Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə52/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

To’qqizinchi muomala. Tayyor mahsulot ishlab chiqarilgan. Uning haqiqiy tannarxi:
M mahsulotniki 41680 so’m.
N mahsulotniki 37170 so’m


Jami 78850 so’m
Tayyorlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi ishlab chiqarishni hisobga olishning tahliliy hisobi ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Buning uchun barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va uning birligi (dona, kilogramm va shu kabilar)ning tannarxi hisoblab topiladigan kalkulyatsiya tuziladi. Haqiqiy xarajatlar rejadagi (me’yordagilar) bilan solishtirilib, haqiqiy tannarxi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditidan hisobdan chiqariladi (aktiv schyot kamayadi). Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlari tayyor mahsulotga o’tadi va tugallanmagan ishlab chiqarishdan omborga kelib tushish «Ombordagi tayyor mahsulot» schyotining debetida aks ettiriladi (aktiv schyot ko’payadi). Sintetik schyotda yozuv haqiqiy tannarxda qilinadi.
To’qqizinchi muomalaning yozuvi:
D-t «Ombordagi tayyor mahsulot» sch. 78850
K-t «Asosiy ishlab chiqarish» sch. 78850


M mahsuloti haqiqiy tannarxining kalkulyatsiyasi






Xarajat moddalari

Hamma ishlab chiqarishga
(100 dona)

Bitta birlikka

Reja
bo’yicha

Haqi-
qatda

Og’ish
(+,-)

Reja
bo’yicha

Haqi-
qatda

Og’ish
(+,-)

Materiallar

13720

10620

-3100

137-20

106-20

-31

Ish haqi

16000

18000

-

160-00

160-00

-

Ajratmalar:
a) sug’urtaga

320

320

-

3-20

3-20

-

b) pensiya fondiga

5760

5760

-

57-60

57-60

-

v) ish bilan ta’minlash
fondiga

320

320

-

3-20

3-20

-

Umumishlab chiqa-rish
xarajatlari

8000

8512

+512

80

85-12

+5-12

Boshqa xarajatlar

150

150

-

1-50

1-50

-

Jami ishlab chiqarish
tannarxi (5,85%)

44270

41682

-2582

442-70

416-82

-25-88

N mahsulotni haqiqiy tannarxi

Xarajat moddalari

Hamma ishlab chiqarishga
(100 dona)

Bitta birlikka

Reja
bo’yicha

Haqi-
qatda

Og’ish
(+,-)

Reja
bo’yicha

Haqi-
qatda

Og’ish
(+,-)

Materiallar

9420

10480

+1060

47-10

52-40

+5-30

Ish xaqi

13500

14000

+500

67-10

70-00

+2-50

Ajratmalar:
a) sug’urtaga

270

280

+10

1-35

1-40

+0-05

b) pensiya fondiga

4800

5040

+180

24-30

25-20

+0-90

v) ish bilan ta’min-lash
fondiga

270

280

+10

1-35

1-40

+0-05

Umumishlab chiqarish
xarajatlari

6570

6991

+421

32-65

34-96

+0-05

Boshqa xarajatlar

100

100

-

0-50

0-50

-

Jami ishlab chiqarish
tannarxi (5,85%)

34990

37171

+2181

174-95

1854-86

+10-91

Tahliliy hisobda bu muomalani yoyib, har bir ishlab chiqarilgan mahsulot turi bo’yicha reja tannarxi va haqiqiy tannarxning undan og’ishini ajragan xolda ko’rsatish lozim. Bunday tartib ishlab chiqarishning tahliliy schyotlari asosida har bir mahsulot turi bo’yicha tannarx rejasining qanday bajarilayotganligini va tayyor mahsulotnig tahliliy schyotlar ma’lumotlari ularni tayorlashning rentabilligini aniqlash imkonini beradi.


Shunday qilib, ishlab chiqarish schyotlarining kreditga M mahsulotini - 2588 (tejam - storno yozuv) va N mahsuloti bo’yicha +2181 (ortiqcha xarajat rejadagi) me’yoriy (tannarxga qo’shilishi kerak) aks ettiriladi. Xuddi shunday summalar M va N tayyor mahsulot schyotlarining debetiga yozilishi kerak.




Realizatsiya jarayoni shunday operatsiyalar majmuasidan iboratki, ularning natijasida korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar boshqa korxonaga (xaridorga) topshiriladi. Xaridor mazkur korxonaga qarzini shartnomadagi sotish narxida qoplaydi.


Realizatsiya jarayonida korxona quyidagi xarajatlarni qiladi: reklama bo’yicha, vakillik xarajatlari marketing tadqiqotlari bilan bog’liq xarajatlar, idish va mahsulotni qadoqlash, uni xaridor joylashgan joygacha etkazib berish xarajatlari va boshqalar. Realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan bu xarajatlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi to’g’risidagi nizomga ko’ra, davr xarajatlari deb hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyot sharoitda sotilgan mahsulotning narxi shartnomalar - kontraktlar bilan belgilanadi. Korxonaning sof daromadi ushbu korxona tomonidan jamg’ariladigan va ehtiyojlariga ishlatiladigan korxona yalpi daromadining bir qismidir. Davlatning markazlashtirilgan sof daromadi davlat ixtiyorida umumdavlat ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida jamlanadi. U qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, korxona va xo’jaliklar foydasidan qilinadigan to’lovlar hisobidan tashkil topadi. Qo’shilgan qiymat solig’ining summalari sotilgan buyumning sotish qiymatlaridan foizlar miqdorida hisoblab topiladi.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatidan aniqlanadi.
Xo’jalik faoliyatdan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi.
Soliq to’langungacha olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulotda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi.
Yilning sof foydasi, u soliq to’lanagandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o’zida (foyda)dan, to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi.
Mahsulot sotishdan olingan foyda hozirgi paytda korxona faoliyatining muhim moliyaviy ko’rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o’sishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini
beradi. Olinadigan foydani oshirishga erishish maqsadida, korxonalar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot xillarini ko’paytirish sifatini yaxshilashga harakat qiladilar.
Korxona faoliyati moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish hajmi va realizatsiya ustidan boshqarishni ta’minlab turib, buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni echishi kerak:
- realizatsiyaning haqiqiy hajmini aniqlash. Bu vazifani bajarish uchun buxgalteriya hisobi ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori haqida umuman va ularning turlari bo’yicha axborot olish imkonini ta’minlashi zarur. Bunday sotilgan mahsulot turlari to’g’risidagi ma’lumot faqat pulda emas, balki natural ko’rinishda ham keltiriladi;
Realizatsiyadan olingan haqiqiy natijalarni aniqlab topish. Buning uchun sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanib, u sotish (shartnoma) narxidagi qiymat bilan solishtiriladi. Olingan ko’rsatgich - foyda yoki zarar - korxona ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasini bildiradi va undan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning rentabellik darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.
Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun buxgalteriya hisobida 9010 «Mehnat sotishdan olingan daromadlar», 9020 «Tovarlar sotishdan olngan daromadlar», 9030 «Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar». Bu schyotlar tranzit schyotlar bo’lib passiv schyotlrga mansub. Ularning kreditida sotishdan tushgan tushumlar hisobga olinib, debetida hisob davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilgan summa yoziladi. Bu schyotlarda hisobot davri oxiriga qoldiq qolmaydi.
Sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi 9110 «Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi», 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxi». Bu schyotlar ham tranzit schyotlar bo’lib, aktiv schyotlarga mansub. Ularning debetida sotilgan maxsulot, tovar, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettirilib, kreditida hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilgan summa yoziladi. Bu schyotlarda hisobot davri oxiriga qoldiq qolmaydi.



2810 «Ombordagi tayyor
Realizatsiya jarayoni hisobining ta’rifi

9110, 9120, 9130 –

9910 «Yakuniy



mahsulot» 2910 «Ombordagi
tovarlar»
D-t K-t
Sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar
D-t K-t
moliyaviy natija»

D-t K-t









9110, 9120, 9130 –
Sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar
4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz»


Muomalalar mazmuni:



  1. Shartnoma (kelishilgan bahoda) xaridorlarga yuklab jo’natilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar;

  2. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) bo’yicha hisoblangan QQS;

  3. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar haqiqiy tannarxda hisobdan chiqarish;

  4. Hisobot davri oxirida mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar sotishdan tushgan tushumni yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi;

  5. Hisobot davri oxirida sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi;

Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobot davri oxiridagi yakuniy moliyaviy natijasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schetining debet va kredit oborotini taqqoslash yo’li bilantopiladi. Agar taqqoslash natijasida qoldiq 9910 schetning kreditga qolsa foydani, debitida qolsa – zararni ko’rsatadi. Bu natijadan foydadan ajratma solig’i ushlab qolingandan so’ng sof foyda qoladi. Aniqlangan sof foyda (zarar) 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (Qoplanmagan zarari) schetiga o’tkaziladi.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi va boshqa yo’llar bilan hisobdan chiqarilishi hisobi 9210 «Asosiy vositalarning tugatilishi» nomli tranzit schetlarda hisobga olinadi. Ushbu schetlarning debetida sotilgan va boshqa yo’llar bilan hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning balans (tiklash) qiymati va ularni sotish va tugatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettirilsa, kreditida sotishdan tushgan tushum, tugatishdan olingan moddiy qiymatliklar va ularni eskirishi (amortizatsiya) ko’rsatiladi. Yangi schetlar rejasida aktiv

- passiv schetlar yo’q deb e’tirof etilgan bo’lsa ham, bu schetlar aktiv - passiv schetlarga mansub. Chunki asosiy vositalarni va boshqa aktivlarni sotish va boshqa yo’llar bilan hisobdan chiqarish natijasida 9210 va 9220 – schetlarida pirovard qoldiq debet tomonida yoki kredit tomonida bo’lishi mumkin. Bu schetlarning debet qoldig’i asosiy vositalar va boshqa aktivlardan tugatishdan sodir bo’lgan zararni ko’rsatsa, kredit qoldig’i – foydani bildiradi. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni tugatish jarayoni tamom bo’lgandan so’ng aniqlangan foyda summasi quyidagi muomala bilan asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarga o’tkaziladi:
D-t 9210, 9220 – schyotlar
K-t 9310 «Asosiy vositalar tugatilishidan olingan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarni tugatishdan olingan foyda» schetlari.
Basharti asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tugatish zarar bilan yakunlangan bo’lsa, bunday zarar summasi quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi.
D-t 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» K-t 9210 yoki 9220 – schyoti.
Realizatsiya jarayonini hisobga olish tartibini misolda ko’rib chiqamiz.
«Paxtagul» ishlab chiqarish firmasi 2 xil mebel ishlab chiqaradi: stol va stul. Hisobot davri boshiga ombordagi qoldiq:
stol – 500000 so’m; stul – 300000 so’m.
Hisobot davrida quyidagi muoamalalar sodir bo’lgan:

  1. Shartnoma bo’yicha xaridorlarga mol jo’natildi. stol – 400000 s. – sotish bahosida

stul – 200000 s. – sotish bahosida Jami 600000 so’m sotish bahosida



Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin