– BOB “Asosiy xo’jalik muomalarini hisobga olish lamoylari”
Korxona xo’jalik faoliyatini hisobga olish xo’jalik mablag’lari turlari va ularning manbalarini aks ettirish bilan cheklana olmaydi. Xo’jalik jarayonlarini kuzatish, korxonani boshqarish va ishlab chiqarishning to’g’ri borishidan chetga og’ishini tezkorlik bilan aniqlash uchun u xo’jalik jarayonlari haqida turli - tuman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini ham berishi kerak.
Korxona faoliyatining miqdoriy ko’rsatkichlari u yoki bu jarayonlar hajmining ko’rsatkichlaridir. Masalan, korxona ishini kuzatish uchun eng avvalo sotilgan tovarlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning umuman va ularning ayrim turlari bo’yicha miqdori haqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Hozirgi paytda eng muhim miqdoriy ko’rsatkichlardan biri mahsulot realizatsiyasining hajmi hisoblanadi, chunki u korxonaning o’z xaridorlari oldidagi majburiyatlarini real bajarganliklarini tavsiflab beradi va shu bilan birga mahsulot sifatini yaxshilashni rag’batlantiradi.
Haqiqatda, korxona mahsulot sotish hajmini oshirishga intilib, o’z mahsulot sifatini - uning mustahkamligi, ishonchliligi, uzoq xizmat qilishi va hokazolarni oshirib beradi, chunki sifatsiz mahsulot xaridorning da’volariga duchor bo’ladi va sotish imkoniyatini yo’qotadi. Shuning uchun u ishlab chiqarayotgan mahsulotining sifatini yaxshilash choralarini ko’rishga majburdir.
Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotning haqiqiy hajmini topshiriqda belgilangani bilan solishtirib, qo’yilgan vazifani bajarilishi darajasini osonlik bilan aniqlab olish mumkin, bunda topshiriqdan chetga og’ish omillarini ochish va chuqur o’rganish, ishlab chiqarish va mahsulot sotish hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini topish lozim bo’ladi.
Sifat ko’rsatkichlari u yoki bu jarayonni amalga oshirishning iqtisodiy samarasini tavsiflaydi. Ulardan eng muhimi korxona faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi, hozirgi vaqtda bundaylarga mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyatdan, umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), sof foyda va rentabellik ko’rsatkichlari (foydaning sotilgan mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga korxona aktivlariga nisbati va hokazo) va shuningdek mehnat unumdorligi, (vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori) kiradi.
Boshqa sifat ko’rsatkichlari korxona xo’jalik faoliyatining xususiyatlari va muayyan jarayonning boshqa belgilariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish va trasport tashkilotlarida eng muhim sifat ko’rsatkichlari - ishlab chiqarish tannarxi, ya’ni pulda ifodalangan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlarining pulda ifodasi hisoblanadi. Sanoat, qishloq va boshqa ishlab chiqarish korxonalarining ishlarini tavsiflayotganda ular tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulotni ishlab chiqish tannarxi haqida, hamda tayyorlanayotgan mehnat buyumlari va
sotiladigan mahsuloti tannarxi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishi zarur bo’ladi. Transport tashkilotlarida yuk tashish yoki yo’lovchilarni tashishning tannarxi ko’rsatkichlari katta ahamiyatga ega. Bu ko’rsatkichlar 1 km. yoki 1 tonna - km. ga tushadigan sarflar miqdori sifatida hisoblab chiqiladi. Tannarx darajasi shuningdek umumovqatlanish korxonalari, aholiga maishiy va kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlari ishining muhim sifat ko’rsatkichi hisoblanadi va hokazo.
Savdo tashkilotlari ishining sifat ko’rsatkichlariga uning faoliyatini amalga oshirish uchun savdo tashkilotining sarflarini anglatuvchi muomila xarajatlari kiradi. Bu xarajatlarga savdo xodimlarining ish haqi, savdo binolarining va asbob - uskunalari saqlash xarajatlari, tovarlarni olib kelish xarajatlari va boshqalar kiradi.
Davlat (byudjet) tashkilotlari va muassasalari xo’jalik faoliyatining natijalari ular uchun tasdiqlangan smeta xarajatlarining ijro etilishi darajasini ular tomonidan bajarilgani hajmi bilan solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. Masalan, davolash muassasasi (kasalxonaning) ish natijalari ular tomonidan davolash jarayoniga qilingan sarflarning (davolash xodimlarini saqlash, medikamentlar sarfi, bemorlar ovqatlanishi va hokazo) xizmat ko’rsatilgan bemorlarning soniga to’g’ri kelishi bilan tavsiflanadi.
Sifat ko’rsatkichlarini boshqarish miqdoriy ko’rsatkichlarni boshqarishga qaraganda kam ahamiyatli emas. Sifat ko’rsatkichlari tufayli ishlab chiqarishning rivojlanishiga va moliyaviy intizomni mustahkamlashga erishiladi va hokazo.
Hozirgi sharoitda korxonalarni boshqarish va ularning faoliyati ustidan har tomonlama kuzatishni ta’minlaydigan miqdoriy sifat ko’rsatkichlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Ularning hammasi boshqaruv va moliyaviy buxgalteriya hisobining tizimida muvofiq ravishda tashkil qilingan hisob vositasida shakllantiriladi.
6.2. TA’MINOT JARAYONINING HISOBI
Ta’minot jarayoni korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat buyumlari bilan ta’minlaydigan operatsiyalar majmuasidir. Korxona mol etkazib beruvchilardan materiallar, yoqilg’i va boshqa buyumlarni shartnoma kelishilgan narxlarida xarid qiladi. Bu narxlar uning uchun sotib olish narxi yoki tayyorlash qiymati hisoblanadi. Undan tashqari ta’minot (tayyorlov) operatsiyalari bilan bog’liq bo’lgan sarflar ham jumladan, xarid qilingan boyliklarni tashib keltirish, ularni ortish va tushirish xarajatlari, ularni temir yo’l bekati (bandargohlar), omborga etkazib keltirish xarajatlari va boshqalar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi transport - tayyorlash xarajatlari deb nomlanadi.
Tovar - material zahiralarini baholash 4-BHMS bilan tartibga solinadi.
Xarid qiymati va haqiqiy (rejadagi) transport - tayyorlash xarajatlari ikkalasi birgalikda xarid qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy (rejadagi) tannarxini hosil qiladi.
Ta’minot jarayoni rejalashtirilgan tartibda tashkil qilinadi va quyidagilarni nazarda tutadi: ta’minot hajmi, ya’ni korxona tomonidan rejalashtirilayotgan davrada xarid qilinishi lozim bo’lgan mehnat buyumlarining miqdori va shu mehnat buyumlarining rejada belgilangan tannarxi.
Demak, ta’minot jarayonining asosiy maqsadi - ta’minotning haqiqiy hajmini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobi korxona tomonidan o’tgan davr ichida harid qilingan mehnat buyumlarining miqdori va turlari haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar ham natura, ham pul o’lchagichlarda ko’rsatiladi. Mehnat buyumlarining ayrim turlarining tayyorlanishi haqidagi ma’lumotlarga binoan umuman ta’minot bo’yicha topshiriqlarning bajarilishini tavsiflovchi umumiy ko’rsatkich topiladi, va xarid qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi hisoblab chiqiladi. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlarining har bir turini tayyorlashga qilingan korxona xarajatlarining haqiqiy miqdorini aniqlaydi. Bunda xarid qilingan mehnat buyumlarining tannarxi faqat qilingan xarajatlarning umumiy summasinigina emas, balki shu xarajatlarning ayrim tarkibiy qismlarini aks ettiridi.
Bu vazifalarni echish uchun buxgalteriya tizimining ishlab chiqarish zahiralari schyotlaridan foydalaniladi. Ta’minotning haqiqiy hajmi bu schyotlarda ularni debeti bo’yicha qat’iy (hisob) - rejali yoki xarid qilish - narxlaridagi aylanmaning hajmi bilan aniqlanadi.
Ularning haqiqiy tannarxi xarid narxlaridagi qiymati bilan transport - tayyorlash xarajatlarini qo’shib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Sintetik schyotlar ma’lumotlari asosida faqat hamma tayyorlangan boyliklarning haqiqiy umumiy tannarxini hisoblab chiqish mumkin. Vaholanki, ta’minot jarayonini boshqarish uchun
xarid qilingan materiallar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqalarning har bir turini tannarxini tavsiflofchi aniq ma’lumotlar kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar yozuvlari alohida tartibda yuritiladigan tegishli analitik schyotlardan olinadi. Moddiy boyliklarning kelib tushishi debetda ikki narxda, ya’ni haqiqiy tannarxda va shu korxonada qabul qilingan hisob narxida (masalan, xarid narxida) ko’rsatiladi. Buning uchun debetda ikki ustun ajratiladi: bittasi - kelib tushgan moddiy boyliklar tannarxini hamda unsullarini (xarid qiymatini va trasport - tayyorlash xarajatlarini) yozish uchun, boshqasi faqat hisobda qabul qilingan narxda yozish uchun. Bunday tartib natijasida trasport - tayyorlash xarajatlari summasi juda oddiy yo’l bilan aniqlanadi: u har ikkala ustun o’rtasida farqqa teng bo’ladi.
Moddiy boyliklarning ayrim turlari haqiqiy tannarxini hisoblab topish uchun oldin transport - tayyorlash xarajatlarining xarid narxiga bo’lgan nisbati (%)ni topib olinadi, topilgan foiz bo’yicha, tahliliy schyotlardan foydalanilgan xolda, mazkur moddiy boylikka tegishli bo’lgan xarajat summasi hisoblab chiqiladi va uning summasini ularning narxidagi qiymatiga qo’shiladi. Bu summa kalkulyatsiya qilinayotgan materiallarning haqiqiy tannarxini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |