Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma’suliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir . Jumladan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin tutmoqda
«O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.”Davlat moliyasini barqarorligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini amalga oshirishning tutgan o'rni jamiyat taraqqiyotida, siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlarning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi
Rivojlanishga nisbatan iqtisodiy o’sish: turmush sifati va ekologik cheklovlar.
O‘zbekistan Umumiy Mamlakat Tahlili (UMT) ning yangi taxriri COVID-19 inqirozining 2020 yildagi ta’sirini va 2021 yildagi davom etayotgan ta’sirini hisobga olib, nafaqat xalq salomatligi va iqtisodiyotni, balki boshqa ko‘plab sohalarni va ko‘plab ijtimoiyiqtisodiy guruhlarni qamrab oladi. Shu yo‘l bilan, BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil boshida kelishib olingan asosiy tahlilni qayta ko‘rib chiqishni va COVID-19 yuzaga chiqargan tizimli buzilishlar sharoitida O‘zbekiston oldida turgan rivojlanish muammolari va imkoniyatlarini jamoaviy tushunishni yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
COVID-19 Epidemiyasi Oldidan Ta’sirchan Taraqqiyot Pandemiyaga qadar O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston iqtisodiyoti yillik 4, 1 foizga o‘sib bordi. Boshqaruvga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va unga nisbatan siyosiy aralashuvlar tez sur’atlarda sodir bo‘la boshladi. O‘zbekiston ijtimoiy sohalarga ham investitsiyalarni ko‘paytirdi.