Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə33/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Aktiv

Summa

Passiv

Summa

  1. Asosiy vositalar

  2. Xom ashyo va materiallar

  3. Hisob-kitob schyoti

217000
34000
918350

  1. Ustav kapitali (fondi)

  2. Boshqa maqsadli tushumlar

  3. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar

  4. Mehnatga haq to’lash xodimlar bilan hisob-kitoblar

23000
894250







10000







35000

Jami

1169250

Jami

1169250

Ko’rib chiqilgan misol schyotlar bilan balans o’rtasidagi o’z bog’liqlik mavjudligini ko’rsatib turibdi. Yuzaki qaraganda bu o’zaro bog’liqlik quyidagida namoyon bo’lmoqda. Hisobot davrining boshida balans ma’lumotlariga binoan schyotlar ochiladi. Mustaqil hisobga olinishi talab etiladigan har bir mablag’ yoki manba turiga sintetik schyot ochiladi va ularga qoldiq aktiv schyotlar bo’yicha - debetiga, passiv schyotlar bo’yicha kreditiga yozib qo’yiladi.
Hisobot davri mobaynida schyotlarda (sintetik va tahliliy) korxonada sodir bo’layotgan muomalalar sintetik schyotlarning raqamlarini ko’rsatgan xolda aks ettiriladi va, undan tashqari, korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ham ko’rsatiladi. Tahliliy schyotlarda tushuntirish matni yoki shu muomalani rasmiylashtiruvchi hujjatga ilova qilinadi. Hisobot davridagi yozuvlar tugagandan keyin aylanmalar yakunlari hisoblab chiqiladi va yangi qoldiqlar topiladi.
Agar hisobot davri mobaynida davr boshiga qoldig’i bo’lmagan schyotga muomalani aks ettirish zaruriyati tug’ilsa, unda bunday schyotni ushbu muomalaning summasini yozish yo’li bilan ochiladi.
Sintetik schyotlarning yakunlari asosida (ularning rivojiga ochilgan tahliliy schyotlarning ma’lumotlari bilan tekshirilgach) navbatdagi hisobot sanasiga korxona balansi tuziladi. Shuning uchun schyotlardagi qoldiqlar balansning tegishli moddalari bo’yicha ko’rsatiladi.

Xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag’lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo’yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir.


Sintetik va tahliliy hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta ob’ekti bo’yicha ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Barcha mablag’larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko’rsatuvchi aylanma vedomostlarda (qaydnomalarda) mujassamlanadi.
Shunday qilib, aylanma vedemostlar joriy hisob ma’lumotlarini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Ular sintetik hamda tahliliy hisob ma’lumotlari bo’yicha tuziladigan jadvallardan iboratdir.
Birinchi navbatda sintetik schyotlar bo’yicha yuritiladigan aylanma vedomostlarning shakli, uni tuzish tartibi va qanday maqsadga xizmat qilishi bilan tanishib chiqamiz.
Yuqorida keltirilgan misollar ma’lumotlari bo’yicha aylanma vedomost tuzamiz. Vedomostning birinchi ustuniga korxonada ochilgan barcha sintetik schyotlarning nomlari qo’yib chiqiladi. Keyin sintetik hisob schyotlarining ma’lumotlari bilan to’ldirilgan uch juftli (debet va kredit) summali ustunlar keladi.
Bunda davr oxiridagi qoldiqlar summasi aylanma vedomostning bevosita oldinga ikki jufti ustunlari asosida olinishi mumkin. Aktiv schyotlar bo’yicha oxirgi qoldiqlar boshlang’ich qoldiqni debet bo’yicha aylanma summasi bilan qo’shib, topilgan qiymatdan kredit bo’yicha aylanma summasini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Passiv schyotlar bo’yicha qoldiq boshlang’ich qoldiq bilan kreditli aylanma summasini qo’shib, topilgan summadan debet aylanma qiymatini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomosti 2003 yil fevral uchun (so’m)




Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin