Uchinchimuomala. Ajratmalar qilingan:
Ijtimoiy sug’urta, hisoblangan 720 so’m.
Pensiya fondiga, hisoblangan 12960 so’m.
v) Ish bilan ta’minlash fondiga hisoblangan 720 so’m.
Bu muomalalar natijasida tegishli sug’urta organlariga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha o’tkazilishi lozim bo’lgan korxonalar majburiyatlari yuzaga keladi. Bu majburiyatalar
«Cug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotining kreditiga yozilishi kerak, chunki passiv schyot hisoblanib, unda ko’payish sodir bo’lmoqda.
Boshqa tomondan, bu muomala ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishiga olib kelmoqda.
Ijtimoiy sug’urta, pensiya fondi va ish bilan taminlash fondiga ajratmalar ish haqi bilan bog’liq, shuning uchun ularni ish haqi qaerda aks ettirilgan bo’lsa, o’sha ishlab chiqarish schyotlarining debetiga olib borish kerak (tegishli hisalarda).
Uchinchi muomalaning yozuvlari:
A) D-t «Asosiy ishlab chiqarish» sch.
600
D-t «Umumishlab chiqarish xarajatlari»
120
K-t «Sug’urta bo’yicha to’lovlar»
720
B) D-t «Asosiy ishlab chiqarish» sch.
10800
D-t «Umumishlab chiqarish xarajatlari» sch.
2160
K-t «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» sch.
12960
V) D-t «Asosiy ishlab chiqarish» sch.
600
D-t «Umumishlab chiqarish xarajatlari» sch.
120
K-t «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» sch.
720
Tahliliy hisobda ijtimoiy sug’urta summalari quyidagicha yoziladi:
M mahsulotini ishlab chiqarish schyotining debetiga - 320 so’m; M mahsulotini ishlab chiqarish schyotining debetiga - 280 so’m; pensiya fondi summasidan M mahsuloti schyotining debetiga - 5760 so’m, M mahsulotini ishlab chiqarish schyotining debetiga - 5040 so’m, ish bilan ta’minlash fondining summasidan M mahsulotini ishlab chiqarish schyotining debetiga - 320 so’m, M mahsulotinni ishlab chiqarish schyotining debetiga - 2800 so’m.