Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
189
X Bob. Atmosfera havosini zararli changlardan tozalash usullari.
X.1. Chang va uning turlari.
Avvalgi bo‗limlarda aytib o‗tilgandek,
Atmosfera havosi gazlar va uchuvchan organik birikmalarning bug'laridan
tashqari, suyuq va qattiq aerozollar misolidagi muallaq moddalar bilan ham
ifloslanadi. Muallaq zarrachalarning kelib chiqishi tabiiy va sun'iy (sanoat) bo'lishi
mumkin, ular shuningdek, atmosferada yuz beradigan kimyoviy reaksiyalar
oqibatida ham paydo bo'ladi. Ma‘lumki, ishlab chiqarish korxonalarida
materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish va quritish jarayonida zarrachalarining
o‗lchami 3-7 mkm. atrofida bo‗lgan changlar paydo bo‗ladi. Yoqilg‘ilarni yoqish
paytida tutunlar, bug‘larni kondensatsiyalanishida esa, tumanlar paydo bo‗ladi.
Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o‗lchami 0,3-5,0
mkm atrofida bo‗lishi mumkin.
Chang va tutun havodagi zararli qo'shimchalar sifatida, atmosfera
muhitining tozaligini saqlash uchun kurashning birinchi darajadagi muhim
obyektiga aylangan, chunki ularning atmosfera havosida uchrashi sezilarli
noqulayliklarni keltirib chiqaradi, ularning o'zi esa ko‗p xollarda, inson faoliyati
mahsulidir. Atmosferani ifloslashda tabiiy yo'l bilan kelib chiqqan changlar,
masalan, yerdan ko'tariladigan chang yoki vulqon changi ancha kam o'rin tutadi.
Yirik dispersh chang yoki undan ham qattiq mayda dispersh chang
fraksiyalarining zaharli ta'siri buyumlar va yuzalarning (kiyimlar, ko‗rpa-to‗shak,
binolar va inshootlar, turar joy) ifloslanishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari,
bunday chang ko'zga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Foydali va manzarali o'simliklarga
zarar keltiradi, ularning tovar qiymatini pasaytiradi. Termodiffuziya ta'sirida
yuzaga yanada mayda changlar ham o'tiradi.
Demak, changning zararligini aniqlashda unda muayyan moddalarning
mavjudligi bilan belgilanadigan ta'sir hisobga olinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: