Ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini aniqlash. Buning uchun ham hamma ishlab chiqarish mahsulotining umumiy soni, ham har bir mahsulot turining soni aniqlab chiqiladi. Har bir mahsulot turining miqdori va pul, ham natural o’lchagichlarida aniqlanadi;
Tannarxning shakllanishi ustidan boshqarish. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, ularning yuzaga kelish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha tashkil qilinib, bunday hisob me’yorlar (standartlar), me’yorlardan chetga og’ishish, me’yorlarni o’zgarishi, uning sabablari aybdorlari va tashabbuskorlari bo’yicha yuritiladi;
Mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblab topish.Shu maqsadda korxonaning hamma ishlab chiqargan mahsuloti va uning har bir turiga qilgan xarajatlari miqdori aniqlanadi. Buning uchun tannarxga kiritilgan quyidagi alohida hujjatlar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:
ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi, ishlab chiqarishga sarflangan materiallar qiymati, mahsulotni tayyorlashda bevosita qatnashadigan mehnat vositalari va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarishga qilingan xarajatlar summasi.
Ishlab chiqarishni hisobga olish qator maxsus schyotlardan foydalaniladi. Ulardan eng muhimi «Asosiy ishlab chiqarish» aktiv schyotdir. Uning debetida asosiy ishlab chiqarishning mahsulotini tayyorlashga qilingan barcha xarajatlar yig’iladi. Bu schyotning ma’lumotlari asosida ishlab chiqarishning umumiy hajmi va mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. U ishlab chiqarish tugagandan keyin shu schyotni kreditidan «Ombordagi tayyor mahsulot» schyotining debetiga o’tkaziladi.
Asosiy mahsulotning har bir turining tannarxi hisob tizimida «Asosiy ishlab chiqarish» sintetik schyotiga ochiladigan tahliliy schyotlar ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Ular mahsulotning ayrim turlari yoki bir turdagi mahsulot guruhlari bo’yicha yuritiladi.
«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida mahsulot tayyorlashga qilinadigan xarajatlar asta - sekin yig’ib boriladi. Bevosita bu schyotga faqat mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan - to’g’ri qo’shiladigan to’g’ri xarajatlar hisobdan chiqariladi. Odatda bu ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi va mehnat buyumlari (asosiy materiallar) qiymatidan iborat bo’ladi. Mehnat vositalarining amortizatsiyasiga kelsak, unda shuni ta’kidlash lozimki, tsexsiz tarkibiy tuzilishga ega bo’lgan, lekin bir nechta mahsulot turini ishlab chiqaradigan korxonalarda, ular ko’pincha bu schyotga bevosita olib borilmaydi. Gap shundaki, hatto mehnat qurollarining amortizatsiyasi, odatga ko’ra, egri xarajat hisoblanadi. Tsexli tuzilishga ega bo’lgan korxonalarda amortizatsiya mahsulot tannarxiga umumishlab chiqarish xarajatlari tarkibida olib boriladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari dastlab maxsus schyotda aks ettiriladi. Bu ushbu xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun ma’lumotlar olish zaruriyati bilan hamda ko’pchilik korxonalarda bunday xarajatlar egri bo’lganligi, ularni ayrim mahsulot turlariga bevosita olib borish mumkin emasligi, chunki ular aniq bir mahsulot turini ishlab chiqarish bilan to’g’ridan - to’g’ri bog’liq bo’lmaganligi va shuning uchun shartli taqsimlanishni talab qilinganligi bilan yuzaga kelgan.
Umumishlab chiqarish xarajatlari ikki turga bo’linadi: 1) asbob - uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari, 2) tsexlarga xizmat qilish va boshqarish xarajatlari. Bu xarajatlarni hisobga olish uchun «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli aktiv yig’ib - taqsimlovchi schyot yuritiladi.
Asbob - uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlariga asbob - uskunalarning va ishlab chiqarish transportining amortizatsiyasi, ularni joriy tuzatish va ishlatish xarajatlari va boshqalar
kiradi. Umumishlab chiqarish xarajatlariga tsexlarni boshqarish va xizmat qilish xodimlarining ish haqi, umumishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanadigan materiallar va yoqilg’i (isitish, yotirish va hokazo) umumishlab chiqarish ahamiyatidagi mehnat vositalarining (tsex binolari, tsex xo’jaligi anjomlari va boshqalar) amortizatsiyasi kiradi.
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotining debetiga hisobot davridagi barcha tegishli xarajatlar yozib boriladi. Bu schyotning krediti bo’yicha uning debetida yig’ilgan xarajatlar, ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga qo’shish va mahsulot tannarxini ainqlash uchun «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti (va ba’zi boshqa schyotlar)ning debetiga hisobdan chiqariladi. Shunday qilib, oyning oxirida bu schyotda qoldiq qolmaydi va u balansda aks ettirilmaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning xususiyatlari-ni ko’rib chiqamiz. Yuqorida qayd etilganidek, materiallar mahsulot tannarxiga haqiqiy tannarxda kiritiladi;
ularni ishlab chiqarishga sarflashda, xarid qiymatlari bilan birgalikda shuningdek sarflangan materiallarga to’g’ri keladigan transport - tayyorlash xarajatlari xarajatlarining tegishli hissasi yoki og’ish (narxlar farqi)ning hissasi ham hisobdan chiqariladi.
Ish haqini hisoblaganda hisobda shuningdek ijtimoiy sug’urta ajratmalar, pensiya fondi hamda ishchi va xizmatchilarni ish bilan ta’minlash fondiga ajratmalar ham aks ettiriladi. Bu ajratmalarning summalari hisoblangan ish haqining summasiga nisbatan belgilanadigan foizlarda aniqlanadi. Ularga tegishli hisob - kitoblarni ijtimoiy sug’urta, pensiya fondi, ish bilan ta’minlash fondi bilan hisobga olish uchun «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» nomli passiv schyotda yuritiladi.
Bu schyotlarning kreditida ijtimoiy sug’urtaga, pensiya fondiga va bandlik fondiga korxona tomonidan ajratilgan va o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’lar bo’yicha majburiyatlari summalari yoziladi, debet bo’yicha esa shu majburiyatlarning uzilishi (hisob - kitob schyotidan pul o’tkazish bilan to’lash, korxona ichida foydalanish, masalan, kasallik varaqalari bo’yicha to’lash va hokazo) aks ettiriladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olishda birinchi navbatda ular qiymatining bir qismini tayyorlangan mahsulotga o’tkazilishini ko’rsatish kerak, ya’ni uni mahsulot tannarxiga qo’shish (kiritish) kerak. Shu sababdan amortizatsiya summasi tsexsiz tuzilishga ega bo’lgan korxonalarda «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga, tsexli tuzilishdagi korxonalarda esa - «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotiga olib boriladi. Shu bilan bir vaqtda hisoblangan amortizatsiya summasi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishini anglatadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi ularning dastlabki qiymatini kamayishiga olib keladi. Lekin buxgalteriya hisobida albatta saqlanishi kerak, chunki amortizatsiya summasi unga nisbatan hisoblab topiladi. Shuning uchun «Asosiy vositalar»,
«Nomoddiy aktivlar» schyotlarida ularning faqat harakati - kirimi va chiqishi - aks ettiriladi.
Eskirishi esa alohida - maxsus passiv bo’lgan «Asosiy vositalarning amortizatsiya» va
«Nomoddiy aktivlarning eskirishi» schyotida aks ettiriladi. Eskirish schyotlarining debetidagi yozuv eskirish asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi va tegishli tartibda qiymatini o’tkazishi natijasida amortizatsiyasining ko’payishini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayoni hisobining ta’rifini keltiramiz:
«Materiallar», «Mehnatga haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitoblar», «Sug’urta bo’yicha to’lovlar»
schyotlari Asosiy ishlab chiqarish» sch.
D-t K-t D-t K-t
Bunda:
mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan to’g’ri kiritilishi mumkin bo’lgan xarajatlar (to’g’ri xarajatlar);
ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning hisoblanishi (aniqlanishi);
ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiyani hisoblanishi;
ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarishga qilingan xarajatlarni hisobdan chiqarish va taqsimlash (egri xarajatlar);
tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi.
Tayyorlangan mahsulot uni ishlab chiqarishdan chiqarish vaqtigacha normativ (reja) tannarxida baholanadi. Uning haqiqiy tannarxi faqat hisobot davrining oxirida aniqlanadi va
normativ (reja) tannarxi bilan solishtirib, natijada chetga og’ishishlar aniqlanadi. Agar haqiqiy tannarx normativ (rejadagi)dan kam bo’lib chiqsa, undan og’ish tejamni anglatadi, uning aksi bo’lib chiqsa, unda - normativ (rejadagi)ga nisbatan ortiqcha xarajat bo’ladi.
Boshqaruv hisobida tayyor buyumlarning chiqarilishi kengaytirilgan tartibda aks ettiriladi, ya’ni rejadagi tannarx ham, undan og’ishlar ham barcha mahsulot (ishla, xizmatlar) bo’yicha va ularning ayrim turlari bo’yicha alohida ko’rsatiladi.
Boshqaruv hisobi tizimidagi ishlab chiqarish muomalalarini hisobga olishga misol keltiramiz.