Sakkizinchi muomala. Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobdan chiqarildi va taqsimlandi - 15500 so’m. Bu summa hisobot davrida «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotining debetida aks ettirilgan barcha xarajatlarni ko’satadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari oy oxirida hisobdan chiqariladi va mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ular «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetiga olib boriladi. Bunda
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyoti jami summaga kreditlanadi, demak, yopiladi.
Bu xarajatlarni «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetiga ham yozgandan keyin, shu vaqtning o’zida ularni tahliliy schyotlarning debetiga yozib ko’yish kerak. Buning uchun bu xarajatlarning umumiy summasini ishlab chiqarilayotgan ikki yoki undan ortiq mahsulot o’rtasida taqsimlash kerak. Yuqorida aytilganidek, umumishlab chiqarish xarajatlari me’yorli stavkalar usuli bilan taqsimlanadi.
M buyumlari 8000 so’m
N buyumlari 6570 so’m
Jami 14570 so’m
Unda haqiqiy xarajatlarning me’yori xarajatlardan chetga og’ishi 930 summaga (14570 - 15500), yoki 6,4% ga (930 * 100 / 14570) teng bo’ladi.
Shuning uchun haqiqiy xarajatlar quyidagicha bo’ladi:
M buyumi bo’yicha 8000 - 512 = 8512 so’m
“N” buyumi bo’yicha 6570 - 421 = 6991 so’m *****
Hammasi 14570 - 933 = 15503 so’m (me’yordan 106,4%)
Umumishlab chiqarish xarajatlarni mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash quyidagi shakldagi vedomostda amalga oshirilishi mumkin:
Umumishlab chiqarish harajatlarini taqsimlash vedomosti