Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə50/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Oltinchi muomala. Quyidagi maqsadlar uchun sarflangan elektro - energiya uchun hisob - kitob schyotidan to’langan:
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 3200 so’m.
umumxo’jalik ehtiyojlari uchun 250 so’m.
Jami 3450 so’m.
Korxona tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol qilingan elektro - energiya ishlab chiqarish chiqimlari tarkibiga kiritiladi, umumxo’jalik ehtiyojlari uchun sarflangani esa - davr xarajatlari tarkibiga qo’shiladi. Bunda, albatta, har bir mahsulot turiga sarflangan energiyaning miqdorini aniqlash qiyin. Shuning uchun ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan elektro - energiya barchasini, ularni taqsimlayotgan paytda mahsulot tannarxiga qo’shish maqsadida umumishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga olib borish tartibi qabul qilingan.
Korxonani boshqarish ehtiyojlari uchun sarflangan elektro - energiya davr xarajatlari tarkibida hisobga olinishi kerak.
Bu muomala bo’yicha «Hisob-kitob schyoti» schyoti kreditlanishi kerak, chunki bunda korxonaning pul mablag’lari kamaymoqda.
Oltinchi muomalaning yozuvchi:

D t «Umumishlab chiqarish xarajatlari» sch.

2200

D t «Davr xarajatlari» sch.,

250

K t «Hisob kitob schyoti» sch.

2450

Ettinchi muomala. Ilmiy - tadqiqot tashkilotiga keyingi yilda ishlab chiqarish mo’ljallangan yangi buyum konstruktsiyasi loyihasini tayyorlab berganligi uchun unga haq hisoblandi - 4000 so’m.
Bu summa ushbu korxonaning ilmiy - tadqiqot tashkilotiga qarzini ko’rsatadi, shuning uchun uni «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» schyotining kreditiga yozib qo’yish kerak.
Korxonaning bunday xarajatlari mahsulotni kelgusida ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lishiga qaramasdan, ularni mazkur hisobot davrining qo’shish kerak. Bu summani joriy davr chiqimlariga qo’shish xalqaro standartlari talablariga to’g’ri keladi. Shuning uchun ushbu muomalaning summasini «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» schyotining debetida aks ettirish lozim. Bu xarajatlar qayta hisoblash yo’li bilan soliqqa tortiladigan bazaga olib boriladi (qo’shiladi), ko’plab ishlab chiqarish boshlangandan keyin esa korxonaning o’zi belgilagan davr mobaynida teng miqdorlarda soliqqa tortiladigan bazadan chegirib boriladi. Buning uchun xarajatlarning jamg’arib borilishi va ularning hisobdan chiqarishi balansdan tashqaridagi 012 «Kelgusi davrlar soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.


Ettinchi muomalaning yozuvi:

D-t «Kelgusida soliqqa tortiladagan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» schyoti
K-t «Mol yuboruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» sch.
4000
4000


Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin