IV – BOB “Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv”
4.1. SCHYOTLAR TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA ULARNI TURKUMLASH
Korxonaning xo’jalik muomalalari tegishli axborot tashuvchilar asosida schyotlarda aks ettiriladi hamda shu muomalalar ta’sir qiladigan mablag’lar mavjudligi qayd etiladi. Shunday qilib, schyotlar yordamida xo’jalik mablag’lari va xo’jalik muomalalarining joriy ettirilishi va shu bilan bir vaqtda yig’ma ko’rsatkichlarni olishni ta’minlovchi hisobning bir turdagi ob’ektlarini iqtisodiy guruhlash amalga oshiriladi. Undan tashqari, schyotlar xo’jalik faoliyatining borishi ustidan tezkor nazoratni yuritish imkonini beradi.
Demak, schyotlar - bu xo’jalik mablag’lari va xo’jalik muomalalarini joriy aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta’riflasak bo’ladi. Schyotlarning ko’rinishi hisob yozuvlar qilinadigan jadvalga o’xshaydi.
Schyotlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ob’ektlarning xususiyatiga qarab har xil o’lchagichlarda - natura, mehnat va pul o’lchagichlarida olib boriladi. Lekin ma’lumotlarni natura va mehnat o’lchagichlarida ifodalash bilan birga schyotlardagi barcha ma’lumotlar albatta pul o’lchagichda ham ko’rsatiladi. Bu umumlashtirilgan, yakuniy ko’rsatkichlarni olish uchun zarurdir.
Xo’jalik mablag’larini harakati tegishli balans moddalarini ko’payishiga yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarni harakati ularning g’aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko’payishi) yoki undan berilishi («Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning harakati - bu korxonaning mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarzning ko’payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o’sishi) yoki uning uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasaning kamayishiga olib keladi.
Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag’larni ko’payishini, ularning kamayishidan alohida ajratib ko’rsatish qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo’linadi: chap va o’ng tomonga. Uning biri (chap tomoni) debet, boshqasi (o’ng tomoni) kredit deb nomlanadi.
Hisobning har bir ob’ekti hamda, mablag’lar va manbalarning har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo’yicha yozilgan muomalalar summalarining jami aylanma (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko’rsatilgan summalar o’rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo’lishi mumkin. Yangi qoldiqni aniqlash uchun avval mablag’larni ko’payganligini ko’rsatuvchi
aylanma summani boshlang’ich qoldiqqa qo’shiladi, so’ngra uning kamayishini aks ettiruvchi aylanma summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo’lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Aktiv va passiv schyotlarning ta’rifini keltiramiz.
Aktiv schyotning ta’rifi
D-t
|
K-t
|
|
D-t
|
K-t
|
|
D-t
|
K-t
|
|
Sb
+
|
-
|
|
Sb
+
|
-
|
|
Sb
+
|
|
-
|
Ay.
|
Ay.
|
|
Ay.
|
Ay.
|
|
Ay.
|
|
Ay.
|
So
|
|
|
So
|
|
|
So
|
|
|
Sb - boshlang’ich saldo Ay. - davrdagi aylanma So - oxirgi qoldiq
So = Sb + Ay.d - Ay.k Ay. d - debetlik aylanma Ay.k - kreditli aylanma
Passiv schetning ta’rifi
D-t 70 K-t D-t 68 K-t D-t 69 K-t
So= Sb +Ay.k - Ay.d
Mablag’lar va ularning manbalari qoldiqlarining o’zgarishlarini schyotlarda aks ettirilishinini (tarxiy shaklda) misollarda ko’rib chiqamiz.
- misol. «Kassa» moddasi korxonaning naqd pullarini aks ettiradi. Faraz qilaylik kassada
200 so’m bor. Xo’jalik mablag’lari balansning aktivida ko’rsatilganligi bois, schyotlarda ularning qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul qilingan. Demak, 200 so’m qoldiqni «Kassa» schyotining debetigi yozish kerak.
Faraz qilaylik, korxonada shunday muomalalar sodir bo’lganki, ularning natijasida kassaga birinchi jarayon bo’yicha 500 so’m, uchinchi muomala bo’yicha 3000 so’m kelib
tushgan; kassada ikkinchi muomala bo’yicha 600 so’m, va to’rtinchi jarayon yuzasidan 2800 so’m chiqib ketgan (sarflangan). Pullarning kelib tushishi (ko’payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ularning chiqib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish kerak. Bu, kassadagi mablag’lar harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullarni kelib tushishini qoldiqqa qo’shish, chiqib ketishini esa ayrish uchun kerak.
Shunday qilib, 500 va 3000 so’m «Kassa» schyotining debetiga, 600 va 2800 so’m uning kreditiga yoziladi.
Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo’yicha aylanmalar summasi hisoblab chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 300 so’mga teng bo’ladi (200+3500-3400).
To’rtta muomala yozilgandan keyin «Kassa» schyoti quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
D-t K-t
Kassadagi naqd pullarning
Boshlang’ich qoldig’i
|
200
|
Kassadan naqd pul sarflandi
Kassadan naqd pul sarflandi
|
600
2800
|
Kassaga naqd pul kelib tushdi
3) Kassaga naqd pul kelib tushdi
|
500
3000
|
Kelib tushgan - jami (aylanma)
Kassadagi naqd pulning oxirgi qoldig’i
|
3500
300
|
Jami sarflangan (aylanma)
|
3400
|
Bu schyotdagi oxirgi qoldiq faqat debetida bo’lishi mumkin, chunki mavjud bo’lgan naqd puldan ortiqcha sarflash mumkin emas.
- misol «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» moddasi korxona mablag’lari manbaini aks ettiradi. Balansda unga yozilgan summa - korxonaning mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarzi miqdorini ko’rsatadi. Bu modda bo’yicha qoldiq 10000 so’mga teng deylik.
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» moddasining o’zgarishini anglatuvchi muomalalar korxonaning qarzining oshishini kamayishini ko’rsatishi mumkin. Faraz qilaylik, uchta muomalalar sodir bo’lgan: birinchisi - korxona mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarzining 15000 so’mga uzgan, ikkinchisi - korxonaning mol etkazib beruvchilariga qarzi 20000 so’mga oshgan, uchinchisi - mol etkazib beruvchilarga bo’lgan korxona qarzni 35000 so’mga uzgan.
Mol etkazib beruvchilarga doir muomalalarni hisobga olish uchun 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti yuritiladi. Bu schyot mablag’lar manbaini aks ettiradi, shuning uchun undagi yozuvlar, mablag’lar turlarini hisobga oladigan
«Kassa» schyotiga qaraganda boshqa aks ettiriladi. Unda qoldiq, mablag’lar manbaining kreditiga yoziladi. Mazkur schyotda ko’payishni anglatuvchi muomalalar - kreditida, kamayishni
anglatuvchi muomalalar - debetida aks ettiriladi. Demak, 15000 va 35000 so’m shu schyotning debetiga, 20000 so’mni esa kreditga yozish kerak.
Boshlang’ich qoldiq va muomalalar yozilgandan keyin, debet va kredit bo’yicha aylanmalar yakunini hisoblab chiqamiz va yangi qoldiq (saldo)ni topamiz. U quyidagicha bo’ladi:
(40000+20000-50000=10000).
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti unga muomalalar yozilganidan keyin, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti
D-t K-t
Mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarz uzilgan 15000
3) Mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarz uzilgan 35000
Korxona mol etkazib beruvchilarga qarzining boshlang’ich qoldig’i
40000
Mol etkazib beruvchilarga hisoblangan 20000
Uzilgan - hammasi (aylanma) 50000 hisoblangan hammasi(aylanma) 20000
Korxonaning mol etkazib beruvchilarga qarzining oxirgi qoldig’i
10000
Bu schyotning oxirgi qoldig’i faqat kreditli bo’lishi mumkin, chunki korxona mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarzini uzishda, mavjud majburiyatdan ortiq summani to’lamaydi.
Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlarning ko’payishi va kamayishiga qarab, ularning har xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday tuzilishi tasodifiy emas. O’zining tabiatiga ko’ra xo’jalik mablag’larini turlari bo’yicha ajratish ularning manbalari bo’yicha guruhlashga qarama qarshidir.
Shunday qilib, xo’jalik mablag’larining turlarini aks ettiruvchi schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko’payishi debetiga, kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag’lar manbalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko’payishlar kreditida, kamayishlar esa - debetda ko’rsatiladi.
Mablag’lar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga bo’linadi.
Mablag’lar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi.
Barcha schyotlarda ham qoldiqlar va muomalalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular o’zlarining tuzilishlariga ko’ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi.
Bundaylarga xo’jalik jarayonlari, xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlar hisobga oladigan ob’ektlarning xususiyatlarini aks ettiradi. Lekin ular ham aktiv va passiv schyotlarga mansubdir.
Schyotlardan to’g’ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko’rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida schyotlar tasniflanadi.
Schyotlarning har xil turlari xususiyatlarini bilish hisobini tashkil qilish uchun schyotlarni turkumlash zarur. Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga atalganligi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo’yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko’rsatkichlarni olish uchun mo’ljallangan va ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti kreditining mazmuni qanday, hamda ulardagi saldo qanday xususiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini o’rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlarni iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash), schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks ettirilishini ko’rsatadi va mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonada, uning xususiyatlarini hisobga olgan xolda, foydalanishi kerak bo’lgan schyotlar ro’yxatini belgilab olish uchun mo’ljallangan. Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog’langan o’zaro bir-birovlarini to’ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to’g’ri foydalanish uchun schyotlarning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o’rganish kerak. Schyotlarning turkumlanishi mavjud ma’lumotlardan xo’jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo’lgan ko’rsatkichlarning xususiyatlarini (tarkibiy tuzilish turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlarning iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to’g’ri foydalanish mumkin. Schyotlarni qanday maqsadlarga mo’ljallanganligi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuni bo’yicha turkumlanishini ko’rib chiqamiz.
Pul mablag’larini hisobga oladigan
Fondlarni hisobga oladigan
Majburiyatlarni hisobga oladigan
Olinadigan schyotlarni hisobga oladigan
5-chizma. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tuzilishi va tayinlanishi bo’yicha tasnifi
4.2. ASOSIY SCHYOTLAR
Asosiy schyotlar mablag’lar turlari (aktiv) mavjudligi va harakati ustidan va ularning manbalarining (passiv) nazorat qilish uchun ishlatiladi. Barcha asosiy schyotlarga ularda korxona mulkining hisobga olinishi xosdir. Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, agar ularda qoldiq mavjud bo’lsa, ularning hammasi balans tarkibiga kiritiladi.
O’zining tuzilishi va qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab asosiy schyotlar asosiy aktiv, asosiy passiv schyotlarga bo’linadi.
Asosiy aktiv schyotlar moddiy va pul mablag’larining mavjudligi va harakatini hisobga olish hamda debitorlar bilan hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Ularning xususiyatlarini
«Materiallar» va «Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyotlari misolida ko’rib chiqamiz.
«Materiallar» schyoti korxona omboridagi materiallarni hisobga olish uchun ishlatiladi. Ma’lumki, davr boshiga omborda mavjud bo’lgan materiallar (boshlang’ich qoldiq) bu schyotning debetida aks ettiriladi. Kirimi debetiga, chiqimi-kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq bu schyotda albatta debetida (yoki nolga teng) bo’lishi kerak, chunki omborda mavjud bo’lgan materiallardan ortiqcha sarflash mumkin emas.
«Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyoti korxonalar bilan bajarilayotgan xizmatlari bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Korxonaning xali bajarmagan, lekin haqi to’langan xizmatlari uchun qarzi bu schyotning debetida boshlang’ich qoldiq sifatida ko’rsatiladi. Korxonalarning mazkur korxonaga bo’lgan qarzining oshib borishi ham uning debetiga, uning uzilishi (qarzning to’lanishi) esa - kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq faqat debetli bo’lishi (yoki nolga teng) mumkin, chunki xaridor o’z qarzini boshqa korxonaga shu qarzidan ortiq summada to’lamaydi.
Mulk (inventarlar)ni hisobga oladigan schyotlarga asosiy vositalar, uzoq muddatli ijarga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, yoki va bo’rdoqiga boqilayotgan mollar, o’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, tovarlar kiradi.
Pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kassa, hisob-kitob schyoti, chet el valyutasidagi pul mablag’lari, bankdagi maxsus schyotlar, qisqa muddatli investitsiyalar, pul ekvivalentlari, yo’ldagi pul jo’natmalar kiradi.
Xususiy kapitalni hisobga oladigan schetlarga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foydalar kiradi.
Majburiyatlarni hisobga oladigan schyotlarga mol yuboruvchi va pudratchilarga to’ladigan schetlar, olingan avanslar, sug’urta tashkilotlardan bo’lgan qarzlar, ta’sischilardan bo’lgan
qarzlar, ishchi va xizmatchilar bilan meyonat haqi bo’yicha qarzlar, bank kreditlari va qarzlar va sh.k. kiradi.
Olinadigan schtelarni hisobga oladigan schetlarga xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schetlar, berilgan avanslar, turli debitorlar kiradi.
«Ustav fondi» va «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» schyotlari namunaviy asosiy passiv schyotlar bo’lib hisoblanadi. «Ustav kapitali (fondi)» schyoti korxonaning muassischilardan doimiy foydalanish uchun olingan mablag’lar summasini (shu schyotning kreditida aks ettiriladigan boshlang’ich qoldiq) va shu summalarning keyinchalik o’zgarishlarini (fondning ko’payishi va kamayishini tavsiflovchi krediti va debeti bo’yicha aylanmalar) ko’rsatadi. Bu schyotning oxirgi qoldig’i faqat kredit bo’lishi mumkin, chunki hamon korxona mavjudmi, u har doim o’z mablag’lariga ega bo’ladi.
Asosiy aktiv schyotning ta’rifi
Dostları ilə paylaş: |