Toshkent 2020 yil


Uzoq yillar davomida orttirilgan tajribalar, olib borilgan ilmiy ishlar va



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Uzoq yillar davomida orttirilgan tajribalar, olib borilgan ilmiy ishlar va 
qishloq xo‗jalik tajribasidan olingan materiallarga amal qilingan holda, tuproq 
bilan zararsizlantirish usullarining ikki xili tavsiya qilinadi: 
1.
 
Assenizatsiya(zararsizlantirish) shudgorlari
. Bunday shudgorlarda najas 
tuproq yordamida zararsiz holatga keltiriladi va u yerlardan qishloq xo‗jalik 
ekinlari ekish uchun foydalaniladi. Shuni aytish kerakki, bunday shudgorlarda 
ekin ekish almashinish yo‗li bilan olib boriladi. 
2

Haydalanadigan shudgorlar.
Bunday shudgorlardan bo‗sh yerlar 
yo‗qligidan yer maydonlariga kambag‘alroq bo‗lgan yoki, etishmaydigan kichik 
shaharlarda foydalaniladi, ekinlar ekilmaydi. 
 Assenizatsiya shudgorlari: 
Assenizatsiya shudgorlari havo yaxshi 
almashinadigan, suvni yaxshi o‗tkazadigan, bahavo yerlardagi tuproqlarda 
uyushtiriladi. Jumladan, qumli, engil, qum-loyli, qora tuproqli hududlarda 
39
В. А. Зайцев Промышленная экология Москва, 2009 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
166 
assenizatsiya shudgorlarini tashkil qilish tavsiya qilinadi. Asssinzatsiya 
shudgorlardan issiq iqlimli mintaqalarda keng foydalanish mumkin. Jumlalan, 
O‗rta Osiyo respublikalari, Kavkaz, Moldava, Ukraina va Qozog‘istonning janubiy 
rayonlarida najas suyuqlik axlatlarini zararsizlantirish ishlarini keng rivojlantirish 
mumkin. 
Assenizatsiya shudgorlari og‘ir tuproqlarda, yer osti suvlari yaqin joylashgan 
tuproqlarda, botqoqlik joylarda tashkil qilinmaydi. Buning sababi shuki, bunday 
tuproqlarda o‗z-o‗zini tozalash jarayonining pastligi sababli, najasni zararsiz 
holatga keltira olmaydi, organik moddalarning mineral tuzlarga aylanishi juda 
qiyni kechadi, shuningdek, yer osti suvlarining ifloslanish xavfi ortib ketadi. 
Assenizatsiya shudgorlari aholi turar joylaridan anchagina uzoqroqda, ya‘ni 
1000 metr(sanitar himoya zonasi)li masofada tashkil qilinishi shart, ammo 
assenizatsiya maydonlari shamol oqimi paydo bo‗ladigan qo‗lansa hidlarni, aholi 
turar joylardan olib ketadigan tomonga quriladi, aks holda aholi turar joylarini 
nohush hidlar bilan zararlashi natijasida shikoyatlar bo‗lishiga olib keladi. 
Assenizatsiya shudgorlarini tekis yerlarda tashkil qilish tavsiya qilinadi, aks holda 
qiya joylarga tashlangan suyuq chiqindilar pastga oqib ketib ko‗p joylarni 
ifloslantirishi mumkin. Zararsizlantirish shudgorlari tashkil qilinganda ularni 
obodonlashtirish ko‗zda tutiladi, ya‘ni maydonlar uchast- kalarga bo‗linib, tuproq 
bilan ular atrofida balandligi 25-30 sm devorlar ko‗tariladi; bir uchastkadan 
ikkinchisiga axlatlar quyilganda o‗tib ketolmaydi, so‗ngra bu maydonlarga bemalol 
kirib-chiqish uchun avtomobilg‘ yo‗llari qurish ko‗zda tutiladi, shudgor atroflariga 
daraxtlar ekilib ko‗kalamzorlashtiriladi.
Bunday shudgorlarda almashlab ekish uchun bir qancha uchastka bo‗linmalari 
tashkil qilinadi. Uchastkalar asosan ikkita bo‗linmalarga bo‗linadi, jumladan qish 
va yoz fasllarida axlatlarni to‗kish mo‗ljallaniladi. Har bir uchastka bo‗lak-bo‗lak 
haydalgan maydonlarga bo‗linadi, bu maydonlarga axlatlar galma-galdan quyilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Assenizatsiya maydonlari oldida ishchilar uchun maxsus qurilgan uylar – dam 
olish, yuvinsh, asbob-uskunalarni saqlaydigan xo‗jalik va ovqatlanish xonalari 
bo‗lmog‘i kerak. Bir maydonchada vodoprovod kolonkasi o‗rnatilib, ular 
bo‗shalgan 
asseinzatsiya 
avtomobillarini 
yuvish 
uchun 
mo‗ljallanadi. 
Assenizatsiya mashinalari axlatdan bo‗shaganidan so‗ng rezina shlanglar 
yordamida bosim bilan tozalashlari kerak. Bunday maydonlarda ishlatiladigan 
suvlar-ichimlik suvlari bo‗lmasa yanada maqsadga muvofiq bo‗lar edi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin