Rejali yo’qlama, uning maqsadga muvofiqligi va yaxshiroq o’tkazilishidan kelib chiqqan holda, oldindan belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. To’satdan o’tkaziladigan yo’qlama korxona rahbarining farmoyishi bilan tekshiruvchining, xo’jalik faoliyatini tekshirishni o’tkazayotgan tergov organlarining talabi bilan o’tkaziladi. Rejadan tashqari yo’qlama tabiiy ofatlar (o’t ketishi, suv toshqini)lardan keyin hamda moddiy javobgar shaxslar almashganida o’tkaziladi.
Yo’qlama o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish uchun ma’lum tartib mavjuddir.
Yo’qlama korxona rahbari tomonidan tayinlangan va buyruq bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya tomonidan o’tkaziladi. Komissiya ishda albatta bosh buxgalter qatnashadi. Yo’qlamani o’tkazish odatda oyning boshiga mo’ljallanib, yo’qlamaning natijalarini keyinchalik hisob ko’rsatkichlari bilan solishtirishni osonlashtiradi.
Yo’qlama o’tkazish arafasida tekshiriladigan qiymatliklar saqlanadigan joylarda barcha kirim va chiqim hujjatlarining ishlovi tugallangan, tahliliy hisobdagi barcha yozuvlar qilingan va qoldiqlar chiqarilgan bo’lishi kerak. Yo’qlama qilingan barcha buyumlar - nomeri, saralari, hajmlari, bo’yicha joylashtirilgan, har xil buyumlar saralanib joylashtirilgan bo’lishi kerak.
Yo’qlama har bir saqlash joyi va moddiy javobgar shaxs bo’yicha, uning qatnashuvida alohida – alohida o’tkaziladi. Barcha moddiy boyliklar albatta sanash, tortish yoki o’lchash yo’li bilan tekshirib chiqiladi. Mustasnolar faqat buzilmagan fabrikaviy idishlarda saqlanadigan hamda yuklanishi qiyin noqulay bo’lgan arzon buyumlarga nisbatan yo’l qo’yilishi mumkin. Birinchisining soni hujjatlar asosida aniqlanishi mumkin, lekin bunda ham hujjatdagi ma’lumotlarning to’g’riligi albatta tanlab tekshirish yo’li bilan tekshirib chiqiladi; ikkinchilarning soni esa - texnika hisob - kitoblari bilan aniqlanadi. Bunday usullar bilan tekshirish haqida odatda yo’llanma vedomostlarida belgi qo’yiladi.
Aniqlangan va hisoblab chiqilgan qiymatliklar haqidagi ma’lumotlar barcha yo’qlama komissiya a’zolari tomonidan izohlanadigan yo’qlama ro’yxatiga yozib qo’yiladi. Moddiy javobgar shaxs ro’yxatda keltirilgan barcha qiymatliklar uning qatnashuvida tekshirilganligi, ular uning javobgarligida saqlovga qabul qilinganligi va uning komissiyaga hech qanday da’vosi yo’qligi haqida tilxat beradi. Agar da’vosi bo’lsa, unda da’volar nimadan iborat ekanligi aniq ko’rsatiladi. Yo’qlama qilinayotgan buyumlarning baholanishi ro’yxatda faqat ularning hisobdagi baholanishida farq qilganda yoki uning ma’lumotlari asosida aniqlab bo’lmasligi natijasidagina ko’rsatiladi.
Shunday qilib, yo’qlama ro’yxatlari xo’jalik mablag’larining haqiqatda mavjudligi va holatini aks ettiruvchi hujjatlardan iborat ekan. Yo’qlama o’tkazib bo’lgandan keyin bu hujjatlar buxgalteriyaga ularning haqiqiy qoldiqlarini hisob ma’lumotlaridagi bilan solishtirish va ularni yo’qlamadagi ma’lumotlarga muvofiqlashtirish uchun topshiriladi.
Yo’qlama natijalarini aniqlash maqsadida buxgalteriya solishtiruv vedomostini tuzadi. Ular yo’qlama vedomostlarining ma’lumotlari buxgalteriya hisobining tegishli ma’lumotlari bilan solishtirib tekshiriladi. Shu erda yo’qlama natijalari ortiqcha chiqish yoki kamomadlar ham aniqlanadi. Barcha ma’lumotlar ham natura ham pul o’lchagichida ko’rsatiladi. Solishtiruvchi vedomostga barcha yo’qlama qilingan qiymatliklar bo’yicha ma’lumotlar emas, balki faqat hisob ma’lumotlaridan chetlangan qiymatliklarga tegishli bo’lgan ma’lumotlar kiritiladi. Bunda solishtiruvchi vodomostlardagi ma’lumotlar hisobda qabul qilingan turkumlanishga muvofiq joylashtiriladi.
Solishtiruvchi vedomostlarni tuzish va yo’qlama natijalarini aniqlashdan oldin korxona buxgalteriyasi yo’qlama ro’yxatiga qilingan yozuvlarni yaxshilab tekshirib chiqishi kerak. Narxlarda, taksirovkada, hisoblab chiqishlarda va hokazolarda xatolar mavjud bo’lsa, ularni to’g’rilash zarur va shu bilan birga bu to’g’irlashlar barcha komissiya a’zolarining imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Solishtiruvchi vedomotlardagi qoldiqlar hisobda qabul qilingan narxlarda baholanadi.
Yo’qlama natijalarini rasmiylashtirish uchun yo’qlama va solishtiruvchi vodomostlarning shakllarini birlashtiruvchi bosma ish qog’ozlari (blanka)laridan foydalanish mumkin. Yo’qlama komissiyasi tomonidan bu bosma ish qog’ozlariga qiymatliklar to’g’risidagi huqiqiy ma’lumotlar kiritilgandan keyin, unga buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yozib qo’yiladi va har ikkala ko’rsatkichlarni solishtirib tekshirib chiqiladi.
Yo’qlama komissiyasi o’tkazilgan yo’qlama natijasida topilgan kamomadlar va ortiqcha chiqishlar sabablarini aniqlaydi. Qiymatliklarning yo’qolishi va buzilishi sabablari haqidagi qarorlarni komissiya tegishli xodimlarning tushintiruv xatlari va boshqa ma’lumotlari asosida qabul qiladi. Yo’qlama komissiyalining barcha xulosalari, takliflari va qarorlari korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan majlis bayoni bilan rasmiylashtiriladi. O’zining xulosasida komissiya shuningdek aniqlangan farqlarni tartibga solish tartibini ham belgilaydi.
Yo’qlama o’tkazish va boshqa tekshiruvlar natijasida qiymatlarning haqiqiy qoldiqlari bilan buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlari o’rtasidagi aniqlangan farqlar quyidagicha taribga solinadi.
Moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mulklarning kammomadlari quyidagi yo’l bilan hisobdan chiqariladi: tabiiy yo’qolish me’yorlari chegarasidagi yo’qolishlar, agar aybdor shaxslar aniqlanmagan bo’lsa yoki aybdorlar undirib olish sud tomonidan inkor qilingan bo’lsa - ishlab chiqarish, muomila xarajatlariga, davr xarajatlariga; me’yorlardan ortiqcha hamda buzilishlardan olingan talofatlar - aybdor shaxslar hisobidan; agar aniq aybdor shaxslar topilgan bo’lsa, unda aybdor shaxslar tomonidan undiriladi. Bunda kam chiqqan tovarlar (material, mulklar) qiymatining kamomadi aybdor shaxslardan ushbu yoki shu kabi tovarlar (boshqa moddiy boyliklar)ning kamomadining aniqlangan daqiqasiga bo’lgan bozor narxidagi qiymati undirib olinadi. Narxlardagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi va umumbelgilangan tartibda joriy hisobot davri uchun soliqqa tortiladi.
Bu muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
Aniqlangan kamomad qiymatiga hisob narxida
D-t 5910 «Kamomad va moddiy boyliklarning buzilishi keladigan nobudgarchiliklar» K-t «Kamomad bo’lgan moddiy boyliklarni hisobga oladigan schyotlar» schyotlar
Moddiy javobgar shaxslardan undirib olinadigan (bozor narxidagi) summaga
D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» (bozor narxida undirilib olinadigan summaga)
K-t 5910 «Kamomadlar va moddiy boyliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» (kamomadning balans qiymati)
K-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» (Moddiy javobnar shaxslardan undirib olinadigan summa bilan qiymati orasidagi farq summaga) qiymati o’rtasidagi farq
«subschyot»» - narxlardagi farq summasiga.
Kamomad summasi undirilganda quyidagi buxgalteriya provodkalari beriladi. D-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki
6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisob - kitoblar»
K-t 4710 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimning qarzi»
Ushbu provodka undirilgan kamomadning bozor bahosidagi summaga beriladi.
Shu bilan birga moddiy javobgar shaxsdan undiriladigan summa bilan qiymatliklarning balans bahosi o’rtasidagi farq quyidagi provodka bilan daromadga o’tkaziladi:
D-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Bir davrning o’zida va bir moddiy javobgar shaxsda bir turdagi tovar - moddiy boyliklarninng kamomadi va ortiqcha chiqishlari o’zaro hisobga o’tkazilishi mumkin. Bunda agar kam chiqqan boyliklar - qiymati ortiqcha chiqqanda ko’p bo’lsa, unda farqi aybdor shaxslar hisobiga olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19 – MHBS ning 5.70 bandiga binoan kirimga olinib xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga o’tkaziladi. Bu muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga olinadigan schetlar K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Kamomadlar yoki ortiqcha chiqishlarning har bir hodisasida farqlarning yuzaga kelishi sabablari chuqur va har tomonlama o’rganilishi zarur.
Qiymatliklar kamomadlari buzilishdan ko’rilgan talofatlar ustidan ayniqsa sinchiqov nazoratni o’rgatish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimida yuqorida keltirilgan alohida
«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» nomli maxsus schyot ko’zda tutilgan. U yig’ib taqsimlovchi schyot bo’lib, uning yordamida talofatlarning umumiy summasi va uning ayrim turlari bo’yicha aniqlanib, bu summalarni tegishli schyotlarga hisobdan chiqarish uchun xizmat qiladi.
«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» schyoti - aktivdir. Uning debetida solishtiruv vedomosti asosida tovar - moddiy qiymatliklar («Materiallar», «Tayyor mahsulot», «Tovarlar» va boshqalar») schyotlaridan qiymatliklarning barcha kamomadlari va buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar yig’iladi. Bu schyotning krediti bo’yicha uning debetida yig’ilgan summalar yo’qlama komissiyasining qaroriga binoan xarajatlar yoki aybdor shaxslar schyotlariga hisobdan chiqariladi. Buni quyida keltirilgan tasnifdan ko’rish mumkin:
Kamomadlarni xosbdan chiqarish tasnifi
Moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlar
D-t
K-t
5910 «Kamomadlar va moddiy boyliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar»
D-t
K-t
1 2
4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimning qarzi»
D-t
K-t
|
|
|
|
|
|
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
9710 «Mehnat haqi bo’yicha
xodimlar bilan hisob-kitob»
|
|
9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
|
|
6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
|
3
|
4
|
D-t
|
Dostları ilə paylaş: |