Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
242
Mazkur hududda radiatsiya darajasi 300-600 mkr/soatni tashkil etgan bo‗lsa,
qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi natijasida radiatsiya darajasi 25-30
mkr/soatni tashkil qildi.
Hisobot yilida atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni maxsus asbob-
uskunalar yordamida tekshirishlar soni 2015 yilga nisbatan 13% ga ortib (39,3
mingtaga) 324 mingtani tashkil qildi.
Atrof tabiiy muhit va ifloslantiruvchi manbalar sohasidagi ishlarni
samaradorligi oshirish maqsadida Hukumatning ―2016-2020 yillarda O‗zbekiston
Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‗g‘risida‖gi
qarori loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi
273-sonli qarori qabul qilindi.
―O‗zstandart‖ agentligida 11 turdagi o‗lchash uslublarining muddati 2021
yilga
qadar uzaytirilib, ro‗yxatdan o‗tkazildi.
Yer osti va yer usti suvlari, atmosfera havosining ifloslanish darajasini
sanitar-gigienik me‘yorlar darajasigacha kamaytirish
yuzasidan amaliy choralar
ko‗rish ta‘minlandi.
Chiqindilarni qayta ishlovchi, resurs tejaydigan,
kam chiqitli yoki chiqindi
chiqarmaydigan texnologiyalarni qo‗llashga doir tadbirlarni amalga oshirish
bo‗yicha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4
sentyabrdagi ―Ishlatilgan
texnik moylarni topshirish, to‗plash, ular uchun hisob-
kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‗g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida‖gi 258-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida
Toshkent viloyatining
Angren shahrida ishlatilgan texnik moylarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan
―Uz-Prista Recucling‖ MChJ qo‗shma korxonasi ishga tushirilib, 1829.0
tonna
yig‘ilgan texnik moylar qabul qilindi, shundan 1300 tonnasi qayta ishlandi.
Respublika bo‗yicha jami 1008,7 tonna ishlatilgan avtoshinalar utilizatsiya qilindi
(2015 yilda – 827 tonna).
Dostları ilə paylaş: