Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə10/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Buxgalteriya hisobi ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob- kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham, tezkor va statistika hisobidagi kabi, barcha o’lchagichlar - natura, mehnat va pul o’lchagichlari qo’llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o’lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o’lchagichda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mexat o’lchagichlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchagichida ifodalanadi.
Pul o’lchagichi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, qo’yidagi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag’lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan harajatlar, davr harajatlari, ko’zda tutilmagan harajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, realizatsiyadan olingan yalpi tushum, morjinal (eng katta yalpi) foyda va shu kabilar.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir muomala dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha muomalalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yig’ma yakunlangan ko’rsatkichlarni olish uchun yig’ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo’jalik faoliyatini uzluksiz va o’zaro bog’langan xolda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda bir kompaniya (birlashma) tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobining kator ko’rsatkichlari umumlashtirilgan ko’rinishda korxonaning moliyaviy xolatini baholashda ishlatiladi. Umumlashtirilgan ko’rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko’pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Yuqorida buxgalteriya hisobini ichki va tashki foydalanuvchilar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotni o’lchaydigan, ishlaydigan, "g’alvirdan o’tkazadigan" va tayerlaydigan tizim sifatida ta’rifladik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o’zaro bog’liq bo’lgan ikki qismdan (balki buxgalteriyaning ikki idora (apparat)dan - moliyaviy va boshqaruv hisobdan iborat. Boshqaruv hisobi (management accounting) rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o’lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob (financial accounting) rahbariyat tomonidan firma ichida ishlatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashkaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo’ladi.

Xalq xo’jalik hisobining har bir turi - tezkor, statistika va buxgalteriya korxonalar (tashkilotlar, muassasalar)ni, regionlar va respublika boshqarish jarayonida ma’lum rol o’ynaydi.


Hisobning o’zaro chambarchas bog’langan uchta turi xalq xo’jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to’g’ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo’jalik hisobining predmeti - ishlab chiqarishni boshqarish uchun iste’molchilarga tez va ob’ektiv axborot etkazib berishdir. Uning ayrim turlari shu jarayonning alohida - alohida tomonlarini aks ettiradi. Xo’jalik hisobi barcha turlarining maqsadi - korxona, tashkilot rahbariyatiga xo’jalik faoliyatini imkon qadar unumli amalga oshirish va ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashga erishish maqsadida xo’jalik faoliyatining borishi haqidagi axborotni etkazib berishdir. Hisobning har bir turi shu maqsadga erishishga yordam beradi. Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan ob’ektlarga nisbatan xal etiladi.
Statistika hisobi buxgalteriya hisobining, ayniqsa yakuniy ma’lumotlari (hisobot ko’rsatkichlari)dan keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo’jaligi miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. o’z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko’p xollarda statistikaning ma’lumotlaridan foydalanadi.
Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalarini bajarilishi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Xo’jalik hisobi uch turining o’zaro bog’liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. Yagona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko’rsatkichlaridagi qarama- qarshiliklarni bartaraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiriladi.
Xo’jalik hisobi ustidan rahbarlik qilish Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yuklangan. Buxgalteriya hisobiga uslubiy rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
Xo’jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi.
Dastlabki ma’lumotlarni yig’ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga
ko’r-ko’rona yondashayotganlari yo’q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o’rganish va ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish O’zbekiston Respublikasida xo’jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi.

Xo’jalik hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida amalga oshirilayotgan xo’jalik siyosati bilan belgilanadi. Respublika xalq xo’jaligi rivojlanishini bozor munosabatlari mexanizmini chuqurlashtirishga yo’naltirib, O’zbekiston Respublikasi hukumati uni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida amalga oshirmoqda. Bu qonunlar Respublikamizni mustaqil davlat sifatida rivojlantirish bo’yicha oldiga qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga binoan ishlab chiqarishni jamiyat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri, ongli ravishda tartibga solishning ob’ektiv zaruriyat ekanligini anglatadi. Respublika oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun ularni xalq xo’jaligining barcha boskichlarida bajarilishini nazorat qilish talab qilinadi.


Boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantirishning muhim vositasi hisoblangan xo’jalik hisobi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Demak, xo’jalik hisobining asosiy vazifasi - unda aks ettiriladigan ob’ektlarni boshqarish uchun ma’lumotlarni yig’ish, ularni filtrlash va kerakli axborotni shakllantirishdan iborat.
Buxgalteriya hisobiga ta’luqli adabiyotlarda hisobning vazifalari uning funktsiyalari bilan chalkashtiriladi. Jumladan, ba’zi mualliflar hisobning vazifalariga xo’jalik mablag’larining harakatini aks ettirish, xo’jalik faoliyatining natijalarini aniqlab topish, hisobot tuzish va shu kabilarni kiritishadi. Boshqacha qilib aytganda, ular hisobning vazifalari deganda, hisobning o’zini anglatadigan va hisobning o’zi tomonidan bajariladigan uning funktsiyalarini tushunishadi. Hisobning vazifalarini bunday tushunish mutlaqo noto’g’ridir. Agar hisobning vazifalariga uning funktsiyalari kiritilsa, unda ularga hujjatlarni tuzish, hisob yozuvlarini yoritish va boshqalarni ham kiritishga to’g’ri keladi, bu esa noto’g’ri bo’ladi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilish bir qator qaror va qonunlarni qabul qilinishi bilan bog’liq. Masalan, 1999 yil 5 fevralda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning 1 yanvaridan amalga kiritilgan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to’g’risidagi” Nizom, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” O’onun, buxgalteriya hisobi standartlarining tasdiqlanishi va amalga kiritilishidir.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:

  • korxonani boshqaruvchilar;

  • korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy faoliyati-dan bevosita manfaatdor bo’lganlar;

  • korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar.

Boshqaruvchilar (management)- boshqaruv faoliyatida nazorat, qaror qabul qilishda axborotga muhtojdirlar. Masalan, mahsulotlarning sotish bahosi, harajatlar tarkibi, talab, rentabellik ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborotlar shular jumlasiga kiradi.
Korxona tashqarisidagi axborot iste’molchilariga hissadorlar, kreditorlar, banklar va boshqa bevosita manfaatdor guruhlar kiradi. Ular korxona olgan foyda miqdori, moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishga qiziqishadi.
Uchinchi guruh axborot iste’molchilariga xar- xil jamoat tashkilotlari, ijtimoiy fondlar, klublar a’zolari kiradi.
Buxgalteriya hisobining yana bir vazifasi korxonalarning ishi natijalari haqidagi axborotni o’lchash va taqdim etishdir. Bu natijalarni kompaniyaning foydalilik rejalaridagi maqsadlariga erishishdagi muvaffaqiyatlar qanday va uning lidvidligi qanday ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan umumiy maqsadga yo’naltirilgan moliyaviy hisobotdan topishi mumkin. Xakikiy va potentsial investorlar, bu hisobotlarni tahlil kilaturib, kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy istiqbollari qanday, unga mablag’larni ko’yishga arziydimi yoki yo’qmi ekanligi haqida xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Haqiqiy va potentsial kreditorlar kompaniyalar foizlar to’lash va o’z vaqtida qarzlarni uzish uchun etarli pullarga egami yoki yo’qmi ekanligi bilan qiziqishadi.
Bilvosita (egri) moliyaviy manfaatdorli foydalanuvchilar - buxgalteriya axborotidan foydalanuvchilardan eng muhimi hisoblangan davlat va ijtimoiy guruhlardan iborat.
Soliq organlari byudjetga mahalliy soliqlar, ish haqiga solinadigan soliqlar va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar, transport vositalari soliqlar, aktsiz yig’imlari (excise taxes) va qo’shilgan qiymat soliqlari (value added taxes) va hokazolar bo’yicha to’lovlarning to’g’riligini nazorat qiladi.
Tartibga soluvchi organlar. Kompaniyalarning kuchlilik axborotini davlat, viloyat va shahar darajasidagi bir yoki bir nechta tartibga soluvchi organlarga taqdim etadilar. Masalan, aktsiyalari ochiq sotiladigan (public corporetion) barcha kompaniyalar kimmatli kogozlarning chiqarilishini, harid qilinishini va sotilishini tartibga solib turuvchi kimmatli kogozlaar va birja operatsiyalari (sechritias and Exchande commission) bo’yicha komissiyalarga muntazam ravishda hisobot topshirib turishlari kerak. Birja fonlarida ro’yxatga olingan kompaniyalar o’z birjalariga maxsus moliyaviy hisobotlarni topshirib turishidi.
Investor va kreditorlarga maslaxat beruvchi ham moliyaviy faoliyat va biznesning istiqbollariga bilvosita manfaatga egalar. Iste’molchilar guruhi, xaridorlar va umuman jamiyat
barcha korxonalar va korporatsiyalarning moliyaviy holati va foydalari bilan tobora ko’proq qiziqadilar, chunki ular inflyatsiyaga, atrof-muhitga, ijtimoiy muammolarni echishga va hayotning sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Hisobning ayrim turlari xalq xo’jaligining barcha uchastkalarida resurslarning mavjudligi va o’zgarishlari ustidan kuzatib turish imkonini beradi. Bunda buxgalteriya hisobi alohida ahamiyatga ega. Uning yordamida korxonaning moddiy va pul mablag’larining holati va ularning sarflanishini boshqarish ustidan kuzatish o’rnatiladi, menejerlar, javobgar shaxslar harakati nazorat qilinadi, mahsulot tayyorlash chiqimlari hisoblab topiladi va hokazo.
Xo’jalik hisobining navbatdagi vazifasi - xo’jalik hisobi (xozraschet)ni mustahkamlashga yordam berishdan iborat.
Korxonalarning ko’pchiligi (ayniqsa kichiq va o’rta biznes korxonalar) xo’jalik hisobi asosida ish yuritadilar. Xo’jalik hisobi ishlab chiqarish jarayonida minimal moddiy va mehnat sarflarini kilib, maksimal samaradorlikka erishishga yo’naltirilgan xo’jalikni yuritish usuli hisoblanadi.
Xo’jalik hisobining mohiyati korxonalarning o’z harajatlarini o’zlari qoplash va rentabellikga iborat. Uni amalga oshirish uchun xodimlarning eng yaxshi natijalarga erishishidagi moddiy manfaatdorligi va ularning ishlari yakunlari uchun moddiy javobgarligini ta’minlash zarur.
Mazkur tadbirlarning barchasini hayotga tadbiq etish uchun talab qilinadigan barcha ma’lumotlar hisob turlari tomonidan tayyorlab beriladi.
Bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobi oldida turgan vazifalarni echilishi asosan har xil xo’jalik amallarini samarali boshqarishdan iborat ekan. Shunday qilib, xo’jalik hisobi faoliyatni boshqarish maqsadida yuritilar, boshqaruv qarorlari esa xo’jalik hisobidan olingan ma’lumotlarga qarab qabul qilinar ekan. Demak, hisob va boshqaruv - bu yagona butunlikning ikki qismi bo’lib, ularni bir-birovlaridan ajratib bo’lmaydi.
Bu qoidaning muqarrarligiga qaramasdan, garchi hisobga boshqaruv funktsiyasi sifatida qaralsa ham u (hisob) ko’p yillar mobaynida boshqaruvdan ajratib qo’yilgan edi. Hisobga texnika ishlari sifatida qarash va uni qaror qabul qilish jarayonidan ajratib qo’yish mutlaqo noto’g’ri bo’libgina qolmay, balki hech narsa bilan oqlanmaydigan va zararlidir. Agar hisob xizmatchilari amalga oshirilayotgan operatsiyalarni faqat beparvolik bilan qayd qilib borsalaru, qaror qilish uchun kerakli axborotni, bu muomalalarning sodir bo’lganidan ma’lum bir vaqt o’tganidan keyin boshqa bo’lim xizmatchilari tayyorlasa, unda korxona faoliyatini samarali boshqarishga tuzatib bo’lmaydigan zarar etkazilgan bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan vazifalardan tashqari xalq xo’jalik hisobi boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan, u xo’jalikdagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish va ulardan foydalanishga ta’sir
ko’rsatadi. Uning ma’lumotlari bo’yicha ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari, asbob- uskunalaridan foydalanishni yaxshilash, mablag’larni unumsiz sarflash sabablari aniqlanadi, korxona xo’jalik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish va uni yaxshilash yo’llari belgilanadi.

Xalq xo’jalik hisob(uchet)ini rejalashtirish, faoliyatni iqtisodiy baholash, nazoratini tashkil etish, istiqbolini belgilash boshqarishning tarkibiy qismlari sifatida uzviy bog’liqdir.


Korxonalar iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida boshqariladi. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy ob’ektlar, voqealar va jarayonlarning iqtisodiy holatini miqdoriy va sifat mazmuni bilan chambarchas bog’liqlikda aks ettiradi.
Rejalashtirish boshqaruv ob’ekti harakatining talab qilinadigan darajasi, normativini aniqlaydi va nazorat qiladi.
Tezkor-texnika, buxgalteriya va statistika hisoblari boshqariladigan ob’ektlar ustidan kuzatuv olib boradi va ishlarning haqiqiy holati haqida axborot beradi. Reja va hisobot axboroti vositasida xo’jalik faoliyatga baho beriladi, uning natijasiga ta’sir etgan omillar tahlil qilinadi, ishlab chiqarishning borishini tartibga solish bo’yicha asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun xulosalar shakllanadi va takliflar ifodalanadi.
Korxonalarda hozirgi paytda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi xo’jalik hisobining boshqa turlariga qaraganda etakchi o’ringa egaligi bilan tavciflanadi. Odatda statistika va tezkor texnika hisobi bilan iqtisodiy va texnologik bo’limlar va boshqa xizmat qismlari alohida ajralgan xolda, olingan ma’lumotlarni bir-biroviga boglamasdan va umumlashtirmasdan shug’ullanishadi. Buning sababi - korxonadagi statistika va tezkor-texnika hisobida tashkiliy rasmiylashtirilgan tizimning yo’qligidir.
Tezkor hisob ko’pincha xo’jalik muomalalari sodir bo’layotgan joylar (tsex, uchastka, ish joyi, ombor va hokazolar)da tashkil qilinadi. Uning ma’lumotlari moliyaviy boshqaruv hisobi doirasida korxona faoliyatiga (moddiy-texnika ta’minoti mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, shartnomalarning bajarilishi hisobga olish va nazorat qilish, mahsulot sifatini hisobga olish va nazorat qilish va hokazolar) kundalik, joriy rahbarlik qilish va boshqarish uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar hujjatlar bilan rasmiylashtirish yo’li bilan yoki og’zaki shaklda olinishi mumkin.
Moliyaviy va boshqaruv hisob tizimida buxgalteriya hisobi quyidagilarni ta’minlaydi: ish xaqini hisoblash va ijtimoiy sug’urta ajratmalar, pensiya fondi va ish bilan ta’minlash fondiga ajratmalar, asosiy vositalar amortizatsiyasi va ularni ta’mirlash harajatlari, moddiy boyliklarning mavjudligi, harakati va taqsimlanishi, moddiy, mehnat chiqimlarining normativlaridan hamda ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish harajatlari smetasidan chetga chiqishi; mahsulot
tannarxi va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari, mavjud tayyor mahsulot, uning ortib jo’natilishi va sotilishi hamda foyda haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Statistika hisobi moliyaviy va boshqaruv hisobi doirasida tezkor-texnika va buxgalteriya hisobining moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish bo’yicha axborotni navbatdagi umumlashtirilishi bilan shug’ullanadi.
Shunday qilib, hisobning barcha uch turi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish to’g’risidagi axborotni shakllantirish va umumlashtirish bilan o’zaro bog’liq va yagona tizimni xosil qiladi.
Tezkor-texnika, statistika va buxgalteriya hisobining maqsadi tegishli xizmat joylarini rejalashtirish, nazorat, iqtisodiy tahlil qilish va tartibga solib turish uchun axborot bilan ta’minlashdan iborat.
o’z navbatida, nazorat ham boshqarish funktsiyasi hisoblanib, u boshqaruvning barcha boshqa tarkiblari bilan o’zaro bog’liq va ularni amalga oshirishda tegishli o’zgarishlar kiritadi. Nazorat korxona va uning tarkibiy qismlari faoliyatidagi kamchiliklar va xatolarni yuzaga chiqarib, o’z vaqtida to’g’rilash va kelajakda yo’l qo’ymaslik maqsadiga xizmat qiladi.
Boshqaruv nazorat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlab, qarorlar qabul qilish va korxonaning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Nazorat jarayonida haqiqiy ma’lumotlar normativlar (standartlar) bilan solishtiriladi va uning natijalariga qarab normativlardan chetga chiqishlarni to’g’rilashlar amalga oshiriladi.
Xo’jalik faoliyatini baholash manbai bo’lib joriy hisob (tezkor-texnika va buxgalteriya hisobi) va boshqaruvning barcha darajasidagi davriy hisobot (smenalik, oylik, choraklik va hokazo) ma’lumotlari xizmat qilishi mumkin. Ichki hisobotning muddati va hajmi boshqaruvchining kerakli axbortga bo’lgan talabiga karab belgilanadi. Bunda boshqaruv darajasi kancha past bo’lsa muddatlari shuncha qisqa, xajmi tor va axborotlari shuncha mukammal bo’ladi.
Xaqiqiy natijalarni reja (normativ)lardagiga yaqinlashtirishga yo’naltirilgan amallar nazoratning asosiy va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bunda, chetga chiqishlar qancha vaqtliroq yuzaga chiqarilsa, samarali faoliyatni ta’minlash imkoniyatlari ham shuncha ko’p bo’ladi.
Moliyaviy va boshqaruv tizimidagi rejalashtirish, kelajakda korxonaning samarali faoliyatini ta’minlash uchun bugun qabul qilinadigan qarorlarni aniqlab boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish faqat har bir korxonaning xodisalarini oldindan ko’rish, raqobatchilar, mol etkazib beruvchilar, xaridorlarga o’z irodasini izhor etish imkoniyatlariga asoslanadi. Bu o’rinda korxonalar o’z faoliyatlarini optimallashtirishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun quyidagilarni rejalashtirishlari lozim:
nima qilish kerak, kim tomonidan amalga oshiriladi, nimalar bajarilishi lozim, hisob vositasi yordamida nazorat shakli va erishilgan natijalari tahlil qilinadi.
Ichki xo’jalikni rejalashtirish pirovard maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi yo’llarni tanlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunda har bir tuzilma bo’limi pirovard umumiy maqsadga erishishga o’z hissasini qo’shishi lozim. Bu esa ichki ishlab chiqarish rejalashtirilishisiz mumkin emas.
Yuqorida bayon qilingan moliyaviy va boshqaruv hisobning korxona va uning bo’limlari darajasidagi ichki rejalashtirish va istiqbolni aniqlash bilan o’zaro birgalikda amal qilishdan dalolat beradi. Lekin korxonalar mahsulotni davlat organlari tomonidan belgilangan assortimentda va miqdorda ishlab chiqaradigan paytlardagi markazlashtirilgan rejalashtirish va ma’muriy buyruqbozlik sharoitida bunday amalga o’rin yo’q edi.
Tijorat tahlili (marketing tahlili) xaridorning iste’moli, afzalliklari haqida axborot olish imkonini beradi. Bu axborotni texnikaviy imkoniyatlar, qiymatdagi chiqimlar va foyda darajasi, xaridorlar uchun ma’qul bo’lgan mahsulot sifatini hisobga olgan holda qaytadan o’zgartirish mahsulot assortimentini rejalashtirish jarayonida bo’lib o’tadi.
Bu jarayon yangi bo’limni yaratish haqidagi fikrning tug’ilishi daqiqasidan boshlab, uning ishlab chiqarishdan olib tashlash daqiqasigacha uzluksiz hisoblanadi. Shu bilan birga, hisobning assortimentini rejalashtirish bilan bog’liq ravishda amal qilishi faqat yangi tovarlarga nisbatan emas, balki tovarlarning hayotiy tsiklini baholash maqsadida, ilgari ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bo’yicha ham kuzatiladi. Tovarning hayotiy tsikli esa sotish hajmi va uning sotilishidan olinadigan foydalilik o’rtasidagi tebranish bilan tavsiflanadi. Shu tebranishning darajasiga muvofiq ishlab chiqarish dasturini tartibga solish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish dasturini tartibga solish asosan ikki sabab bilan shartlanadi. Ular birinchi navbatda, istiqbolni aniqlashda belgilangan talabdan haqiqiy talabning chetga chiqishi va haqiqiy ishlab chiqarishning rejadagidan chetga chiqish bilan bog’liq bo’ladi.
Agar uzoq muddat davomida talabning ishlab chiqarishdan chetga chiqishlari bir xil yo’nalishda bo’lsa, unda ishlab chiqarish zahiralari haddan tashqari o’sib boradi yoki juda kam bo’lib qolishi mumkin. Bu esa, ortiqcha zahiralarning paydo bo’lishi yoki ularning etmay qolishini oldini olish maqsadida sotishning tuzilishi va hajmi, ishlab chiqarishga sarflash uchun harid qilinadigan materiallar partiyasining optimal miqdorini aniqlash, moddiy va mehnat harajatlarining qat’iy me’yorlarini ishlab chiqish, har bir bo’linma bo’yicha bilvosita harajatlarning smetasini tuzib, shu smetaga rioya qilinishi uchun javobgarlikni bo’linma rahbarlariga yuklashni talab qiladi.
Foyda va rentabellikka ta’sir etadigan harajatlar va boshqa omillar ustidan nazorat, hisob usullari vositasida ta’minlanadi. Olingan natijalarni tahlil qilish natijasida esa, ishlab chiqarishni tartibga solish bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Shunday qilib, hisob, rejalashtirish, tahlil, baho berish, tartibga solish va istiqbolni belgilash ishlab chiqarishni boshqarishda birgalikda amal qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi boshqaruv hisobi tizimida mahsulot sifati ustidan boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi.
Sifatni boshqarish kontseptsiyasi quyidagi qism (unsur)lardan iborat: sifatning talab qilinadigan darajasini ta’min qilish maqsadida texnologik jarayonni o’z vaqtida aniqlab turish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil qilish va shular asosida uni tartibga solish.
Sifatni tartibga solish hozirgi paytda amal qilayotgan nazoratdan tubdan farq qiladi, chunki u loyiha-konstruktorlik echim va ishlanmalardan boshlab, to mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan barcha ishlab chiqarish tizimini o’z ichiga oladi. Nazoratni kelajakdagi ishlab chiqarish va mol sotish faoliyatining yutuklari yoki yutkizishlar ko’p jihatdan oldindan belgilanadigan hamda kutilayotgan foyda hajmi va rentabellik darajasi aniqlanadigan ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bosqichidan boshlash lozim bo’ladi.
Mahsulot sifatini boshqarish, loyihalash bosqichidagi iste’molchi talablariga javob beradigan mahsulot bajariladigan ishlar yoki xizmatlarning sifat darajasini aniqlashni nazarda tutadi. Bu darajaga erishish minimal ishlab chiqarish chiqimlari bilan va mahsulot, ishlar va xizmatlarni bajarish belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi bilan ta’minlanishi kerak.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun rejalashtirish, hisob, nazorat va tartibga solish o’zaro birgalikda amal qilishlari zarur. Masalaga shunday amal qilish tizimli yondashish va sifatni boshqarishning yagona tizimini yaratish imkonini beradi.
Bozor va raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida sifatni boshqarish borgan sari muhim bo’lib boradi va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining qimmatga tushadigan qismiga aylanadi. Shuning uchun mahsulot sifati, ishlab chiqarish chiqimlari va foyda o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik mavjud.
Boshqaruv hisobi doirasidagi rejalashtirish, hisob, nazorat, tartibga solish, tahlil qilish va istiqbolni belgilash funktsiyalarini o’zaro birgalikda amal qilishini ta’minlashda kommunikatsiya masalasi birlashtiruvchi (interagtsiyalovchi) omil sifatida namoyon bo’ladi.
Kommunikatsiya so’zi lotinchadan tarjima qilinganda muloqat, aloqani anglatadi.
Boshqaruv hisobidagi kommunikatsiya mutaxassislarning o’z funktsiyalarini bajarish maqsadida o’zaro hamfikrlik va maqsadga muvofiq amal qilishni ta’minlaydigan aloqa, axborot bilan almashinish jarayoni, fikrlar, g’oyalar bilan almashinishni ifodalaydi.
Kommunikatsiya o’zining eng oddiy shaklida axborotning bir shaxsdan boshqasiga o’tkazilishini (berilishini) anglatadi. Bunda o’tkazilayotgan axborot uni olayotganga tushunarli bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu axborot qimmatli va ishonchli bo’lishligiga harakat qilish kerak. Faqat shundagina kommunikatsiya amal qilishni turlantiruvchi vosita sifatida maqsadlarni o’zgartirishi, amalga oshirishi va axborot samaralikka ega bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, kommunikatsiya tizimi bosh maqsad hisoblangan - eng kam harajat bilan maksimum rentabellikka erishish maqsadida korxonani boshqarishning barcha unsurlarini (elementlarini) yagona butunlikka birlashtiradi.
Hisob tizimidagi kommunikatsiyaning samaradorligini oshirish uchun qaytim (teskari) aloqa mavjud bo’lishi lozim. O’aytim aloqani tashkil qilishda axborotni taqsimlashning ikki asosiy yo’nalishi hisobga olinadi: vertikalli (ierarxiya darajalari bo’yicha yuqori va pastga, bu 1- chizmada ko’rsatilgan) va gorizontalli (ierarxiyaning bir xil darajasidagi, bu 2-chizmadan ko’rinib turibdi).


  1. chizma. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarning boshqaruv hisobi vositasida o’zaro aloqasi (bog’liqligi)ning tuzilishi.




Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin