139
Loyiha muhiti (loyiha atrofi) (projectenvironment) - loyihani amalga
oshiradigan muhit, loyiha maqsadlariga erishishga koʻmaklashadigan yoki toʻsqinlik
qiladigan ichki va tashqi kuchlarning kombinatsiyasini yaratadi.
Oʻzlashtirilgan hajm (budgetedcostforworkperformed – BCWP) - tugallangan
ishlarning qiymati yoki muayyan davrda tugallangan
ish maydoni uchun
rejalashtirilgan resurs miqdori.
Loyiha boshqaruvida rejalashtirish (planning) - muayyan vaqt davomida
prognoz qilinadigan muhit sharoitida xatti-harakatlarning
turi va hajmini aniqlash
jarayoni.
Rejalashtirilgan xarajatlar (budgetedcostforworkscheduled – BCWS) -
muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ishning rejalangan qiymati yoki ma’lum bir vaqt
uchun foydalanish uchun rejalashtirilgan resurs miqdori.
Dostları ilə paylaş: