalari va usullarini to’g’ri tanlash.

Shu davrgacha mavjud bo’lgan axborot amaliyotida, yoki, aniqrog’i, ham dastlabki ham umumlashtirilgan ma’lumotlar yig’ma (svodka) va hisobot shaklida topshirilib, u (axborot), asosan, korxonani va uning ayrim bo’linmalarini boshqarish uchun emas, balki tashqi iste’molchilar uchun mo’ljallangan.
Real haqiqatni kuzatish va aks ettirish jarayoni kuzatila¸tgan ob’ektlar haqida ko’pdan- ko’p ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Boshqaruv hisobining vazifasi shu ma’lumotlardan korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni olishdan iborat. Buning uchun boshqarishni qiziqtiradigan axborotlarni tanlab olgan xolda, ma’lumotlar oqimini tahlil qilib chiqish kerak. Bunda oddiy tanlab olish yordam bermaydi. Buning uchun axborotlarni umumlashtirish va o’zaro solishtirish, o’lchash va ularni yangi axborotlar bilan ta’minlash darajasida tahlil qilish zarurdir.
Ma’lumotlarni tizimga solish, umumlashtirish va o’zaro o’lchash keyinchalik qilinadigan iqtisodiy tahlil uchun tartibga solingan axborot manbai hisoblangan hisob tizimida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar axborot bilan hisob va tahlil tizimi orqali bog’lanadi.
Xo’jalik hisobi tizimida albatta ortiqcha bo’lgan axborot ham yig’ib boriladi. Shu bilan birga unda boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotning bir qismi mavjud bo’lmasligi mumkin, shuning uchun hisob boshqaruvning ehtiyojlari va talablariga muvofiq ravishda doimo qayta tuzilib turilishi kerak.
Xo’jalik hisobidagi axborotning kamchiligi ma’lum miqdorda faoliyatni baholashni iqtisodiy tahlil qilish bilan to’ldiriladi.
Iqtisodiy baholash jarayonida muhim tavsiflarni ularning boshqa ko’pchilik tavsiflari bilan bog’langan va shartlangan xolda, o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning ularga bo’lgan ta’sirining tavsifi, boshqaruv ta’sirlarining imkoniyatlari va yo’nalishlarini chuqur faxmlab olinadi.
Boshqaruv hisobining axborot tizimidagi hisob bilan iqtisodiy baholashning o’zaro bog’liqlikda ta’sir etishi shundan iboratki, resurslardan foydalanishdagi iqtisodiy faoliyatning dastlabki xodisalarini betartib ro’yxatga olinishi hisob tizimida tartibga solinadi, ya’ni konkret iqtisodiy xodisalarning miqdoriy tavsifini aks ettiruvchi sintetik ko’rsatkichlarda tizimga solinadi va umumlashtiriladi.
Iqtisodiy tahlilda hisob ko’rsatkichlarining chukur mohiyati, ularning ma’lum faktorlarining ta’siri aniqlab topiladi, maqsadga muvofiqki boshqarishga yo’naltirilgan, yangi maqsadlarning shakllanishi bilan asoslangan, rejali boshqarish va joriy tartibga solish uchun zarur bo’lgan axborot yaratiladi.
Iqtisodiy tahlil jarayonida rejada va hisobda mavjud bo’lmagan yangi ko’rsatkichlar (indekslar, koeffitsientlar, o’rtacha miqdorlar, korrelyatsiyalar va boshqalar) yuzaga keladi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil moliyaviy menejment (resurslarni boshqarish) kuroli sifatida boshqaruv qarorlaridan zarur bo’lgan turli tumanlikni ta’minlaydigan va tanlashni aniqlab beradigan axborotni yaratadi.
Boshqaruv tizimida shakllanadigan iqtisodiy axborot boshqaradigan tizim tomonidan xolatlarni baholash va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o’rniga boshqaruvning bozor tizimini yaratilishi sodir bo’lmoqda. Shu munosabat bilan har bir xo’jalik sub’ekti oldida qator vazifalar namoyon bo’ladi. Bu vazifalarni echish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotdagi sodir bo’la¸tgan jarayonlarda to’g’ri mo’ljalni olish kerak.
Bozor iqtisodiyoti harid qilish-sotish jarayonidagi talab va taklif, raqobatchilik, bozor narxlari mexanizmi orkali ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirishni, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi gorizontal aloqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu narsa o’z navbatida o’zaro optimal sherikni tanlash imkonini ta’minlaydi va shu bilan raqobatchilikni rivojlantiradi. Raqobatchilikni rivojlantirish, o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilarni tashkiliy-texnologik, texnikaviy yangiliklar joriy etish, mahsulot sifatini ko’tarish, ishlab chiqarish harakatlarini pasaytirishga majbur qiladi, bu esa, pirovardida, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy iste’mollarni qondirilishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasidagi bozor munosabatlariga o’tishning dastlabki hozirgi bosqichi tarmoqlarning rivojlanishi, talab va taklif o’rtasida hamon ma’lum me’¸rdagi nomunosiblik, oldin mavjud bo’lgan aloqalarning uzilganligi, resurslarning etishmasligi va natijada, ishlab chiqarish hajmining pasayishi bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitda tadbirkorlikka keng yo’l ochilishi ma’lum me’¸rda iste’molchining normal bozoriga emas, balki mol etkazib beruvchining monopoliyali bozoriga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish samaradorligining yaxshilanishi resurslardan foydalanishning yaxshilanishi emas, balki narxlarning oshirilishi hisobiga erishiladi. Natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni yaxshilash, mahsulot sifatini ko’tarish, ishlab chiqarish chiqimlarini pasaytirish, ilg’or texnologiyani ko’llash, narxlarni pasaytirishga bo’lgan rag’batlar bo’shashtiriladi.
Bu kamchiliklarni sekin-asta bartaraf etish uchun monopoliya tizimlarini buzib tashlash, talab va taklif, tovar va pul massalari o’rtasidagi tenglikka erishish, pul tizimini sog’lomlashtirish hamda mulkchilikning har xil shakllari va xo’jalikni yuritishning usullari sharoitidagi korxonalar o’rtasida raqobatchilikni rivojlantirish zarur bo’ladi. Shu bilan birga, raqobatchilikning o’zi faqat tovarlar bozoridagi talab va taklifning o’rtasidagi muvozanatlikka erishilgan xoldagina mumkin bo’ladi, chunki ortiqcha to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan talabda har
qanday ishlab chiqaruvchi monopolchiga aylanadi. Mazkur muvozanatlilikka erishish o’tish davrining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish eski xo’jalik mexanizmini o’zgartirib, yangisini yaratishni talab qiladi. Bozorning shakllanishi sharoitidagi korxonalarning normal yashash faoliyatini ta’minlashning eng aktual vazifalaridan biri mana shu munosabatlarga to’g’ri keladigan rejalashtirish va hisobga o’rin topishdir.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida rejalashtirish va hisobda direktivlik va uning yo’nalishidagi aniqlilik printsiplariga qat’iy rioya qilinar edi. Bu esa yuqori tashkilotlar tomonidan reja topshiriqlarining amalga oshirilishi ustidan nazorat etishni ta’minlar edi.
Xalq xo’jaligidagi ishlab chiqarishning rejali tizimini tashkil qilish o’ttizinchi yillarning birinchi yarmida resurslarni markazlashtirish va ularni asosan og’ir sanoatni rivojlantirishga yo’naltirish maqsadi uchun yaratilgan. Boshqaruvning markazlashtirilgan xususiyati ayniqsa ikkinchi jahon urushi yillarida kuchayib ketdi. Bunday tizim urushdan keyingi yillarda ham asosan saqlanib qolindi, bu esa, o’zining navbatida, boshqaruvning iqtisodiy usullarining rolini pasaytirib, boshqaruvning ma’muriy usullarini ko’llash doirasini asossiz kengaytirishga olib keldi.
Rahbarlik qilishning rejali tizimi korxonalarga ko’p miqdordagi reja topshiriqlarini asosan direktiva (ko’rsatma berish) bilan etkazishga aylanib qoldi. Bu shunga olib keldiki, xo’jalik hisobi (xozraschet) munosabatlari ikkinchi darajali masalaga aylanib, natijada xo’jalikni yuritishning iqtisodiy usullari ahamiyatining pasayishiga olib keldi.
Rahbarlik qilishning Markazlashtirilgan rejali kuchaytirilishi rahbariyatning manfaati bilan korxona jamoasi manfaatlari o’rtasidagi nomuvofiqlikka olib keldi. Reja topshiriklari asosan hajm va miqdoriy ko’rsatkichlarni oshirishga mo’ljallanar edi. Korxonalarning ishlab chiqarishni texnikaviy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan manfaati shu bilan pasaytirilgan edi, bu esa modernizatsiyalash, yangi texnika va texnologiyani joriy etish rejalarini bajarishda katta qoloqlikka olib kelgan edi.
"Iqtisodiyotni tubdan isloh qilish"ning borishida amalga oshirilgan kadrlarni almashtirish, boshqarish organlarining qisman qayta tuzilishi, korxona faoliyati ustidan nazoratning kuchaytirilishi sezilarli natijalarga olib kelaolmadi, chunki xo’jalik mexanizmida katta jiddiyroq bo’lgan qayta o’zgarishlar qilish zarur edi.
Direktivali rejalashtirish, boshqarishni markazlashtirish bilan iqtisodiy usullarning ahamiyati pasaytirilgan va korxonalarning huquqlari va mustaqilligi qat’iy chegaralar bilan cheklangan edi.
Boshqarishning ma’muriy usulidan foydalangan holda, ob’ektiv ta’sir eta¸tgan iqtisodiy qonunlarni hisobga olmasdan, xo’jalikni yuritishning iqtisodiy usullaridan ustunroq
foydalanmasdan turib, barcha xo’jalik jarayonlarini davlat rejasi bilan qamrab olish amalda mumkin emas edi. Aynan shuning uchun reja topshiriklari ularning haqiqatda bajarilishidan qat’iy farq qilar edi. Xo’jalik mexanizmini qat’iy qayta ko’rmasdan, boshqaruvning iqtisodiy usullarini oshirmasdan turib, korxonalarning huquqlarini kengaytirish va ularning tashabbuskorligini oshirish mumkin emas edi.
Iqtisodiyotni iqtisodiy boshqarishni tubdan qayta ko’rish ko’proq ma’muriy-buyruqbozlik usulidan barcha darajadagi iqtisodiy usullarga, boshqaruvning keng demokratlashtirishga o’tishni anglatadi. Faqat boshqaruv tizimining haddan tashqari markazlashtirilgan buyruqbozlik tizimidan voz kechishgina uning demokratlanishini anglatadi, o’z o’zini boshqarishni rivojlantirish va insoniy shaxsning potentsialini faollashtirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Xalq xo’jaligidagi boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalanish, yuqori unumdorli bo’lgan mehnatni rag’batlantirishning iqtisodiy omillarini mensimaslik, mehnatkashlarning umumiy faolligini pasaytirish va jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining pirovard natijalariga nisbatan ijtimoiy befarqlikka olib keldi. "Korxona to’g’risida" qabul qilingan qonun korxonalarga o’z tashabbuslari bilan o’zaro to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzishda ba’zi mustakillikni berdi, ishlab chiqarish jamoasining faoliyatida ilgari bo’lganiga qaraganda ko’proq mustaqillikni berdi.
Shu bilan birga, korxonalarning mustaqilligi 1988-1989 yillarda sanoat ishlab chiqarishining ko’p qismini qamrab olgan davlat buyurtmasi tizimi bilan anchagina cheklangan edi. Natijada rejalashtirishda ro’y bergan o’zgarishlar ishlab chiqarish hajmining o’sishi va uning samaradorligini oshirishda kerakli rolni o’ynay olmadilar.
Shu munosabat bilan, mavjud bo’lgan sharoitda tanlov (konkurs)li rejalashtirishga o’tish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki bunda har xil mulkchilik shaklidagi korxonalar (tovar ishlab chiqaruvchilar xalq xo’jaligi rejasining hamda o’z o’zini boshqarish uchun kerakli zaminiy ma’lumotlarning shakllanishida bevosita va teng huquqli qatnashuvchilarga aylanar edilar. Bunda barcha qatnashuvchilarning takliflaridan ijtimoiy iste’mollar va tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga eng to’la javob beradigan optimal varianti tanlab olinishi kerak. Bu holda davlat buyurtmasi o’z ixti¸ri asosida qabul qilinadi va korxonalarga ma’lum darajadagi birinchilik, imti¸zlar va mukofotlar berilishi kerak (soliq stavkalari, kreditlar uchun foizlarning pasaytirilishi, ishlab chiqarishni rivojlantirishga davlat investitsiyalari berish va hokazo).
Korxona darajasidagi rejalashtirishga kelganda esa, unda bu erda ham pastki tizimlardan kelib chiqish kerak, ya’ni asbob-uskunalarning quvvati, ishchilar, keyinchalik, brigada, uchastka, tsexlar malakasi darajasi va hokazolarni hisobga olgan holda ish joyidan boshlash lozim.
Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy bosqichi tavsifining belgisi, unda boshqaruv tizimiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsata¸tgan ishlab chiqarish sohasida chuqur o’zgarishlar sodir bo’la¸tganidir.
Mulkchilikning har xil shakllarining rivojlanishi, xo’jalikni yuritish sohasida har xil xususiyatlarning mavjudligi boshqarishning shakllari va usullarida ham har xillikka olib keladi. Shuning bilan birga har qanday boshqaruv tizimini axborot tizimisiz xa¸lga keltirish mumkin emas. Korxona axborot tizimining asosini buxgalteriya hisobi tashkil qiladi.
Uzoq muddat davomida hisob ilmiy va amaliy xodimlar tomonidan umumxalq mulkining saqlanishini va korxona mulklaridan samarali foydalanishni nazorat qilish usuli sifatida idrok qilinar edi. Buxgalterlik xizmati korxonaning boshqa xizmat joylaridan ajratib qo’yilgan edi.
Bunday xol shunga olib keldiki, hisob ma’lumotlari korxonaning ishlab chiqarish, moliyaviy va xo’jalik faoliyatini joriy boshqarishda juda qoniqarsiz ishlatilar edi, chunki iqtisodiy xizmat mutaxassislari ish vaqtining ko’p qismi axborotni yig’ish, ishlash va yuqori organlarga hisobot tuzishga sarflanar edi.
Buxgalteriya hisobi vertikalli nazorat manfaatiga bo’ysindirilgan edi. Nazoratning sub’ektlari vazifasini markaz va respublikalar Moliya vazirligi, ularning o’rtasida esa korxonaning ishlab chiqarish, moliya va xo’jalik faoliyatining turli-tuman tomonlarini tavsiflovchi hisobot tizimi va ko’p sonli ko’rsatkichlarini shakllantiruvchi yuqori organlar bajarar edilar. Natijada qo’pol va qat’iy qoidalar bilan cheklangan hisob tizimi vujudga keldi. Uning eng muhim vazifasi - korxona faoliyatining holati va natijalari haqidagi iqtisodiy axborotni vaqti-vaqti bilan umumlashtirishni ta’minlash va ko’p sonli hisobot shakllarini tuzishdan iborat edi.
90-yillarda davriy matbuotda buxgalteriya hisobini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish yo’llarini muhokama qilish boshlandi. Jumladan, sch¸tlar rejasining buxgalteriya hisobini unifikatsiyalashdagi mazmuni va ahamiyati to’g’risida, korxona faoliyatini nazorat qilish shakllarini audit ko’rinishida rivojlantirish to’g’risida, buxgalteriya hisobini yuritish maqsadlarini axborotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun ajratish to’g’risida, mulkchilikning har xil shaklidagi korxonalar faoliyatining ayrim tomonlarini hisobga olishni tashkil qilish to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.
o’sha vaqtda hisobni tartibga soluvchi yangitdan qabul qilingan yo’riqnomalar, nizomlarning tavsifiy belgilari shundan iborat bo’ldiki, ular o’sha vaqtda amal qila¸tgan hisob tizimini to’ldirish, ayrim, qisman masalalarni echishga yo’naltirilgan va ko’p jihatdan mulkchilikning va tadbirkor faoliyatining har xil yangi shakllarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan yangi ob’ektlarning yuzaga kelishi bilan shartlangan edi. Bunda hisob tizimining
uslubiyati, roli va mazmunida korxonani boshqarishning ehtiyojlariga mo’ljallangan tubdan o’zgartishlar ro’y bermadi.
Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilgan hisobotni qisqartirish korxonalarning mustaqilligini, harajatlarini hisob bilan tahlil o’rtasida taqsimlashni ta’min qilishi kerak edi. Lekin joriy etish dasturining yo’qligi, xalqaro standartlari talablariga javob beradigan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi hisobning uslubiyatlari va tashkil qilish dasturlarining o’rganilmaganligi shunga olib keldiki, hisobning tashqi iste’molchilarga bo’lgan ahamiyati beqi¸s oshib ketdi.
Hisobning qisqartirilishi asossiz ekanligi, tashqi hisobotdagi ortiqcha ko’rsatkichlarning "keraksizligi" sababli tahliliylikning yo’qotilishida namo¸n bo’lgan hisobning maqsadlarida uzilish (kelishmovchilik) yuzaga keldi. Bu esa an’anaviy hisob bilan zamonaviy hisob o’rtasidagi izchillik (ketma-ketlik)ning buzilishiga olib keldi.
Natijalar hozirdanoq o’zini bildirmoqda: xo’jalik faoliyatini retrospektiv tahlil qilish paytida olingan axborotning qiymati uning asosida hisoblab chiqilgan tavsiyanomalarning qiymatliligi bilan solishtirsa bo’ladi. Bu sintetik va hatto tahliliy hisobning ma’lumotlari bo’yicha solishtirilishi mumkin bo’lgan axborot zaminini yaratish zaruriyati bilan bog’liqdir.
Natijada, hisob tizimida faqat pirovard natijalar - hisobotga ko’z tikkan buxgalterlar- amaliyotchilar qisqartirilgan hisobotda, birinchi navbatda, hisobni soddalashtirish imkoniyatini ko’rdilar. Bu narsa ayniqsa davlat mulkchiligi asosida qayta tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlari, ijara, jamoa, shirkat korxonalarida sezilarlidir.
Buxgalteriya hisobidan keladigan naf (qaytim) darajasining pastligiga sabab, hisob axbortlaridan bevosita foydalanuvchi - boshqaruv qismining hisob natijalariga bo’lgan aniq ifodalangan ehtiyojning yo’qligidan iborat bo’ldi.
Davlat korxonalarining rahbarlari korxonalar faoliyatining buyruqbozlik ma’muriy vositalar emas, balki iqtisodiy vositalarga bo’ysingan sharoitda ishlashda uncha katta bo’lmagan tajribaga egalar. Yangi boshqaruv shaklidagi korxonalar tadbirkorlari - tashkilotchilari esa buxgalteriya hisobida hozircha faqat tashki iste’molchilar uchun hisobot tuzish vositasini ko’rib, o’z farosatlariga tayanmoqdalar.
Demak, unisi ham boshqasi ham hozirgi bosqichda ishlab chiqarishni samarali boshqarish maqsadlari uchun hisob tizimini shakllantirishning tashabbuskorlari sifatida chiqaolmaydilar.
Buxgalteriya hisobining mavjud tizimi ko’proq darajada xo’jalikni yuritishning ekstensiv usuliga mo’ljallangan. Tahlil shuni ko’rsatmoqdaki, xo’jalikni yuritishning yangi sharoitlaridagi buxgalteriya hisobida bo’lib o’tgan o’zgarishlar ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy muammolarini echish sifatiga ta’sir etmadi. Natijada boshqaruvning mazmuni bilan xo’jalik hisobi (xozraschet) va buxgalteriya hisobi o’rtasida nomuvofiqlik kelib chiqdi.
Iqtisodchilarning bir guruhi xo’jalik hisobi munosabatlari sharoitidagi hisobga cheklangan talablar doirasiga mo’ljal qilsa, boshqalari bu talablar nuqtai nazardan baho beraturib, ko’pchilik mualliflar, odatga ko’ra, birinchi navbatda, hisob korxonani boshqarish tizimini boshqaruv ob’ektlarining holati haqidagi zarur axborot bilan ta’minlamayapti, deb ta’kidlamoqdalar. Bu xulosaning to’g’ri ekanligi bilan kelishmasdan iloji yo’q.
Buxgalteriya hisobi korxonalarda faqat xo’jalik muomalalarini aks ettirishning bevosita hisob funktsiyasini bajaradi, ya’ni ma’lum darajada passiv xususiyatga egadir.
Lekin uning boshqa muhim hisoblangan axborot bilan ta’minlash funktsiyasiga kelsak, unda uning amalga oshirilishi ishlab chiqarish va boshqarishning zamonaviy talablariga javob bermayapti.
Lekin hisobni bozor munosabatlari talablariga muvofiq faqat hisob ma’lumotlarini kengaytirish asosida, uning mazmuni, maqsadga muvofiqligi, muddatlari, ularni olish sarflarini, nimaga mo’ljallanganligini va topshirish shakllarini hamda boshqaruv ob’ektlarini hisobda aks ettirish usullarini hisobga olmasdan, takomillashtirish salbiy natijalarga olib keladi, chunki hisob ishlarini asossiz oshirib yuborish boshqaruvchi tizimning unga bo’lgan qiziqishini susaytiradi va undan foydalanishda rasmiyatchilikka olib keladi.
Hisob ishlab chiqarishni boshqarish tizimida boshqaruv ob’ektlari to’g’risidagi axborot manbai bo’libgina qolmasdan, uning holatini tezkorlik bilan nazorat qilish quroli hamdir.
Shu munosabat bilan, ayrim iqtisodchilar hisob tizimi tarkibiy bo’linmalarning xo’jalik hisobi (xozraschet) ko’rsatkichlarini maxsus tashkil qilingan tezkor (tezkor) hisobsiz olishni ta’minlashi kerak deb hisoblaydilar, chunki xo’jalik hisobidagi bo’linmalar faoliyati haqida kerak bo’lgan ishonchli axborotni buxgalteriya hisobi ta’minlaydi.
Bunday an’anaviy va shu bilan birga, mutlaqo noto’g’ri yondoshish, bir tomondan, tarkibiy bo’linmalar faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish vazifalarini echish imkoniyatlarini ob’ektiv yo’qka chiqaradi, chunki buxgalteriya hisobi yuqori darajadagi ishonchliligi bilan ajralgan xolda, birinchidan kechiktirib va, ikkinchidan, tezkor boshqarishning ehtiyojlarini qondirish uchun axborotning zaruriy batafsilligisiz olib boradi va odatga ko’ra korxonalar faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni tuzish uchun foydalaniladigan ma’lumotlarni beradi. Boshqa tomondan, bunday yondashish korxonaning barcha boshqa xizmat joylarini javobgarlikdan ozod qilib, hamma ishlarni buxgalteriyaga yuklaydi. Undan tashqari dasblabki hisob bosqichida amalda dastlabki buxgalteriya hisobi bilan tezkor hisob o’rtasidagi chegarani aniq belgilash mumkin emas.
Shuning uchun, dastlabki hisobning uslubiyatini ishlab chiqarishda harajatlar hisobining uslubiy printsiplari ierarxiyali tizimida dastlabki hisob uning asosini tashkil qilishidan kelib
chiqish kerak, shuning uchun tezkor axborotning shakllanishi jarayonidan to’la abstraktsiyalanish mumkin emas.
Binobarin, ishlab chiqarishga qilingan harajatlarni hisobga olish uslubiyatini ishlab chiqishda, bizning fikrimizcha, faqat buxgalteriya hisobi bilan cheklanish mumkin emas.
Boshqa iqtisodchilar korxona va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatining natijalarini aniqlashda asosiy rolni tezkor hisob egallaydi, deb hisoblashadi.
Mualliflarning tezkor hisob batafsilrok, axborotlarni uning dinamikasida umumlashtirish imkoniyatini beradi, degan fikrlariga qo’shilish mumkin. Shu bilan birga, tezkor hisob rivojlanishdagi istiqbolni yoki kutiladigan natijalarni aniqlash uchun etarli darajada ishonchli va aniq bo’lgan axborotni beraolmaydi, bu esa boshqaruvni yanglashtirishi mumkin. Shuning uchun tezkor hisob mustaqil ravishda faqat juda aniq bo’lgan ma’lumotlarni olish talab qilinmaydigan ish joylarida ishlatilishi mumkin.
Korxonani boshqarishni axborot bilan ish joylarida ta’minlashda hisobning hamma uch turi birgalikda amal qilishadi, degan nuqtai nazar ham mavjud. Lekin iqtisodiyotning birlamchi bosqichida korxonalarning xo’jalik hisobidagi bo’linmalari faoliyatining aniq natijalarini faqat buxgalteriya hisobi va tezkor hisob tizimida aniqlash mumkin.
S.A.Stukov tomonidan o’tkazilgan tahlil natijalari shuni ko’rsattiki, korxona(birlashma), tsex, brigada va aloxida ish joyi darajasida buxgalteriya hisobi vositalari yordamida 52,9 %, tezkor-texnika hisobi vositalari yordamida - 41,1%, statistika usullari bilan - 48,5% ko’rsatkichlarning bajarilishi aks ettirilishi mumkin. Bunda ko’rsatkichlarning 61,7% oldindan qilinadigan tahliliy ishlovni talab qiladi. Shu bilan birga tenglama, (52,9%+44,1%+48,5%) 100 da ko’rsatilgan. Bu bir ko’rsatkichning o’zi bir necha hisob turlarida aks ettirilishi bilan tushuntirilishi mumkin, ya’ni, muallif hisob ma’lumotlarining qayta-qayta aks ettirilishini inkor etmagan.
Korxona axborot tizimi shuni isbotlamokdaki, axborot okimidagi 40-50% axborot ortikcha bo’lib, shu bilan birga boshqarish uchun zarur bo’lgan 50% ga yakin axborot etishmas ekan.
Shunday qilib, bir tomondan, axborotda ancha etishmovchilik, uni kechiqib olish kuzatilsa, boshqa tomondan buxgalteriya, tezkor-texnika va statistika hisobi tomonidan etkazib beriladigan axborotning yarmisi hech kimga kerak emas ekan, bu esa hisobning inqirozlik holatidan xabar beradi.
Demak, boshqaruvchi tizimning axborotga bo’lgan ehtiyoji va hisob tizimini boshqaruv ehtiyojlariga muvofiqlashtirish yo’llarini tadqiqot qilishni faollashtirish zarur bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish korxonadagi iqtisodiy ishlar kontseptsiyasini qaytadan ko’rib chiqish va uning yangi modelini yaratishni talab qiladi.
Bu masalani echish uchun B.M.Valuev korxonada iqtisodiy ishlarni tashkil qilishning amaldagi funktsional printsipi o’rnida maqsadli dasturlar asosida tashkil qilishni taklif qilgan. Buning uchun rejalashtirish, hisob va iqtisodiy tahlilning funktsiyalarini korxonaning iqtisodiy- texnikaviy ish joylari funktsional bo’limlarga topshirish taklif qilinadi. Jumladan, masalan, materiallar hisobini moddiy-texnika bo’limida olib borish, tay¸r mahsulot, uni ortib jo’natish va sotish hamda tijorat harajatlarini hisobga olishni mahsulotni jo’natish (sbit) bo’limida amalga oshirish, xaridorlar, moliyaviy organlar bilan hisob-kitoblarni - moliya bo’limida hisobga olish taklif qilinadi.
Shu nuqtai nazarga amal qilinsa, korxonaning buxgalteriyasi qismlarga ajratilib, uning funktsiyalari ko’p sonli funktsional bo’limlarga ajratilgan bo’lib koladi. Natijada, buxgalteriya tizimining umumiyligi, birligi yo’qoladi, hisob axborotining sifati va ishonchliligiga javobgarlik pasayadi, buxgalteriya masalalarini echish borasidagi muvofiqlashtirishga qilingan mehnat harajatlari oshib ketadi.
Amali¸t shuni ko’rsatdiki, hisobning amal qila¸tgan tizimi negizida uning optimal mazmunini qidirish va uni yanada takomillashtirish kutilgan natijalarga olib kelaolmadi. Masalaga bunday ¸ndashish, nihoyatda cheklangan va istiqbolsizdir.
Shu munosabat bilan, hisob oldida tezkorlik va tahliliy xususiyatlarni kuchaytirish, qarorlarni qabul qilish uchun zaruriy ma’lumotlarni berish, qisqa muddatli va uzoq muddatli iqtisodiy prognozlarni tuzish vazifalari turibdi.
Hisob shu vaqtgacha bo’lganiga qaraganda ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnologiya, rejalashtirish, boshqarish, matematik dasturlash, informatika asosida boshqarish uchun hisob tizimini yaratish ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
Mazkur modeldan nafaqat korxona darajasida, balki uning ichki xo’jalik tijorat hisobi (kommercheskiy raschet)ning turli-tuman shakllarining amal qila¸tgan sharoitidagi tarkibiy bo’linmalarida ham foydalanish mumkin.
Mulkchilikning har xil shakllari rivojlanishi, tashqi iqtisodiyot aloqalari sohasida bo’lib o’ta¸tgan o’zgarishlar, minglab korxona va tashkilotlarning tashqi savdoda to’g’ridan-to’g’ri qatnashishi, ochiq zonalarning yaratilishi ichki firmaviy buxgalteriyaning «g’arbiy» maktabi, ommaviy moliyaviy hisobot, kompaniya faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish va uslubiyati printsiplari kabi masalalarga katta qiziqish uyg’otadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bu masalalarning amaliy ahamiyatini nihoyatda oshirib yuboradi. Bizning korxonalarimiz shu vaqtgacha majbur bo’lib ishla¸tgan sharoitlar jalb qilishi mumkin bo’lgan biror-bir g’arbiy kompaniyani ko’z oldiga keltirish qiyin.
1990 yilning boshidan boshlab MDH davlatlarida yangi bozorning shakllanishidagi birinchi belgisi hisoblangan qo’shma korxonalar rasmiy e’tirofga ega bo’ldi. Ko’shma
korxonalarning tashkiliy tuzilishida xo’jalikni yuritishning ikki - vatan va g’arbiy kontseptsiyalari madaniyatlari to’qnashdi.
Shuni ochiqdan-ochiq e’tirof etish kerakki, ishlab chiqarishni boshqarishning ko’pchilik belgilar bo’yicha samaradorligi aniqlanadigan nafaqat g’arb modeli darajasida, balki davlat darajasidagi tartibga solish darajasida ham shubhasiz afzallikka ega. Bunda xorijiy sherik tashabbuskorroq va obro’liroq tomon bo’lib hisoblanadi.
qarbiy sheriklarning faoliyati shuni yaqqol ko’rsatmoqdaki, bizning xo’jalik xodimlariga ma’lum bo’lgan yo’riqnomali va qat’iy cheklangan buxgalteriyadan tashqari, dun¸ bozoridagi kuchli raqobatchilikning og’ir sharoitida korxonani samarali boshqarishning muhim quroli hisoblangan buxgalteriya san’ati ham mavjuddir.
Krizislik holatlar sabablari bo’yicha zararlarga yo’liqish xavfi, raqobatchilik kurashining kuchayishi qator yangi muammolarni yuzaga keltiradi va yashab qolishlikning muvaffaqiyati shu muammolarning echilishiga bog’liqdir. O’arorlarni qabul qilish jarayonida keskin qiyinchiliklar bo’lsa javobgarlik darajasi yanada oshadi. Hatto uncha katta bo’lmagan boshqaruv xatolari ba’zida juda qimmatga tushadi.
Strategiyali rejalashtirish bilan tezkor ishning bir vaqtning o’zida ratsional bo’lishi va muvofiq ravishda olib borilishi va uzoq muddatli kurs (yo’nalish)ning joriy masalalar bilan chambarchas bog’lanishining zarurligi muqarrardir.
Bu sharoitlarda buxgalteriya hisobi, garchi uning tashkil qilinishi asr boshidagi yoki bundan o’ttiz yil avvaldagi kompaniyaning hisobchiligidan kam darak bersa ham, u o’zining afzalliklarini to’la saqlab qolgan.
Hisobning ko’pchilik an’anaviy tarixiy vositalari (schetlar, ikkiyoqlama yozuv, balansli umumlashtirish o’zgarmasdan qolganligiga qarmasdan, firmalarning buxgalteriyasi hisob amaliyotining rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlari (AO’Sh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqalar) ishlaridagi tajriba shundan dalolat beradiki, buxgalteriyaning ikki qismga – umumiy (moliyaviy moliyaviy) va boshqaruv (kalkulyatsiya, ishlab chiqarish)ga bo’linishi firmalar ishlarining iqtisodiy darajasiga va asosiy maqsad - tannarxni pasaytirish va foydani oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu mamlakatlarda qarorlarni chiqarish nazariyasi hisob bilan chambarchas bog’lanadi.
Xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni ratsionalizatsiyalash harajatlari va tannarx to’g’risidagi aniq va mukammal axborotga asoslanayotgan bir paytda, bizning mamlakatimizda 1965 yildan boshlab ishlab chiqarish harajatlari ustidan nazorat qilish muammolariga bo’lgan e’tibor asta-sekin kamayib bordi.
Masalan, tannarx ko’rsatkichi, 1965 yil 1 yanvaridan boshlab asosiy ko’rsatkichlar qismidan hisob-kitob ko’rsatkichlar qismiga o’tkazilishi natijasida unga bo’lgan oldingi qiziqish yo’qqa chiqarilgan edi.
Natijada tannarxning har yilgi pasaytirish hajmi doimo kamayib bordi: 1976-1970 yillarda
- 1%, 1971-1975 yillarda - 0,6%, 1976-1980 yillarda - 0,1%. Lekin, keyinchalik tannarx nafaqat pasaytirildi, balki o’sa boshladi. Masalan, 1 so’mli tovar mahsulotiga qilingan harajatlar indeksi 1989 yilda 0,3%ga, 1990 yilda esa 1,3% ga oshdi va hokazo.
Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarishni intensivlashtirish maqsadida, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, hisobning maqsadlari va vazifalarini, asosan, korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini boshqarishning ishlab chiqarish ehtiyojlariga karatish kerak. Bunday holda ishlab chiqarishni optimizatsiyalash maqsadlariga butunlay bo’ysundirilgan boshqaruv hisobining yangi samarali tizimi yuzaga keladi. Bunday hisobni tashkil qilish eng avvalo korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini boshqarish ehtiyojlariga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak.
Hisobning xalqaro tizimi bizning mamlakatimizda 1924-1928 yillarda yaratila boshlagan
«harajatlar - (mahsulot) chiqarish» usulidan foydalanishga asoslangan.
Bu usulning negizi mahsulot chiqarishni unga qilingan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish harajatlari bilan solishtirib o’lchash hisoblanadi. Bunday solishtirib o’lchash korxona faoliyatining davrdagi moliyaviy natijasini shu korxonadagi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tay¸r mahsulot qoldiqlarining o’zgarishini hisobga olgan holda aniqlash imkonini beradi.
Umumiy buxgalteriyada moliyaviy natijalar tovar, xizmatlarni xaridorga topshirish daqiqasiga bo’lgan harajatlar va chiqarish (realizatsiya)ni solishtirish yo’li bilan aniqlanadi va to’lov daqiqasiga bog’liq bo’lmaydi. Buning natijasia ortib jo’natilgan va sotilgan mahsulotning tannarxini hisoblab topishga hojat qolmaydi, bu esa hisobning mehnat talabini pasaytiradi.
Shu munosabat bilan, buxgalteriya standartlari bo’yicha xalqaro komitet tomonidan sch¸tlarni balansli (balansni tuzishda qatnashadigan) va muommalash («harajatlar-chiqarish» usuli bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo’llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan) aniq qismlarga ajratish taklif qilingan. Bu moliyaviy natijani har xil, lekin o’zaro solishtira olish mumkin bo’lgan usullar bilan aniqlash imkonini beradi:

  • aktiv va passiv schyotlar bo’yicha qoldiqlarni solishtira olish;

  • umumiy buxgalteriyadagi «harajatlar - chiqarish» usuli bo’yicha harajatlar unsurlari (elementlari) asosida;

  • boshqaruv buxgalteriyasidagi «harajatlar - chiqarish» usuli bo’yicha, harajatlar moddalaridan, ularni tarkibiy bo’linmalar bo’yicha qismlarga ajratgan holda, foydalanish asosida;

  • javobgarlik markazlari bo’yicha;

  • harajatlarni, chiqarish bilan o’zaro solishtirish va olingan natijani ma’lum davrdagi tugallanmagan ishlab chiqarishga qilingan harajatlarning o’zgarishiga tuzatish yo’li bilan.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida buxgalteriya hisobi sohasida ikki muammoni echish kerak bo’ladi.
Birinchi muammo bozor iqtisodiyoti sharoitlariga va xalqaro buxgalteriya standartlariga to’g’ri keladigan buxgalteriya hisobi asoslarining nazariy, tashkiliy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Buxgalteriya hisobining vazifalari va funktsiyalarini qaytadan, bir tomondan, axborotdan tashki foydalanuvchilar manfaatini ko’zlab amalga oshirilishi kerak (davlat tuzilmalarini foydaning to’g’ri hisoblanishi, soliqlar hisob-kitobining to’g’rililigi va ularning o’z vaqtida to’lanishi; kreditorlarni - moliyaviy ahvol, to’lov qobiliyati, korxona kreditor qarzining ta’minlanganligi qiziqtiradi; investorlarni korxonaning rentabelligi qiziqtiradi).
Boshqa tomondan, hisob axborotidan ichki foydalanuvchilarning ham manfaatlarini hisobga olish kerak. Bu manfaatlar boshqaruv buxgalteriyasini, schetlarning ishchi rejasi, hisob uslubiyati va tashkil qilish yo’llari, harajatlarni yuzaga kelish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha nazorat va tahlil qilishni yaratishning zaruriyatligida, resurslardan foydalanishni me’yor va smetadan chetga chiqish bo’yicha sabablar va ayibdorlarga ajratilgan xolda boshqarish hamda istiqbolni aniqlash (prognoz) imkoniyatlarida ifodalanadi.
Ikkinchi muammo hisob tizimida hisoblash texnikasi vositalaridan kompleks foydalanishni kengaytirishni nazarda tutadi.
Iqtisodchilar shunga aminlarki, kalkulyatsiyasiz korxonani boshqarib bo’lmaydi. Lekin raqobatchilik kalkulyatsiya qilishni deyarli puchga chiqarib ko’yadi, chunki narx bu xolda talab va taklif ta’sirida yuzaga keladi, mahsulotning haqiqiy tannarxi o’zicha narxga ta’sir etmaydi (reja va normativ tannarx muhim ahamiyatga ega bo’ladi). Undan tashqari, bozor sharoitidagi mahsulot va xizmatlarni sotib olish narxlari, ilgari bizning mamlakatimizga xos bo’lgan, korxonaning muayyan daqiqadagi real moliyaviy axvoli emas, balki o’tgan davrdagi vaziyat (kon’yuktura)ga qarab shakllanadi. Shuning uchun, haqiqiy tannarx yordamida, ishlab chiqarishni boshqarish va, ayniqsa, foydalanilmagan imkoniyatlarni topish, mumkin emas.
Ishlab chiqarishni faqat xo’jalik jarayonini boshqaruvchi boshqarishi mumkin. Bunda mavxum o’rtacha ko’rsatkichlar emas, balki xo’jalik hayotidagi harajatlarni ifodalovchi faktlar hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, o’tgan narsani boshqarib bo’lmaydi. Smeta yoki normativ kalkulyatsiya xo’jalik jarayoniga mo’ljal ko’rsatadi, lekin
haqiqiy kalkulyatsiya endi hech narsa bilan yordam qilaolmaydi, chunki fursat qo’ldan berilgan va joriy boshqaruv qarorlarini chiqarish uchun olingan xulosalar foydasizdir.
Ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini topish va foydalanish, ya’ni, pirovardida, tannarxning erishilgan darajasini pasaytirish talablari ham mutlaqo bema’ni xa¸l bo’lib qoladi.
Shunday qilib, bozorning ob’ektiv qonunlari amal qila¸tgan sharoitda ishlab chiqarishni ta’sirchan boshqarish ishlab chiqarish jarayoni yoki hisob tsiklining yakunlanganidan keyin olingan haqiqiy tannarx to’g’risidagi axborot asosida emas, balki harajatlar me’yorlari (standartlari), chiqarish va natijalardan foydalanish (ulardan ogishni tezkorlik bilan topish va boshqaruv qarorlarini asoslash paytida shu og’ishlarning sabablari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish yo’li bilan) asoslash mumkin.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin