Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə31/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Debet (kirim)

Kredit (chiqim)

Muomala
raqami

Hajmi
kg.

Narxi
so’m

Summa
so’m

Muomala
raqami

Hajmi
kg.

Narxi
so’m

Summa
so’m

Saldo
I

1000
700

5
5

5000
3500

2
3

500
800

5
5

2500
4000

Aylanma
saldo

700
400

5
5

3500
2000

Aylanma

1300

5

6500



B materiallari



Debet (kirim)

Kredit (chiqim)

Muomala
raqami

Hajmi
kg.

Narxi
so’m

Summa
so’m

Muomala
raqami

Hajmi
kg.

Narxi
so’m

Summa
so’m

Saldo
I

300
600

10
10

3000
6000

2
3

200
150

10
10

3000
1500

Aylanma
saldo

600
550

10
10

6000
5500

Aylanma

150

10

1500

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda tahliliy hisobning ahamiyati keskin oshib bormoqda. Gap shundaki, hozirgi sharoitda xo’jalikni boshqarish uchun talab qilinadigan buxgalteriya ko’rsatkichlarining hajmi va tavsilotlashtirilishi juda o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida hisobda axborotni olish va topshirish uchun avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishni kengaytirish zaruriyatiga olib kelmoqda.


Amaliyotda materiallar tahlili schyotlarning soddalashtirilgan miqdoriy - summali shakli qo’llaniladi. Yuqoridagi ikki jadvalda yaqqolashtirish maqsadida yozuvlarning kengaytirilgan shakli qo’llanilgan.
Shunday qilib, «Xom ashyo va materiallar» schyotining rivojiga ochilgan tahliliy schyotlarda materiallar bo’yicha qoldiqlar va muomalalar batafsilroq yozilgan. Sintetik schyotlarning qoldiqlari va barcha uchta muomalalarning umumiy summalari tahliliy schyotlarda materiallarning har bir aniq turi bo’yicha alohida summalar bilan tarqatilgan. Bunda tahliliy schyotlarda materiallarning qoldiqlari va harakati ham pul, ham natura ifodasida aks ettirilgan.
Tahliliy schyotlar bo’yicha ochilgan barcha schetlardagi yozuvlarning umumiy yakunlari (jami summasi) bir sintetik schyotdagi yozuvlar summasiga to’g’ri kelishi kerak.
Bizning tahliliy schyotlardagi boshlang’ich va oxirgi qoldiqlari summalarini (materiallar) sintetik schyotidagi tegishli summalar bilan solishtiramiz: boshlang’ich qoldiqlar 8000 so’m (5000+3000), oxirgi qoldiqlar 7500 so’m (2000+5500), sintetik schyotda yozilgan alohida muomalaning (birinchi, ikkinchi va uchinchi) summalari har ikki tahliliy schyotlardagi tegishli summalarga teng; sintetik schyotdagi aylanmalarning yakuniy summasi ham ikki tahliliy schyotlar bo’yicha tegishli aylanmalarning yakuniga to’g’ri keladi: debet bo’yicha 9500 so’m (3500+6000), kredit bo’yicha 10000 so’m (6500+3500). Bu summalarning bir birovlariga to’g’ri kelishi majburiydir, chunki tahliliy schyotlarda sintetik schyotda aks ettirilgan qoldiqlar va muomalalar yozilgan (faqat kengaytirilgan (batafsil) holda).
Boshqa sintetik va tahliliy schyotlarning tuzilishi ham mana shu tamoyillarga asoslangan.
Shuni nazarda tutish kerakki, mablag’lar manbalari va hisob - kitoblar (ishchi va xizmatchilar bilan hisob -kitobdan tashqari faqat pul ko’rsatkichlarida yuritiladi, chunki ularning ob’ektlari ham natura, ham mehnat o’lchagichlariga ega emas), faqat alohida hollarda masalan, hisob - kitoblarni chet el valyutasida hisobga olishdagina, pul o’lchagichi bilan birgalikda natura o’lchagichidan foydalaniladi. Shuning uchun mablag’lar manbalari va hisob - kitoblar tahliliy schyotlari materiallar tahliliy schyotlariga qaraganda odatda oddiyroq ko’rinadi. O’z tuzilishiga ko’ra, ular sintetik schyotlar ko’rinishiga o’xshaydi.
Sintetik va tahliliy schyotning boshlang’ich va oxirgi qoldiqlari o’z tavsifi bo’yicha tahliliy schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng va bir xil bo’lishi kerak.
Bu qoida shundan kelib chiqqanki, tahliliy schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko’rsatib beradi va unda umumiy ko’rinishda aks ettirilgan mablag’larning tarkibiy qismlarini ko’rsatadi. Bu qoidaga ko’ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan tahliliy schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo’lishi kerak.
Sintetik schyotning debeti va krediti bo’yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo’yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo’lishi kerak.
Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo’yicha ochilgan tegishli tahliliy schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, tahliliy schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o’sha muomalalarning o’zi va o’sha tomoniga yoziladi. Bunda bir nechta tahliliy schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo’yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi. Hisobot davr yakunlarini chiqarish paytida sintetik va tahliliy schyotlarning ko’rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo’l qo’yilgan nomuvofiqlikni topish va to’g’rilash uchun muhimdir.

4.12. SCHYOTLAR BILAN BALANS O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK


Buxgalteriya hisobi schyotlari buxgalteriya balansi bilan chambarchas bog’liqdir.


Balansning aktivida mablag’lar turlari ko’rsatiladi va ularni joriy hisobga olish uchun har bir balans moddasi bo’yicha aktiv schyotlar ochiladi. Balans passivida mablag’lar manbalari aks ettiriladi va ular bo’yicha joriy hisob har bir moddaga ochiladigan passiv schyotlarda amalga oshiriladi. Mablag’lar turlari va ularning manbalari to’g’risidagi schyotlar ma’lumotlari balansni tuzish paytida aktiv va passiv moddalar bo’yicha qo’yib chiqiladi.
Faraz qilaylik, oy boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan:
2001 yil 1-fevraliga bo’lgan balans
Aktiv Passiv

  1. Asosiy vositalar 200000

  2. Materiallar 40000

  3. Hisob-kitob schyoti 10000

  1. Ustav fondi 230000

  2. Foyda 6000

  3. Mol etkazib beruvchilar 14000

Jami 250000

Jami 250000

«Materiallar» va «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotlari bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar:


Material turlari:

A 3000 t. 1 tonnasi narxi 10 so’m - 30000
B 5000 kg, 1 kg. narxi 2 so’m - 10000


Jami - 40000
Korxonaning mol etkazib beruvchilarga qarzi:

«Tashselmash» zavodiga - 5000
6 sonli birlashmaga - 9000
Jami -14000
Qisqartirish maqsadida tahliliy hisob uchun faqat ikki modda bo’yicha ma’lumotlaridan foydalanish bilan kifoyalanamiz.
Korxonaning fevral oydagi muomalalarini ko’rib chiqamiz.

Birinchi muomala. «Tashselmash» zavodidan quyidagi materiallar olingan:



A 1500t., 1t. narxi 10 so’m




- 15000 so’m

B 1000 dona, 1 donasi 5 so’mdan




- 5000 so’m




Jami

- 20000 so’m

Kelib tushgan materiallar uchun hali hisob-kitob qilinmagan.
Ikkinchi muomala. Foliyatni amalga oshirish uchun materiallar sarflangan:
A 2000 t., 1 t. 10 so’mdan - 20000 so’m
B 3000 kg., 1 kg. 2 so’mdan - 6000 so’m
Jami - 26000 so’m
Uchinchi muomala. Korxona xodimlariga ish haqi hisoblangan 35000 so’m.
To’rtinchi muomala. Maqsadli moliyalash uchun bosh korxonadan mablag’lar olingan 950000 so’m (25000 x 38 so’m)
Beshinchi muomala. Valyuta O’z.Resp. ning Markaziy banki kursi bo’yicha so’mga konvertatsiya qilinib va hisob - kitob schyotiga yozilgan 950000 so’m.
Oltinchi muomala. Mol etkazib beruvchilarga qarzni uzish uchun hisob-kitob schyotidan o’tkazilgan.

  1. «Tashselmash» zavodiga - 15000 so’m

  2. 6-sonli birlashmaga - 9000 so’m

Jami - 24000 so’m
Ettinchi muomala. Asosiy vosita xarid qilingan. 17000 so’m Sakizinchi muomala. Dalolatnoma bo’yicha asosiy

vosita foydalanishga topshirilgan
To’qqizinchi muomala. Kreditorlardan ko’rsatgan xizmatlari uchun pul to’lash hisoblangan
O’ninchi muomala. Har xil kreditorlarga hisob - kitob schyotidan o’tkazilgan
O’n birinchi muomala. Maqsadli moliyalash hisobidan bajarilgan ishlar aks ettirilgan
- 17000 so’m
- 750 so’m


- 750 so’m

- 61750 so’m


Keltirilgan muomalalarni hisobda aks ettirish uchun eng avval buxgalteriya yozuvlari (o’tkazmalar)ni tuzib chiqamiz.




Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin