Birinchi muomala. Materiallar haqiqiy tannarx bo’yicha sarflanadi.
M mahsulotni ishlab chiqarish uchun 10620 so’m.
N mahsulotni ishlab chiqarish uchun 10480 so’m.
Jami 21100 so’m.
Umumishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 4100 so’m.
Hammasi 25200 so’m.
Materiallarning sarflanishi birinchi navbatda «Materiallar» schyotida aks ettiriladi. Bu schyot mazkur muomalaning hamma summasiga kreditlanadi, chunki u aktiv schyotdir, bu muomalaning natijasida ombordagi materiallar miqdori kamaygan. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallar qiymati «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetiga yoziladi, chunki bu chiqimlar mahsulot tannarxiga bevosita kiritiladi. Asbob - uskunalarni saqlash va ishlatishga hamda umumishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflangan materiallar qiymati
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotining debetida hisobga olinadi, chunki ular M va N mahsulotlari o’rtasida qanday taqsimlanishi hali noma’lumdir.
Mazkur muomala bo’yicha bu schyotlar debetlanadi, chunki ularning hammasi aktivdir, materiallarning ishlab chiqarishga sarflanishi esa ularda aks ettiriladigan chiqimlarning ko’payganligini bildiradi.
Birinchi operatsiyaning yozilishi:
D-t «Asosiy ishlab chiqarish» sch.
21100
D-t «Umumishlab chiqarish xarajatlari» sch.
4100
K-t «Materiallar» sch.
25200
Mahsulotni tayorlashga xarajatlarni /21100 so’m/ «Asosiy ishlab chiqarish» sintetik schyotining debetiga yozgandan keyin, uni shu ondayoq har bir buyumning turi bo’yicha tahliliy schyotlarga tarqatish lozim. Ularda qisman summalar quyidagicha aks ettiriladi:
M mahsulot ishlab chiqarish schyotining debetida 10620.
M mahsulot ishlab chiqarish schyotining debetida 10480.
«Asosiy ishlab chiqarish» sintetik schyotining har bir tahliliy schyotida xarajatlarning ayrim turlarini yig’ish uchun ajratiladi.