Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə8/13
tarix02.12.2023
ölçüsü306,71 Kb.
#171643
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
govak toldiruvch

Yoqilg‘i Shlаklari.
Toshko’miri, antratsit, kulrang ko’mir va yoqilgilarning boshqa turlarini yoqishda Shlаklar hosil bo’ladi.
Slaklar chaqmoqlangan yoqilg’i yoki maydalangan changsimon yoqilg’ini yonishida hosil bo’ladi.
Chaqmoqlangan yoqilg’i yonishida hosil bo’lgan slaklar. Kolosnikli panjarada chaqmoqlangan yoqilg’ini yonishi natijasida noto’g’ri shakldagi kesaklar ko’rinishda Shlаklar hosil bo’ladi. Tuzilishi g’alvirak, qora va kulrang, turli yiriklikda, asosan 50 mm ga cha. Shlаklar chiqishi yoqilayotgan yoqilg’ining massasiga nisbatan 10 % atrofida bo’ladi. Ba’zi joylarda, yoqilg’I Shlаklari ishlatish uchun yetarli hajmda yig’iladi.
Tarkibi bo’icha yoqilg’i Shlаklari bir jinsli emas. Shlаkdan tashqari, uning tarkibida yonmagan yoki to’la yonmagan yoqilg’i qoldiqlari, gilli qo’shilmalar va shu kabilar mavjud.
Yoqilg’i Shlаklari uyilma zichligi 1000 kg/m3 ga cha, zarralar zichligi 1,5…2 g/cm3.
Yoqilg’i Shlаklari beton to’ldiruvchi sifatida Shlаkobetonli devor bloklari, kamqavvatli binolar yaxlit devorlari, gipsobeton to’siq plitalarida qo’llaniladi.
Changsimon yoqilg’ini yonishida hosil bo’lgan Shlаklar. Issiqlik elektrostantsiyalarda yoqiladigan ko’mir changsimon bo’ladi. Bunda kul bilan birgalikda kesakli Shlаk hosil bo’ladi (chiqindilarning umumiy massasiga nisbatan 5…20%).
Changsimon ko‘mirni yoqishda chiqadigan Shlаk chaqmoqlangan ko‘mirni yoqishda chiqadigan Shlаkdan keskin farq qiladi. Ular ko’ygan va erigan kulning o‘ta yengil eruvchan qismini tashkil etadi.
Ko‘p holatlarda kichik g‘ovakli shishasimon strukturali, zichligi 1,6 g/sm3 dan katta donalardan iborat bo‘ladi. Toshko‘mir va past navli ko‘mirni aralashtirib yoqganda yacheykali strukturaga ega, dona zichligi 0,5 -1,5 g/sm3 bo‘lgan g‘ovak Shlаklar hosil bo‘ladi. Issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan chiqadigan Shlаklardan mustahkamligi 5-50 MPa bo‘lgan betonlar olish mumkin.
O‘zRST 690-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-toshqol aralashmasi” ga ko‘ra beton va yoqilg‘i turidan kelib chiqib Shlаklar tarkibida to‘la yonmagan qo‘shimchalar miqdori (qizdirishda massa yo‘qotilishi asosida aniqlanganda) 3% dan 7% ga cha. Sovuqqa chidamliligi, silikat nurashga bardoshliligini tajribada aniqlash nazarda tutilgan. Shlаk tarkibida oltingugurt va oltinugurt bog‘lamalari, erkin kalsiy oksidi miqdori ham chegaralanadi.

Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin