Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar
-
35000
35000
Jami
250000
250000
292250
292250
1169250
1169250
Sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomost barcha sintetik schyotlar bo’yicha aylanma va saldolarning jamlanishini anglatib, hisob yozuvlarini tekshirish, yangi balansni tuzish hamda xo’jalik mablag’larining ahvoli va o’zgarishi bilan umumiy tanishishga mo’ljallangan.
Hisob yozuvlarini tekshirish vedomostining jami bo’yicha amalga oshiriladi. Undagi uch juft summali ustunlar bir - birovlariga tegishli tartibda to’g’ri keladigan debet va kredit jamilarga ega bo’lishlari kerak. Debet va kredit bo’yicha boshlang’ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo’limlarida keltirilgan bir xil mablag’larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko’rinishida bu summalar har doim bir xil bo’lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo’lishi mumkin emas, chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang’ich qoldiqlarning tengligiga o’xshab shartlanadi.
Sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarning uch juft ustunlari yakunlarining tengligi joriy hisobda ikki yoqlama yozuv usulining to’g’ri qo’llanilganligidan dalolat beradi. Lekin bunday hollarda ham ayrim summalarni tegishli schyotga emas, balki boshqa schyotga yozib qo’yilganligidan iborat bo’lgan xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Bunday xatolarni yuzaga chiqarish uchun sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostining ma’lumotlari tahliliy hisob ma’lumotlari bilan solishtirib, tekshirib chiqiladi. Undan tashqari, ba’zi muomalalar tasodifan umuman sintetik schyotlarga yozilmay qolishi mumkin, natijada hisob to’la bo’lmasligi mumkin. Sintetik schyotlardagi yozuvlarning to’laligi vedomostda ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha yakunlarni barcha buxgalteriya yozuvlari (provodkalar) summalari bilan solishtirish yo’li bilan yuzaga chiqarish mumkin. Yakunlar bir - birovlariga
o’xshashi kerak, chunki ularning har biri hisobot davridagi barcha muomalalar summasini aks ettiradi.
Bizning misolda sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostning barcha uch juft ustunlarining yakunlari tegishli tartibda teng. Aylanma vedomosti ustunlarining yakunlari barcha muomalalar bo’yicha yozuvlarning yakunlariga to’g’ri keladi. Demak, ikkiyoqlama yozuv usuli to’g’ri qo’llanilgan va sintetik schyotlarda hamda muomalalar to’g’ri aks ettirilgan.
Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar summalaridan foydalaniladi. Gap shundaki, o’ng tomondagi so’ngi ustunlarda ko’rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda korxonaning yangi balansini anglatadi.
Lekin balansni tuzish aylanma vedomostiga sintetik schyotlar qoldiqlarini balans jadvaliga mexanik o’tkazishni anglatmaydi. Aylanma vedomosti faqat hisobot davrining oxiriga bo’lgan korxona mablag’lari holati to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlargagina egadir. Unda hisoblab chiqarilgan qoldiqlar, balans tuzishdan oldin tekshiriladi va aniqlanadi. Shuning uchun sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlar ko’pincha tekshiruv balansi deb ham nomlanadi.
Korxona mablag’lari holati va o’zgarishi bilan umumiy tanishish sintetik aylanma vedomostlarining aylanma va saldolarini o’rganish yordamiga amalga oshiriladi. Undagi ma’lumotlar, to’g’risini aytganda, xo’jalik faoliyatini chuqur o’rganish imkonini bermaydi, lekin unga asoslanib, mablag’lar turlari va ularning manbalarining o’zgarishi haqida bemalol ba’zi xulosalar qilish mumkin.
Masalan, yuqorida keltirilgan vedomostdan o’tgan oyda korxona mablag’lari qanday o’zgarganligi ko’rinib buribdi. Ularning umumiy summasi 919250 so’mga oshgan (250000 so’mdan 1169250 so’mgacha). Shu bilan birga «Ustav kapitali (fondi)» schyotining summasi o’zgarmasdan qoldi, «Hisob-kitob schyoti», «Maqsadli tushumlar» va «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» ko’paygan, «Materiallar» va «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» kamaygan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, agar «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» moddasi bo’yicha qoldiqning kamayishi (korxona qarzining kamayishi) har doim ijobiy hodisa bo’lsa, xom ashyo va materiallar zahirasining qisqarishi, faqat ular bilan korxona ta’minotining yomonlashiga olib kelmasagina ijobiy bo’lishi mumkin.
Undan tashqari, 1 - martga aylanma vedomosti yangi moddalar paydo bo’ldi. Ular korxonada endi «Valyuta schyoti», «Asosiy ishlab chiqarish», «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitob» va h.k..
Alohida moddalar bo’yicha summalarni ko’rib chiqish paytida, ulardagi qoldiqlar o’zgarishining umumiy sabablari aniqlanadi. Masalan, xom ashyo va materiallar qoldig’i
kamaygan, chunki fevraldagi uning sarflanishi (26000) kirimdan (20000) ortiqcha bo’lgan. «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» moddasidagi qoldiq kamaygan, chunki mol etkazib beruvchilarga to’langan summa (24000 so’m) unga hisoblangan summa (20000 so’m)dan ortiq bo’lgan. «Asosiy ishlab chiqarish» moddasi bo’yicha uning debetida ko’rsatilgan ishlab chiqarish xarajatlari, uning kreditida aks ettirilgan maqsadli moliyalash bilan qoplanadigan summaga teng. Demak, shu oyda boshlangan faoliyat, o’sha oyning o’zida tamomlangan.
Xo’jalik faoliyatining boshqa tomonlari aylanma vedomostning qolgan moddalari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Tahliliy schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlar har xil bo’ladi. Ayni shu tahliliy hisob ob’ektlarini tavisflovchi ko’rsatkichlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ko’pchilik mablag’lar manbaining hisobi faqat pul o’lchagichida yuritiladi, shu sababdan mablag’lar manbalarining schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlarida faqat pul ko’rsatkichlari uchun ustunlar ajratilgan. Moddiy qiymatliklar faqat pul ko’rsatkichida emas, balki naturada ham ko’rsatiladi va ularning aylanma vedomostlarida ham summalar, ham miqdorini ko’rsatish uchun ustunlar ajratilgan.
Yuqoridagi misolimiz ma’lumotlari bo’yicha «Materiallar» va «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» schyotlarining tahliliy hisobi bo’yicha aylanma vedomostini tuzamiz.
Materiallar bo’yicha analitik (tahliliy) schyotlarning (1010) aylanma vedomosti
Mol yuboruvchi va pudratchilar bilan hisob – kitoblar (6010) bo’yicha aylanma vedomosti
Korxona
Oy boshiga
qoldiq
Oy aylanmasi (oborot)
Oy oxiriga
qoldiq
D-t
K-t
Tashselmash
6-sonli birlashma
5000
9000
15000
9000
20000
-
10000
-
Jami
14000
24000
20000
34000
Ularni tuzish tartibi juda sodda bo’lib, qandaydir tushuntirishlarni talab etmaydi.
Tahliliy hisob schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlari bitta sintetik schyot bilan birlashtiriladigan barcha tahliliy hisob schyotlari bo’yicha aylanmalar va saldolar yig’indisini anglatib, shu schyotlar bo’yicha hisob yozuvlarini tekshirish uchun hamda korxona mablag’lari ayrim turlari va ularning manbaalari holati va harakatini kuzatish uchun mo’ljallangan.
Tahliliy schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarining qanday maqsadga atalganligini ko’rib chiqamiz.
Hisob yuritishning to’g’riligi va to’laligini tekshirish uchun tahliliy aylanma vedomostlarining yakunlari sintetik aylanma vedomostidagi tegishli sintetik schyotning ma’lumotlari bilan solishtirib tekshiriladi. Qoldiqlar va muomalalar sintetik va tahliliy schyotlarga bir xil summada yoziladi, shuning uchun ularning yakunlari bir - birovlariga to’g’ri kelishi kerak.
Shunday qilib, tahliliy aylanma vedomostlarining yakunlari «Materiallar» va «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» sintetik schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlarida ko’rsatilgan summalar to’la ravishda to’g’ri kelishi kerak.
Korxona aylanmalari to’g’risidagi to’la ma’lumotlar shaxmat aylanma vedomostlaridan olinadi. U schyotlar korrespondentsiyasi asosida tuziladi. Amaliyotda uni tuzish texnikasi korrespondentsiyalanuvchi schyotlarning debet va krediti bo’yicha aylanmalarni guruhlashni nazarda tutgan sintetik hisob schyotlarining o’z shakllari bilan osonlashtirgan.
Bizning misolimizdagi ma’lumotlar asosida tuzilgan shaxmat vedomostini ko’rib chiqamiz. (1-jadval)
Shaxmat aylanma vedomosti shunday tuzilganki, undan korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko’rinib turadi. Har qanday qatorning navbatdagi ustun bilan kesishib o’tadigan har bir katagi schyotlarning ma’lum korrespondentsiyasini ko’rsatadi. Masalan, «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» schyoti bo’yicha qatorning «Hisob-kitob schyoti» schyotining ustuni bilan kesishib o’tadigan katak quyidagi yozuvni anglatadi.