Toshkent – 2003


Ta’minot jarayoni hisobining tarxi



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə43/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Ta’minot jarayoni hisobining tarxi






«Hisob-kitob schyoti» sch.
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» sch.
«Materiallar» sch.


Shartli belgilar:

    1. - sotib olingan mehnat buyumlarining xarid qiymati;

    2. – transport - tayyorlash xarajatlari (mol etkazib beruvchilar tomonidan korxona hisobidan to’lanadigan va korxona tomonidan bevosita to’lanadigan summalar);

    3. - mol etkazib beruvchilarga ulardan sotib olingan mehnat buyumlari uchun hamda ular tomonidan korxona hisobidan transport - tayyorlash xarajatlari va transport tashkilotlari tomonidan korxona omboriga mehnat buyumlarini keltirish xarajatlari uchun pul mablag’larini o’tkazish.

Ta’minot operatsiyalarini schyotlarda aks ettirishga misol keltiramiz:
Birinchi muomala. Korxonaga mol yuboruvchilar kelib tushdi:
A materiallari 4000 kg. 1 kg.- 200 so’mdan 8000 so’m

B materiallari 2000 kg. 1 kg. - 100 so’mdan 2000 so’m


Jami 10000 so’m

Korxona hisobidan mol etkazib beruvchilar tomonidan to’lanadigan temir yo’lga keltirish xarajatlari 900 so’m


Hammasi 10900 so’m

Mol etkazib beruvchilar bilan hali hisob-kitob qilinmagan.


Materiallarning kelib tushishi (ularning ombordagi ko’payishi) aktiv «Materiallar» schyotining debetida aks ettiriladi. Uning debetiga shuningdek materiallarning temir yo’l orqali keltirish qiymati ham aks ettiriladi, bundan maqsad - keyinchalik barcha trasport - tayyorlash xarajatlarini yig’ib korxona tomonidan xarid qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashdir. Shu bilan bir vaqtda ushbu muomalaning summasi passiv «Mol etkazib beruvchilarga to’lanadigan schetlar» schyotining kreditida ham ko’rsatiladi, chunki korxonaning mol etkazib beruvchi olidida qarz yuzaga keldi (ko’paydi).
Birinchi muomalaning yozilishi:
D t «Materiallar» sch 10900
K t «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
to’lanadigan schetlar» sch. 10900
Yuqorida aytilganlaga muvofiq «Materiallar» schyotining debetiga bu operatsiya ikki usul bilan yoziladi: bittasi haqiqiy tannarx (buxgalteriya yozuvi aks ettirilgan) 10900 so’mlik summada, boshqasiga esa - xarid qiymati - 10000 so’m.
«Materiallar» schyotining rivojiga A va B materiallarning tahliliy schyotlarini ochish lozim. Ularning debetiga kelib tushgan materiallar hisobda qabul qilingan narxda - xarid narxida, ya’ni tegishli 8000 va 2000 so’mli summalarda yozilishi kerak.
Ikkinchi muomala. Transport tashkilotining xarid qilingan materiallarini temir yo’l bekatidan korxona omboriga keltirib berganligi uchun to’lanishi lozim bo’lgan summa hisoblangan (aniqlangan) - 300 so’m.
Bu summa tranport tayyorlash xarajatlari hisoblanib, kelib tushgan materiallar tannarxiga kiritiladi. Materiallarning tannarxini aniqlash uchun ularni etkazib kelish xarajatlari tayyorlashga qilingan boshqa xarajatlar bilan jamlanadi, ya’ni «Materiallar» sintetik schyotining debetiga yozib boriladi.
Transport xarajatlarini hisoblagan paytda korxonaning transport tashkiloti oldida qarz yuzaga keldi, xuddi shu summa transport tashkiloti bilan hisob - kitob yuritiladigan schyotning,
ya’ni «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» schyotining kreditiga yoziladi.
Ikkinchi muomalaning yozuvi:
D t «Materiallar» schyoti 300
K t «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
to’lanadigan schetlar» schyoti 300
«Materiallar» sintetik schyotida mazkur muomalaning summasi faqat bitta «Haqiqiy tannarx» degan ustunda ko’rsatiladi, chunki «Xarid qiymati» degan ikkinchi ustunga kelib tushgan materiallarning faqat xarid qiymatining summasi yoziladi. Tahliliy schyotlarda ham bu muomalalarning summasi shuningdek aks ettirilmaydi, chunki moddiy boyliklarning tahliliy hisobi faqat korxonada qabul qilingan hisob narxida (misoldagi xarid qiymatida) yuritiladi.
Uchinchi muomala. Hisob - kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga, ulardan sotib olingan materiallar va ular tomonidan korxona hisobidan qilingan transport xarajatlarini to’lash uchun ishlatiladi - 10900 so’m.
Transport tashkilotlariga - materiallarni korxona
omboriga etkazib berganligi uchun 300 so’m.


Hammasi 11200 so’m.

Bu muomala bo’yicha «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» passiv schyoti debetlanadi, chunki korxona mol etkazib beruvchi va trasport tashkiloti oldidagi o’z qarzini uzayapti (kamaytiryapti) va «Hisob-kitob schyoti» schyoti kreditlanadi, chunki bu muomala natijasida undagi korxonaning pul mablag’lari kamaymoqda.


Uchinchi muomalaning yozuvi:



D t «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob
kitoblar» sch.

1120000 so’m.



K t «Hisob kitob schyoti» sch.

1120000 so’m.

Endi ta’minot muomalalari sintetik va tahliliy schyotlarda qanday aks ettirilishini ko’ramiz.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin